Business law-uz




Download 1,8 Mb.
bet16/28
Sana08.02.2024
Hajmi1,8 Mb.
#153111
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28
Bog'liq
BUSINESS LAW-UZ

Вопрос №132

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Bosh prokurori... ushbu sub’ektlarga xos huquqiy jihatni toping?

a)

Qonunchilik tashabbusi huquqiga ega sub’ektlar

b)

Xalqni nazorat qiluvchi organlar

c)

Ijro xokimiyati organi sub’ektlari

d)

O’zbekiston nomidan xalqaro maydonda ish yurituvchi sub’ektlar




Вопрос №133

Huquq tizimida ilk bor xokimiyat taqsimlanish printsipini kim ilgari surgan?

a)

Sharl Lui de Monteskyo

b)

Gugo Grotsiy

c)

Benyamin Netanyaxu

d)

Avraam Linkoln




Вопрос №134

Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada, Yangi zelandiya kabi davlatlarda asosan qaysi huquq tizimidan foydalaniladi?

a)

Anglo-sakson huquq tizimi

b)

Romano-german huquq tizimi

c)

Afrika-amerika huquq tizimi

d)

Franko-rus huquq tizimi




Вопрос №135

Tadbirkorlik huquqi sub’ektining huquqbuzarligi oqibatida tadbirkorlik huquqining boshqa sub’ektiga etkazilgan ziyon oqibatlarini bartaraf etishga oid yuridik majburiyati qanday ataladi?

a)

Tadbirkorlik biznes javobgarlik

b)

Qonuniy majburiyat

c)

Tadbirkorlik faoliyatida huquqiy javobgarlik

d)

Yuridik majburiyat




Вопрос №136

Romano-german huquq tizimidan odatda qaysi davlat foydalanadi?

a)

Kanada

b)

Buyuk Britaniya

c)

O’zbekiston

d)

Yangi zelandiya




Вопрос №137

.....bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi ta’sis hujjatlari bilan belgilab qo’yilgan miqdorlardagi ulushlarga bo’lingan jamiyat tan olinadi. Mazkur jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo’yicha javobgar bo’lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog’liq zarar uchun o’zlari qo’shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo’ladilar.

a)

Mas’uliyati cheklangan jamiyat

b)

Sho’’ba xo’jalik jamiyati

c)

Qo’shimcha mas’uliyatli jamiyat

d)

Aktsiyadorlik jamiyati




Вопрос №138

Tadbirkorlik sub’ektlarini qayta tashkil etishning qaysi turi haqida gap ketayapti? ... bir yoki bir nechta korxona faoliyatini to’xtatib, ularning huquqlari va majburiyatlarini boshqa korxonaga berish...

a)

o’zgartirish

b)

qo’shib olish

c)

bo’lish

d)

ajratib chiqarish




Вопрос №139

Aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishida ovoz berish qanday printsip bo’yicha amalga oshiriladi?

a)

jamiyatning ovoz beruvchi bitta oltin aktsiyasi — bitta oddiy ovoz

b)

jamiyatning ovoz beruvchi har bir imtiyozli aktsiyasi — bitta imtiyozli ovoz

c)

jamiyatning ovoz beruvchi bitta aktsiyasi — bitta ovoz

d)

jamiyatning ovoz beruvchi har bir aktsiyadori — bitta ovoz




Вопрос №140

“Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi qonunga asosan aktsiyadorlik jamiyatining ustav fondiga berilgan to’liq ta’rifni toping.

a)

jamiyatning ustav fondi aktsiyadorlar olgan jamiyat aktsiyalarining sifatidan tashkil topadi va O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasi va xorij valyutasi evroda ham ifodalanadi. Jamiyat tomonidan chiqariladigan barcha aktsiyalarning nominal qiymati bir xil bo’lishi kerak emas. Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) jamiyat mol-mulkining jamiyat kreditorlari manfaatlarini kafolatlaydigan eng kam miqdorini belgilaydi.

b)

jamiyatda jamiyat ustavida nazarda tutilgan, ammo uning ustav fondining ellik foizidan kam bo’lmagan miqdorda zaxira fondi tashkil etiladi. Jamiyatning zaxira fondi jamiyat ustavida belgilangan miqdorga etguniga qadar sof foydadan har yilgi majburiy ajratmalar orqali shakllantiriladi. Har yilgi ajratmalarning miqdori jamiyat ustavida nazarda tutiladi, ammo bu miqdor jamiyat ustavida belgilangan miqdorga etguniga qadar sof foydaning o’n besh foizidan kam bo’lmasligi kerak.

c)

jamiyatning ustav fondi aktsiyadorlar olgan jamiyat aktsiyalarining nominal qiymatidan tashkil topadi va O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasida ifodalanadi. Jamiyat tomonidan chiqariladigan barcha aktsiyalarning nominal qiymati bir xil bo’lishi kerak. Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) jamiyat mol-mulkining jamiyat kreditorlari manfaatlarini kafolatlaydigan eng kam miqdorini belgilaydi.

d)

jamiyatda jamiyat ustavida nazarda tutilgan, ammo uning ustav fondining (ustav kapitalining) o’n besh foizidan kam bo’lmagan miqdorda zaxira fondi tashkil etiladi. Jamiyatning zaxira fondi jamiyat ustavida belgilangan miqdorga etguniga qadar sof foydadan har yilgi majburiy ajratmalar orqali shakllantiriladi. Har yilgi ajratmalarning miqdori jamiyat ustavida nazarda tutiladi, ammo bu miqdor jamiyat ustavida belgilangan miqdorga etguniga qadar sof foydaning besh foizidan kam bo’lmasligi kerak.





Download 1,8 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Download 1,8 Mb.