eruvchanlik koeffitsiyenti (eruvchanligi) deyiladi. Eruvchanlik koeffitsiyenti S
harfi bilan belgilanadi. Masalan, NaCl ning 20oC dagi eruvchanligi 36 ga
tengligini bildirish uchun quyidagicha yoziladi: S (20 o C) = 36 b) Suvda eruvchanligiga ko‘ra moddalarning toifalari: 1) Yaxshi eriydigan moddalar: (100 g erituvchida 10 g dan ko‘p eriydi).
KCl, NaNO
3
, shakar, spirt, gazlar (HCl, NH
3
).
2) Oz eriydigan: (100 g erituvchida (H
2
O)1g dan kam eriydi).
CaSO
4
,CaCO
3
, BaSO
4
, MgCO
3
, PbSO
4
, benzin, gazlar (CH
4
, N
2
, H
2
). 3) Amalda
erimaydigan moddalar: (100 g erituvchida 0,01 g va undan kam).oltin, kumush,
mis.
c) Moddalar eruvchanlik xususiyatining modda tabiati va haroratga bog‘liqligi: Qattiqmoddalarning ko‘pchiligi suvda eruvchanligi harorat ortishi bilan
ortadi, chunki ko‘pchilik qattiq moddalar eriganda issiqlik yutiladi. Shuning uchun
harorat ko‘tarilishi bilan ularning eruvchanligi ortadi. Gaz moddalarni eruvchanligi qattiq moddalardan farq qiladi, ya’ni harorat ko‘tarilganda ularning
eruvchanligi kamayadi. Harorat pasayganda esa gazlarning eruvchanligi ortadi.
Savollar: eritma tarkibi
qanday komponentlardan
iborat?
(eruvchi va erituvchi)
Aniqlik kiritish: Suyuq
modda doimo erituvchi
bo‘ladi. 2 ta suyuqlik bo‘lsa
miqdori ko‘pi erituvchi
bo‘ladi
Amaliy ko‘nikma Simptomlari: eritma
to‘yingan to‘yinmagan
suyultirilgan
Xulosa: Eritmalarni tirik
organizmlardagi ahamiyati:
NaCl ning 0,9 % li eritmasi
fiziologik eritma hisoblanadi.
80 Gaz moddalarning eruvchanligiga bosim ham ta’sir ko‘rsatadi. Bosim yuqori
bo‘lsa, gazlarning eruvchanligi ortadi, bosim pasaysa eruvchanlik ham kamayadi.