118
3. Yangi mavzuni tushintirish:
a) yopiq sistemada boruvchi reaksiyalarga bosim va hajmning ta’siri:
Bosim
o‘zgarishi faqatgina yopiq sistemada boruvchi reaksiyalarga ta’sir qiladi.
Hajmni
o‘zgarishi bosimning o‘zgarishiga olib keladi.
Ya’ni hajm kamayganda bosim
ortadi.
Hajm
necha marta kamaysa, bosim shuncha marta ortadi va shu sistema
ichidagi barcha gaz moddalarni molyar konsentratsiyalari
ham shuncha martaga
ortadi.
Hajm oshganda esa bosim kamayadi, bu gaz moddalar konsentratsiyasini
kamayishiga olib keladi.
Sistemaning hajmi ortganda sistema ichidagi bosim kamayadi va gaz moddalarning
konsentratsiyasi ham kamayib bu reaksiya tezligining sekinlashishiga olib keladi.
b) haroratning ta’siri: Reaksiya tezligining haroratga bog‘liqligi Vant Goff qonuni
yordamida tushuntiriladi. U quyidagicha ta’rifga ega: Harorat har 10° ga (Kelvin
K° yoki Selsiy C°) o‘zgartirilganda (oshirilganda yoki kamaytirilganda)
reaksiya
tezligi 2 – 4 marta o‘zgaradi (ortadi yoki kamayadi). Harorat ortsa reaksiya
tezlashadi, harorat pasayganda reaksiya sekinlashadi. Haroratning har 10°C ( yoki
10°K ) o‘zgarishida tezlikni necha marta o‘zgarishini ko‘rsatuvchi
songa
reaksiyaning harorat koeffitsiyenti deyiladi. Agar temperatura 10°C ga ortganida
tezlik 4
marta oshsa, ushbu reaksiya uchun harorat
koeffitsiyenti “4”
ga teng
bo‘ladi.
Haroratning tezlikka bo‘lgan ta’sirini quyidagi formula bilan ifodalasa bo‘ladi.
c) katalizatorning ta’siri: Reaksiya tezligini oshiruvchi,
shu bilan birga reaksiya
davomida sarflanmay qoladigan moddalar
katalizatorlar