Business law-uz




Download 1,8 Mb.
bet13/28
Sana08.02.2024
Hajmi1,8 Mb.
#153111
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28
Bog'liq
BUSINESS LAW-UZ

Вопрос №106

Korxona va tashkilotlarda, umuman jamiyatlarda qanday turdagi boshqaruv organlari mavjud?

a)

Direktorlar kengashi, umumiy majlis, ijro hokimiyati

b)

Aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi, kuzatuv kengashi va ijroiya organi

c)

Ta’sischilar yig’ilishi, kuzatuv kengashi, xodimlar bo’limi

d)

Umumiy yig’ilish, direktorlar kengashi, minoritar aktsiyadorlar qo’mitasi




Вопрос №107

Farmoyish orqali qanday ishlar amalga oshiriladi?

a)

favqulodda vaziyat tezda bartaraf etiladi, chora-tadbirlar belgilanadi

b)

sudlar tashkil etiladi, ma’lum bir soha to’liq rivojlantiriladi

c)

vazir lavozimiga tayinlanadi, vazirlik tuziladi, maxsus/harbiy unvon beriladi

d)

viloyat tashkil etiladi, kasallik bartaraf etiladi, nafaqaga chiqariladi




Вопрос №108

Davlatning ayrim jamiyatlarni boshqarishda ishtirok etishiga doir maxsus huquqi bo’lib, u strategik ahamiyatga ega bo’lgan davlat korxonalari xususiylashtirilayotganda joriy etiladi va qiymatga ega bo’lmaydi, boshqa shaxsga o’tkazilmaydi hamda garovga berilmaydi... ushbu ta’rifga javob qaysi variantda berilgan?

a)

imtiyozli aktsiya

b)

oltin aktsiya

c)

korporativ obligatsiya

d)

infratuzilma obligatsiya




Вопрос №109

Tovar bozorida xo’jalik yurituvchi sub’ekt yoki shaxslar guruhi tovarining ulushi: 1) ellik va undan ortiq foizni tashkil etsa; 2) o’ttiz besh foizdan ellik foizgacha hajmda bo’lib, bunda xo’jalik yurituvchi sub’ektning tovar bozoridagi ulushi kamida bir yil mobaynida barqaror bo’lib turishi... bu quyidagi qaysi terminga ta’rif keltirilgan?

a)

monopoliya

b)

tabiiy ustunlik

c)

insofsiz raqobat

d)

ustun mavqe




Вопрос №110

O’zbekiston Respublikasi xalqi nomidan xalqaro munosabatlarida kimlar ish olib borish mumkin?

a)

Vazirlar Mahkamasi

b)

Oliy Majlis

c)

Prezident

d)

Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti




Вопрос №111

Farmoyishlar odatda _____

a)

qisqa mazmunli, odatda bir martalik topshiriq va ko’rsatmalarni tezkor bajarish uchun qabul qilinadi

b)

aniq va to’liq mazmunli, odatda ko’p martalik topshiriq va ko’rsatmalarni bajarish uchun qabul qilinadi

c)

Xalqaro huquq subektlari o’rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi

d)

biror-bir masalani atroflicha va chuqur qamrab oladi




Вопрос №112

.... usul orqali davlat mulkiga asoslangan korxonalar tashkil qilinadi. Bu usulning xarakterli tomoni shundaki, bunda tadbirkorlik sub’ekti davlat vakil qilgan shaxs tomonidan tashkil etiladi. Nuqtalar o’rniga to’g’ri javobni toping.

a)

ta’sis

b)

ta’sis-farmoyish

c)

tashkiliy qaror

d)

shartnomaviy-ta’sis




Вопрос №113

Yuridik shaxsning filialiga berilgan to’g’ri ta’rifni toping!

a)

yuridik shaxsning u turgan erdan tashqarida joylashgan, yuridik shaxs manfaatlarini ifodalaydigan va ularni himoya qiladigan alohida bo’linmasidir.

b)

Xo’jalik jamiyatida ishtirok etuvchi boshqa jamiyat xo’jalik jamiyatiga qarashli ovoz beradigan aktsiyalarning (ulushning) yigirma foizidan ko’prog’iga ega bo’lsa filial hisoblanadi

c)

Agar bir (asosiy) xo’jalik jamiyati yoki shirkati ikkinchi xo’jalik jamiyatining ustav fondida undan ustunlik mavqeiga ega bo’lgan holda ishtirok etishi tufayli yoxud ular o’rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq yo bo’lmasa boshqacha tarzda ikkinchi xo’jalik jamiyati tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni belgilab berish imkoniga ega bo’lsa filial hisoblanadi

d)

yuridik shaxsning u turgan erdan tashqarida joylashgan hamda uning barcha vazifalarini yoki vazifalarining bir qismini, shu jumladan vakolatxona vazifalarini bajaradigan alohida bo’linmasidir.




