• JALOLOV SAMARIDDIN ERKIN O‘G‘LI Toshkent davlat pedagogika universiteti, talaba, Toshkent, O‘zbekiston, Annotatsiya
  • Tayanch so‘zlar
  • Ключевые слова
  • Uzoqov abdulla abduraimovich




    Download 320 Kb.
    bet1/5
    Sana10.06.2024
    Hajmi320 Kb.
    #262041
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    307 Article Uzoqov Jalolov (1)


    UDK: 10.15199/48.
    BIO-SAVAR-LAPLAS QONUNIDAN FOYDALANIB TURLI SHAKLDAGI O’TKAZLICHLARNING MAGNIT MAYDONINI HISOBLASH METODIKASI


    UZOQOV ABDULLA ABDURAIMOVICH
    Toshkent davlat pedagogika universiteti, dotsent, f-m.f.n., Toshkent, O‘zbekiston,
    JALOLOV SAMARIDDIN ERKIN O‘G‘LI
    Toshkent davlat pedagogika universiteti, talaba, Toshkent, O‘zbekiston,


    Annotatsiya: Ushbu maqolada turli xil shakldagi tokli o‘tkazgichlar atrofida hosil bo’layotgan magnit maydon induksiya vektorini hisoblab topish metodikasi ko‘rsatib o‘tilgan. Buning uchun Bio-Savar-Laplas qonunidan foydalanilgan va uni integrallash orqali turli shakldagi tokli o‘tkazgichlar uchun magnit induksiya vektorini hisoblash formulalari keltirilib chiqarilgan.


    Tayanch so‘zlar: magnit maydon, magnit maydon induksiyasi, to‘g‘ri tokli o‘tkazgich, doiraviy tokli o‘tkazgich Bio-Savar-Laplas qonuni.


    Аннотация: В данной статье изложена методика расчета вектора индукции магнитного поля, формируемого вокруг проводников различной формы. Для этого использован закона Био-Савара-Лапласа, интегрируя которую выведены формулы для расчета вектора магнитной индукции для проводников различных форм.


    Ключевые слова: магнитное поле, индукция магнитного поля, прямой проводник с током, круговой проводник с током, Закон Био-Савара-Лапласа.


    Abstract: This article describes a method for calculating the induction vector of a magnetic field formed around conductors of various shapes. For this purpose, the Biot-Savart-Laplace law was used, integrating which formulas were derived for calculating the magnetic induction vector for conductors of various shapes.


    Key words: magnetic field, magnetic field induction, straight conductor with current, circular conductor with current, Biot-Savart-Laplace Law.

    Oddiy magnit hodisalar bizning eramizdan ilgari ham ma’lum bo‘lgan. Lekin elektr tok va magnit hodisalar orasida bog‘lanish borligi to‘g‘risidagi faktlar XVIII asrga talluqlidir. Frantsuz fizigi Arago «Momaqaldiroq va yashin» deb nomlangan kitobda yashin urgan kemadagi magnit kompaslarning ishdan chiqqanligini, ya’ni bu kompaslardan ikkitasi shimol o‘rniga janubni, bittasi esa g‘arbni ko‘rsatadigan bo‘lib qolganligini yozadi. Shu kitobda yashin urgan uydagi pulatdan yasalgan pichoq, vilka kabi buyumlarning magnitlanib qolganligi to‘g‘risida ham ahborotlar bor. Hozirgi vaqtda o‘rta maktab fizika kursi hajmida ma’lumoti bo‘lgan har bir odam Aragoning kitobida bayon etilgan bu hodisalarni oddiygina tushuntira oladi: yashin – gaz orqali o‘tuvchi elektr tok, yuqorida bayon etilgan hodisalar esa elektr tokning magnit ta’siridir.


    Elektr tokning bu xususiyati faqat 1820 yilda daniyalik fizik Ersted tomonidan aniqlandi va o‘rganildi. Erstedning bu kashfiyoti fizika fanining rivojlanishida katta turtkilardan biri bo‘ldi. Natijada Amper, Bio, Savar, Laplas, Faradey kabi olimlar elektromagnetizm hodisalarini o‘rganib, muhim kashfiyotlar qildilar.
    Oliy o‘quv ta‘lim muassasalarida fizikaning magnetizm bo‘limidan masalalar yechishda Bio-Savar-Laplas qonunidan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Bu esa ko‘pchilik talabalar uchun qiyinchilik tug‘diradi. Suning uchun ushbu maqolada Bio-Savar-Laplas qonunidan [1] foydalanib ba‘zi bir tokli o‘tkazgichlar uchun magnit induksiya vektorini hisoblash formulalari keltirilib chiqarilgan va ularning hisoblash metodikasi berilgan. Quyida ular bilan tanishib chiqamiz.
    1-masala. R radiusli tokli halqaning markazidan o‘tuvchi o‘qda joylashgan va undan a masofada joylashgan nuqtadagi magnit maydon induksiya vektori topilsin. Halqada oqayotgan tok kuchi I ga teng.

    Download 320 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 320 Kb.