• Axborotning himoyasi
  • Bundan tashqari, uzcloud mijozlari tadbirkorlarga Internet




    Download 0.6 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/37
    Sana29.03.2023
    Hajmi0.6 Mb.
    #47317
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
    Bog'liq
    4-mavzuga manbaa
    1.4 Axborot xavfsizligi, Malakaviy amaliyot 2020, integratsiya-tehnologiy-v-vuze, 7777777, ADP, 55 hgjhg tron, primenenie-informatsionnyh, 55555 uiot, тест-1, Testlar boshi, yangi test, Test 30 ta rus 1, tanladim, bo`ladimi, Oling
    Axborot xavfsizligi deb, ma’lumotlarni yo‘qotish va o‘zgartirishga 
    yo‘naltirilgan tabiiy yoki sun’iy xossali tasodifiy va qasddan ta’sirlardan 
    har qanday tashuvchilarda axborotning himoyalanganligiga aytiladi. 
    Ilgarigi xavf faqatgina konfidensial (maxfiy) xabarlar va hujjatlarni 
    o‘g‘irlash yoki nusxa olishdan iborat bo‘lsa, hozirgi paytdagi xavf esa 


    225 
    kompyuter ma’lumotlari to‘plami, elektron ma’lumotlar, elektron 
    massivlardan ularning egasidan ruxsat so‘ramasdan foydalanishdir. 
    Bulardan tashqari, bu harakatlardan moddiy foyda olishga intilish ham 
    rivojlandi. 
    Axborotning himoyasi deb, boshqarish va ishlab chiqarish 
    faoliyatining axborot xavfsizligini ta’minlovchi va tashkilot axborot 
    zaxiralarining yaxlitliligi, ishonchliligi, foydalanish osonligi va 
    maxfiyligini ta’minlovchi qatiy reglamentlangan dinamik texnologik 
    jarayonga aytiladi. 
    Axborotning egasiga, foydalanuvchisiga va boshqa shaxsga zarar 
    yetkazmoqchi 
    bo‘lgan 
    nohuquqiy 
    muomaladan 
    har 
    qanday 
    hujjatlashtirilgan, ya’ni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi 
    rekvizitlari qo‘yilgan holda moddiy jismda qayd etilgan axborot 
    himoyalanishi kerak. 
    Hozirgi kunda xavfsizlikning bir qancha yo‘nalishlarini qayd etish 
    mumkin. 
    Xavfsizlikning asosiy yo‘nalishlari 5 ta: 
    1. Axborot xavfsizligi. Axborot xavfsizligining dolzarblashib borishi, 
    axborotning strategik resursga aylanib borishi bilan izohlash 
    mumkin. Zamonaviy davlat infratuzilmasini telekommunikatsiya va 
    axborot tarmoqlari hamda turli xildagi axborot tizimlari tashkil etib, 
    axborot texnologiyalari va texnik vositalar jamiyatning turli 
    jabhalarida keng qo‘llanilmoqda (iqtisod, fan, ta’lim, harbiy ish, 
    turli texnologiyalarni boshqarish va h.k.) 
    2. Iqtisodiy xavfsizlik. Milliy iqtisodda axborotlarni yaratish, tarqatish, 
    qayta ishlash va foydalanish jarayoni hamda vositalarini qamrab 
    olgan yangi tarmoq vujudga keldi. «Milliy axborot resursi» 
    tushunchasi yangi iqtisodiy kategoriya bo‘lib xizmat qilmoqda. 
    Davlatning axborot resurslariga keltirilayotgan zarar axborot 
    xavfsizligiga 
    ham 
    ta’sir 
    ko‘rsatmoqda. 
    Mamlakatimizda 
    axborotlashgan jamiyatni shakllantirish va uning asosida jahon 
    yagona axborot maydoniga kirib borish natijasida milliy 
    iqtisodimizga turli xildagi zararlar keltirish xavfi paydo bo‘lmoqda. 
    3. Mudofaa xavfsizligi. Mudofaa sohasida xavfsizlikning asosiy 
    obyektlaridan bo‘lib, mamlakatning mudofaa potensialining 
    axborot tarkibi va axborot resurslari hisoblanmoqda. Hozirgi kunda 
    barcha zamonaviy qurollar va harbiy texnikalar juda ham 
    kompyuterlashtirilib yuborildi. Shuning uchun ham ularga axborot 
    qurollarini qo‘llash ehtimoli katta. 


    226 
    4. Ijtimoiy xavfsizlik. Zamonaviy axborot – kommunikatsiyalar 
    texnologiyalarining milliy iqtisod barcha tarmoqlarida keng 
    qo‘llanishi inson psixologiyasi va jamoa ongiga «yashirin» ta’sir 
    ko‘rsatish vositalarining samaradorligini yuksaltirib yubordi.
    5. Ekologik xavfsizlik. Ekologik xavfsizlik – global masshtabdagi 
    muammodir. «Ekologik toza», energiya va resurs tejaydigan
    chiqindisiz texnologiyalarga o‘tish faqat milliy iqtisodni 
    axborotlashtirish hisobiga qayta qurish asosida yo‘lga qo‘yish 
    mumkin. 
    Axborot texnologiyalarini qo‘llash jarayonida ma’lumotlarni, 
    dasturlarni va kompyuter tizimlarining xavfsizligi mavjud ekanligiga 
    ishonch hosil qilish lozim.

    Download 0.6 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




    Download 0.6 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bundan tashqari, uzcloud mijozlari tadbirkorlarga Internet

    Download 0.6 Mb.
    Pdf ko'rish