71
c) Rivojlantiruvchi
: moddalarning suvda eriganda qanday o‘zgarishlarga uchrashi
haqidagi bilimlarni rivojlantirish.
TK3
-kimyoviy elementlar va ularning
birikmalari xossalariga oid masala va mashqlarni ishlashda
hisoblashlarni bajara
olish kompetensiyasini rivojlatirish
Dars turi:
amaliy
Dars uslubi:
amaliyot (masala va mashqlar bajarish)
Dars jihozi:
amaliy topshiriqlar tarqatmalari
Darsning borishi
1. Tashkiliy qism:
O‘quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash
2. Nazariy savol-javob:
-Gidroliz nima?
-Tuzlar tarkibiga ko‘ra qanday toifalarga ajratiladi?
-Tuzlar gidrolizi jarayonida eritma muhiti qanday bo‘ladi?
-pH ko‘rsatkich nimani bildiradi?
3. Amaliy mashg‘ulot topshiriqlari bilan tanishtirish:
1) Dissotsilanish darajasi 12% bo‘lgan elektrolitning 24 molekulasi dissotsilangan
bo‘lsa, eritilgan molekulalar soni qancha bo‘ladi?
2) Agar magniy sulfatning dissotsilanish darajasi 12,5% ga teng va dissotsilangan
molekulalar soni 15 ta bo‘lsa, dissotsilanmagan molekulalar sonini toping.
3) Quyidagi reaksiyalarning qaysi biri natijasida cho‘kma,
gaz va yomon
dissotsilanuvchi modda hosil bo‘ladi? Reaksiyani aniqlang ,
uning molekulyar,
to‘liq ionli ko‘rinishlarini yozing.
4) Alyuminiy sulfat Al
2
(SO
4
)
3
eritmasida dissotsiatsiyalanmagan molekulalar soni
25 ta bo‘lsa, eritmadagi alyuminiy ionlarining sonini toping. (α=80%).
5)
2,5
litr
0,4
molyarli
ammoniy
gidroksid
eritmasidagi
(α=5%)
dissotsiyalanmagan ammoniy gidroksid molekulalari sonini toping.
6) Quyidagi tuzlar gidrolizida eritma muhiti qanday bo‘lishi va indikatorlar rangida
qanday o‘zgarishlar kuzatilishini aniqlang. Tegishli jadvalni to‘ldiring.