|
d) Eritma tarkibidagi erigan modda miqdoriga ko‘ra eritmalarBog'liq 1674214624 11-sinf Kimyo (o\'qituvchilar uchun qo\'llanma)d) Eritma tarkibidagi erigan modda miqdoriga ko‘ra eritmalar:
1. To‘yingan eritma. 2. To‘yinmagan eritma. 3. O‘ta to‘yingan eritmalarga
bo‘linadi.
Ayni haroratda berilgan erituvchida eritilayotgan modda boshqa eriy
olmaydigan eritma to‘yingan eritma deyiladi. Agar biror eritmada ayni haroratda
eriyotgan modda yana erishi mumkin bo‘lsa, bunday eritma to‘yinmagan eritma
deyiladi. To‘yinmagan eritmadagi erigan modda miqdori shu haroratda
tayyorlangan to‘yingan eritma tarkibida bor bo‘lgan modda miqdoridan kam
bo‘ladi. Biz amalda asosan to‘yinmagan eritmalar bilan ishlaymiz.
O‘ta to‘yingan eritmada – erigan modda miqdori shu harorat uchun
to‘yingan eritma tarkibidagi bor bo‘lgan modda miqdoridan ko‘proq bo‘ladi.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash:
Masalalar yechish.
1-masala: 20
o
C da 200 g suvda 148 g CaCl
2
eritilganda to‘yingan eritma hosil
bo‘lsa, shu tuzning 20
o
C dagi eruvchanlik koeffitsiyentini aniqlang.
Masalaning yechimi: 200 g suvda 148 g CaCl
2
erib to‘yingan eritma hosil bo‘lgan
(eritilgan tuz miqdori shu tuzning eruvchanlik koeffitsiyentiga mos ravishda
bo‘lgan).
Demak, 200 g suvda 148 g tuz erigan bo‘lsa, 100 g suvda (moddaning eruvchanlik
koeffitsiyenti 100 g suvga nisbatan hisoblanadi) erigan tuz miqdorini aniqlaymiz:
Demak, 100 g suvda 74 g CaCl2 erib to‘yingan eritma hosil qilar ekan, ya’ni
CaCl2 ning 20
o
C dagi eruvchanlik koeffitsiyenti 74 ga teng.
Javob: 74
Darslikdan test topshiriqlarini bajarish
5. O‘quvchilarni baholash:
O‘quvchilarni baholashda kimyoviy elementlar
belgilaridan foydalaniladi:
|
| |