167
Javob: Oksidlovchining ekvivalenti og‘irligi 31,6
qaytaruvchining ekvivalent
og‘irligi 152 ekan.
Oksidlovchi va qaytaruvchi moddalarning ekvivalent og‘irliklarini
yaxshi
tushunib, bilib olish bizlarga reaksiya tenglamalarini yozmasdan turib, reaksiyada
ishtirok etayotgan oksidlovchi yoki qaytaruvchi
moddalarning massalarini
avvaldan aytib berish imkonini beradi.
Masalan:
FeSO4 + KMnO4 + H2SO4 Fe2(SO4)3 + MnSO4 + K2SO4 + H2O
Reaksiyada 30,4 g FeSO4 qatnashgan bo‘lsa, reaksiyada hosil bo‘lgan
MnSO4 massasini aniqlang. Bu masalani ishlash uchun dastlab FeSO4 va MnSO4
larning ekvivalent og‘irliklarini aniqlab olish kerak bo‘ladi. Yuqorida FeSO4 ning
ekvivalent og‘irligini 152 ga teng ekanligini aniqlagan edik. Endi MnSO4 ning
ekvivalent og‘irligini aniqlab olamiz. Bir mol oksidlovchi (KMnO4) 5 ta elektron
qabul qilib olib MnSO4 ni hosil qildi. Uni ekvivalent og‘irligini
aniqlash uchun
molyar massasi (151)ni 5 ga bo‘lamiz.
MnSO4 ning ekvivalent og‘irligi 30,2 ekan.
Ekvivalentlik
qonunidan foydalanib, MnSO4
ning massasini oson aniqlab
olishimiz mumkin:
Javob: 6,04 g MnSO4 hosil bo‘lgan.
4. Mustaqil tarzda masalalar yechish:
a) Kaliy bixromat sulfat kislota metanol bilan reaksiyaga kirishganda 27,6 g
chumoli kislota hosil bo‘ldi. Reaksiyada oksidlovchining massasini (g) hisoblang.
b) Tarkibida 27,65 g kaliy permanganat bo‘lgan eritma
orqali sulfat kislota
ishtirokida 27,2 g vodorod sulfid o‘tkazilgandagi oltingugurt massasini (g) toping.
c) Kaliy yodid sulfat kislota ishtirokida natriy
peroksid bilan reaksiyaga
kirishganda 7,62 g kristall modda ajraldi. Reaksiyada
oksidlovchining massasini
(g) hisoblang.