27
Bog‘lanish tartibi - O‘zaro kimyoviy bog‘ hosil qilgan atomlar orasida hosil
bo‘lgan bog‘lanishlar
bog‘lanish tartibi deyiladi. U birlamchi,
ikkilamchi
(qo‘shbog‘), uchlamchi (uchbog‘) va ba’zi hollarda to‘rtlamchi bo‘lishi mumkin.
Bog‘lanishlar tartibi ortishi bilan bog‘ning barqarorligi ortadi, uzunligi qisqaradi.
Kimyoviy bog‘lanish turlari haqida ma’lumot berish
NEM qiymati ayirmasi farqi -0,4 gacha bo‘lsa bog‘ – qutubsiz;0,4 dan 1,8
gacha bo‘lsa -bog‘ qutubli; 1,8 dan yuqori bo‘lsa bog‘ - ionli bog‘lanish bo‘ladi.
Nisbatan erkin elektronlarning metall ionlari bilan o‘zaro ta’sirlashuvi
natijasida
hosil bo‘ladigan bog‘lanish
metall bog‘lanish deyiladi. Metall bog‘lanish suyuq
Hg dan tashqari barcha metallarga xos.
Biror molekulaning vodorod atomi bilan boshqa molekulaning kuchli elektrmanfiy
element (O, F, N) atomi orasida yuzaga keladigan bog‘lanish
vodorod bog‘lanish
deb ataladi.