163
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
Darsni yakunlash
Uyga beriladigan topshiriqlar
Darsning borishi
1. Tashkiliy qism:
O‘quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash
2. O‘tilgan mavzuni takrorlash:
7-8-sinflarda ekvivalent tushunchasi bo‘yicha
olingan bilimlarni takrorlash.
Ekvivalent nima?
Oksidlar, asoslarning ekvivalentlari qanday aniqlanadi?
Kislotalar va tuzlarning ekvivalentlari qanday hisoblab topiladi?
KMnO
4
va H
2
SO
4
ning ekvivalentlarini aniqlang.
3. Yangi mavzuni tushuntirish:
1) Oksidlovchini ekvivalent og‘irligini aniqlash: Oksidlovchini ekvivalent
og‘irligini aniqlash uchun oksidlovchini molyar massasini, shu oksidlovchining bir
molini qabul qilib olgan elektronlari soniga bo‘linadi.
Qaytaruvchini ekvivalent og‘irligini aniqlash uchun esa qaytaruvchining
molyar massasini, uni bir molini bergan elektronlari soniga bo‘linadi.
2) Oksidlanish - qaytarilish reaksiyasi misolida ekvivalent og‘irliklarini
aniqlashni o‘rgatish:
Masalan:
K2Cr2O7 + KJ + H2SO4 →Cr2(SO4)3 + J2 + K2SO4 + H2O
Ushbu reaksiyadagi oksidlovchi va qaytaruvchi moddalarni ekvivalent
og‘irliklarini aniqlashni ko‘rib chiqamiz. Dastlab ushbu reaksiyani tenglashtirib
olamiz.