166
3. Namunaviy masalalar yechish:
1-masala. Yana bir misolni ko‘rib chiqamiz:
FeSO4 + KMnO4 + H2SO4→ Fe2(SO4)3 + MnSO4 + K2SO4 + H2O
Ushbu reaksiyadagi oksidlovchi va qaytaruvchi
moddalarning ekvivalent
og‘irliklarini reaksiyani tenglashtirmasdan ham aniqlash mumkin.
Buning uchun
oksidlovchi qabul qilgan va qaytaruvchining olgan elektronlarini aniqlab olamiz.
Oksidlovchi tarkibidagi 1 mol Mn7+ ioni 5 ta elektron qabul qilib olib, Mn
2+
holatiga o‘tdi. Demak, bir mol oksidlovchi (KMnO4) 5 ta elektron qabul qilib oldi.
Uni ekvivalent og‘irligini aniqlash uchun molyar massasi (158)ni 5 ga bo‘lamiz.
Qaytaruvchi tarkibidagi 2 mol Fe2+ ioni 2
ta elektron berib, Fe
3+
holatiga
o‘tdi. Demak, 2 mol qaytaruvchi (FeSO4) 2 ta elektron bergan.
Ekvivalent
og‘irligini aniqlash uchun 1 mol qaytaruvchini bergan
elektronlarini hisoblab
olishimiz kerak bo‘ladi:
Qaytaruvchini ekvivalent og‘irligini aniqlash uchun molyar massasi (152) ni
birga bo‘lamiz.