|
Boshqaruv samaradorligini hisoblash usullari
|
bet | 3/3 | Sana | 08.06.2024 | Hajmi | 171,1 Kb. | | #261658 |
Bog'liq MN-K 123 Boymuratov ShuxratBoshqaruv samaradorligini hisoblash usullari - Boshqaruv tizimi samaradorligini tavsiflash uchun umumlashtiruvchi ko’rsatkich va bir guruh xususiy ko’rsatkichlar qo’llaniladi. Umumlashtiruvchi ko’rsatkich quyidagicha hisoblanadi:
Boshqaruv hodimlari
rahbarlar
• yordamchi xizmatchilar.
mutaxassislar
Rahbarlar, odatda mutaxassislar tarkibidan tayinlanadi. Rahbarlar malakasini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash tizimlari ham mavjud. Biroq, kishini rahbarlik san’atiga o’rgatish boshqaruv xodimlarini tayyorlash masalasining bir tomoni bo’lsa, ikkinchi tomoni tug’ma qobiliyat egalaridan, ya’ni voqyelikka ob’yektiv baho bera olishlik, o’zgarishlarni oldindan ko’ra bilish, boshqa bir insonning qobiliyatiga to’g’ri baho berish va boshqalardan foydalanish hisoblanadi.
Rahbarlar odamlarni boshqarish borasida tug’ma qobiliyatga ega bo’lishi zarur, shuning uchun rahbar tanlashsa, ularning mazkur lavozimga to’g’ri kelishini baholovchi test sinovi o’tkaziladi. Rahbar xodim mayda nizoli vaziyatlarga aralashmasligi, xodimlar o’rtasidagi kelishmovchiliklarni holis bartaraf etish qobiliyatiga ega bo’lishi lozim.
Yordamchi texnik xizmatchilar jumlasiga kotibalar, mashinistkalar, ish yurituvchilar, hisoblash byurosi operatorlari, hisobchilar, chizmachilar, ekspeditorlar kiradi. Xizmatchilar axborotlarning o’z vaqtida texnik ishlab chiqilishini ta’minlaydilar, ularni tartibga solish, saklash, hisobini yuritish, ko’paytirish, jo’natish va h.k. ishlarni amalga oshiradilar. Boshqaruv xodimlarining konkret tarkibiy tuzilmasi korxonaning shtatlar ro’yxatiga binoan aniqlanadi.
Mutaxassislar - iqtisodchilar, muhandislar, huquqshunoslar, dasturchilar va boshqalar bo’lib, ular ish tajribalari, malakalariga qarab, bosh, yetakchi, katta va oddiy mutaxassislarga ajratiladi. Ularning vazifasi axborot to’plash, tahlil qilish, rejalarni ishlab chiqish, korxonaning ish grafiklarini tuzish, loyihalar tayyorlash, rahbarlar ko’rsatmalarini ishlab chiqish, normativlar tuzish, hisobotlarni tayyorlash va tahlil etish, texnik hujjatlarni ishlab chiqish va h.k. lardan iborat.
E’tiboringiz uchun raxmat
|
| |