Вопрос №114

...ovoz beruvchi aktsiyalar bo’lib, ular o’z egasiga dividendlar olish, jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqini beradi

a)

Imtiyozli aktsiyalar

b)

Doimiy aktsiyalar

c)

Oltin aktsiyalar

d)

Oddiy aktsiyalar




Вопрос №115

Tadbirkorlik sub’ektlarini qayta tashkil etishning qaysi turi haqida gap ketayapti? ... yuridik shaxs o’z faoliyatini to’xtatib, ikki va undan ortiq yuridik shaxslarga bo’linadi...

a)

o’zgartirish

b)

ajratib chiqarish

c)

bo’lish

d)

qo’shish




Вопрос №116

Ijro hokimiyati deganda qaysi davlat organi misol bo’ladi?

a)

Xalqaro sud

b)

Oliy Majlis

c)

Vazirlar Mahkamasi

d)

Parlament




Вопрос №117

Korxona, tashkilot yoki jamiyatning faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiruvchi boshqaruv organi bu...?

a)

Kuzatuv kengashi

b)

Minoritar aktsiyadorlar jamiyati

c)

Umumiy yig’ilish

d)

Ijro organi




Вопрос №118

Tadbirkorlik sub’ektlarini qayta tashkil etishning qo’shib yuborish turi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

a)

korxonalarning huquq va majburiyatlari bir qismini unga berish yo’li bilan yangi korxonani vujudga keltirish, ya’ni bunda yuridik shaxs tarkibidan bir yoki bir necha yuridik shaxslar ajraladi, avvalgi yuridik shaxs ham mavjud bo’lib qolaveradi

b)

o’z faoliyatini tugatgan ikki yoki undan ortiq korxonaning barcha huquqlari va majburiyatlarini unga berish yo’li bilan yangi korxonani vujudga keltirish;

c)

bir yoki bir nechta korxona faoliyatini to’xtatib, ularning huquqlari va majburiyatlarini boshqa korxonaga berish

d)

yuridik shaxs o’z faoliyatini to’xtatib, ikki va undan ortiq yuridik shaxslarga bo’linadi




Вопрос №119

Oltin aktsiyaga keltirilgan to’g’ri ta’rifni belgilang.

a)

«Oltin aktsiya» qiymatga ega bo’lmaydi, boshqa shaxsga o’tkazilmaydi hamda garovga berilmaydi, jamiyat ustav fondining miqdorini belgilashda va dividendlarni hisoblashda inobatga olinmaydi. «Oltin aktsiya» jamiyatning ustav fondida davlat ulushi mavjud bo’lmagan yoki bu ulush jamiyat ustav fondining yigirma besh foizdan oshmaydigan jamiyatlarda joriy etilishi mumkin. Davlatning «oltin aktsiya»dan foydalanish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

b)

«Oltin aktsiya» qiymatga ega bo’ladi, boshqa shaxsga o’tkazilishi va garovga berilishi mumkin, jamiyat ustav fondining miqdorini belgilashda va dividendlarni hisoblashda inobatga ham olinishi imumkin. «Oltin aktsiya» jamiyatning ustav fondida davlat ulushi mavjud bo’lmagan yoki bu ulush jamiyat ustav fondining yigirma besh foizdan oshmaydigan jamiyatlarda joriy etilishi mumkin. Davlatning «oltin aktsiya»dan foydalanish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

c)

«Oltin aktsiya» qiymatga ega bo’ladi, boshqa shaxsga o’tkazilmaydi lekin garovga berilishi mumkin, jamiyat ustav fondining miqdorini belgilashda va dividendlarni hisoblashda inobatga olinmaydi. «Oltin aktsiya» jamiyatning ustav fondida davlat ulushi mavjud bo’lmagan yoki bu ulush jamiyat ustav fondining yigirma besh foizdan oshmaydigan jamiyatlarda joriy etilishi mumkin. Davlatning «oltin aktsiya»dan foydalanish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

d)

«Oltin aktsiya» qiymatga ega bo’lmaydi, boshqa shaxsga o’tkazilmaydi lekin garovga berilishi mumkin, jamiyat ustav fondining miqdorini belgilashda va dividendlarni hisoblashda inobatga olinmaydi. «Oltin aktsiya» jamiyatning ustav fondida davlat ulushi mavjud bo’lmagan yoki bu ulush jamiyat ustav fondining yigirma besh foizdan oshadigan jamiyatlarda joriy etilishi mumkin. Davlatning «oltin aktsiya»dan foydalanish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.





Download 1,8 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28




Download 1,8 Mb.