76
-Faradeyning birinchi qonunini izohlang?
-Faradeyning ikkinchi qonuni birlashgan tenglamasi qanday ifodalanadi?
- Faol metallarning kislorodli kislotalar bilan hosil qilgan tuzlarining suvli eritmasi
elektrolizida katod va anodda qanday moddalar ajraladi?
3.Yangi mavzuni tushuntirish:
a) Eritma tushunchasiga ta’rif berish: Eritma
erituvchi va erigan modda
molekulalarini o‘zaro ta’sirlashuvidan hosil bo‘lgan gomogen (butun
sathi
bo‘yicha fizik va kimyoviy xossalari bir xil bo‘lgan) sistemadir.
b) Aralashma ,eritma va kimyoviy birikmalarning xossalarini tahlil qilish:
1-ohakning suvli eritmasi(aralashma): 2-oltin quymasi (kimyoviy birikma)
3-mis sulfat eritmasi
c) eritmalarning hayotimizdagi ahamiyati haqida ma’lumotlar:
Eritmalar inson hayoti va amaliy faoliyatida juda katta ahamiyatga ega.
Inson
organizmida ovqat hazm bo‘lishi jarayonida oziq moddalarni hazm bo‘lishi ularni
eritmaga o‘tishi bilan amalga oshadi. Oziq moddalar hazm fermentlari ta’sirida
parchalanadi va erib, molekula holigacha o‘tadi. Molekula
holidagi erigan oziq
moddalarni ichaklar qonga so‘rib olishi osonlashadi. Qon,
limfa kabi inson
hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan suvli eritmalar qatoriga kiradi. Kimyoviy
reaksiyalarni amalga oshishida ham eritmalarning ahamiyati kattadir. Ko‘pchilik
reaksiyalar eritma holida amalga oshadi. Chunki
eritma tarkibida moddalar
o‘zlarining eng kichik zarrachalari hisoblangan molekulalargacha
yoki ionlargacha
maydalangan bo‘lib, bir-biri bilan oson ta’sirlashadilar.