• Balans moddalari Summa, ming so’m Moddaning balans jamidagi ulushi%
  • Balansda muhim o’rin tutadigan moddalarning jiddiylik




    Download 3,45 Mb.
    bet38/303
    Sana14.12.2023
    Hajmi3,45 Mb.
    #118994
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   303
    Bog'liq
    Аудит УМК 2023-2024 (3)

    Balansda muhim o’rin tutadigan moddalarning jiddiylik
    darajasini aniqlash (balans umumiy summasining 1% dan
    yuqori bo’lgan moddalar muhim deb olingan)



    Balans moddalari

    Summa, ming so’m

    Moddaning balans jamidagi ulushi%

    Jiddiylik darajasi, ming so’m

    Aktiv moddalari

    Asosiy vositalar

    654472,0

    80,4

    8040,0

    Ishlab chiqarish zahiralari

    39957,0

    5,0

    500,0

    Tayyor mahsulotlar

    49211,0

    6,0

    600,0

    Xaridor va buyurtmachilar

    69938, 0

    8,6

    860,0

    BALANS

    813578,0

    100,0

    10000,0

    Passiv moddalari

    Ustav kapitali

    19741,0

    2,4

    240,0

    Rezerv kapitali

    616135,0

    75,7

    7570,0

    Taqsimlanmagan foyda

    23819,0

    2,9

    290,0

    Kelgusi davr sarflari va to’lovlari uchun rezervlar

    24134,0


    3,0


    300,0


    Qisqa muddatli qarzlar

    30000,0

    3,7

    370,0

    Xaridor va buyurtmachilardan olingan bo’naklar

    32120,0


    3,9


    390,0


    Kreditorlar:
    mol yetkazib beruvchilar
    byudjet bo’yicha qarzlar
    boshqa kreditorlar

    8597, 0
    23102, 0


    35930, 0

    1,1
    3, 2


    4, 1

    110,0
    320,0


    410,0

    BALANS

    813578,0

    100, 0

    10000,0

    Auditor aniqlangan xatolar bo’yicha mijoz-korxona rah-bariyatiga joriy buxgalteriya davrida tuzatish yozuvlarini amalga oshirishni tavsiya qilishi lozim. Agarda taxmin qi-linayotgan xatolar va tafovutlar sezilarli darajada bo’lsa, mijoz-korxona rahbariyatining tuzatish kiritishga rozi bo’l-masligi auditor uchun salbiy auditorlik xulosasi tuzishga asos bo’lishi mumkin.


    Auditorlik tashkiloti tomonidan o’rnatiladigan asosiy ko’rsatkichlar tizimi va jiddiylik darajasi hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi hamda auditorlik tashkilotining ijro organi tomonidan tasdiqlanadi.
    Auditorlik tekshiruvi jarayonida yuzaga kelgan vaziyatlar taqazosi bilan jiddiylik darajasi ko’rsatkichi o’zgartirili-shi (tuzatilishi) mumkin. Bunda jiddiylik darajasining o’zgartirilish fakti, uning yangi ko’rsatkichi, tegishli hisob-kitoblar va dalil-isbotlar tafsiloti auditorning ishchi hujjatlarida aks ettirilgan bo’lishi lozim.
    Ta’kidlash joizki, №9-AFMS da jiddiylik darajasining asosiy ko’rsatkichlar tizimini va ushbu darajani aniq-lashning uslubiy asoslangan tartibini auditorlik tashkiloti tomonidan o’zgartirish uchun asos bo’luvchi omillar ham keltirilmagan. Bizning fikrimizcha, bunday omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:
    moliyaviy hisobot asosiy ko’rsatkichlarini yoki balans moddalarini aniqlash tartibiga ta’sir qiladigan, buxgalteriya hisobi va soliqqa tortishni isloh qilishga doir o’zgarishlar;
    jiddiylik darajasini aniqlash uslublari oldiga qo’yiladigan talablarni belgilaydigan, auditga doir qonunchilikdagi o’zgarishlar;
    auditorlik tashkiloti ixtisoslashuvining o’zgarishi;
    auditorlik tekshiruvidan o’tkazilishi lozim bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tarkibidagi o’zgarishlar, ularning ishlab chiqarish turi yoki tarmog’iga tegishliligining o’zgarishi;
    auditorlik tashkiloti rahbariyatining o’zgarishi.
    Jiddiylik darajasi buxgalteriya hisobi yuritiladigan va buxgalteriya hisoboti tuziladigan valyutada ifodalanishi lozim. Jiddiylik darajasi har bir auditorlik tekshiruvi uchun tekshiruvni rejalashtirish bosqichi yakunlanganidan so’ng aniqlangan bo’lishi lozim. Aniqlangan jiddiylik darajasining qiymati auditorlik tekshiruvining umumiy rejasida ham aks ettirilgan bo’lishi kerak. Agar mijoz-korxona vakillari jiddiylik darajasining auditorlik tashkiloti tomonidan aniqlanish tartibi bilan qiziqib qolishsa, u holda auditorlar ularga ushbu axborotni taqdim etishlari zarur.
    Auditor quyidagi hollarda jiddiylik darajasini inobatga olishi lozim:
    rejalashtirish bosqichida - qo’llaniladigan auditorlik amallarining mazmuni, vaqt sarfini va hajmini aniqlashda;
    muayyan auditorlik amallarini bajarish vaqtida;
    auditni yakunlash bosqichida aniqlangan chalkashliklar va xato-kamchiliklarning buxgalteriya hisoboti ko’rsatkich-lari ishonch-liligiga ta’sirini baholashda.
    Auditor tomonidan belgilab qo’yilgan ayrim kamchiliklar o’z-o’zidan jiddiy tavsifga ega bo’lmasligi mumkin. Aniqlangan kamchiliklar to’plami, hamda taxmin qilinayot-ganlari bilan birga qo’shib olingan belgilab qo’yilganlari esa jiddiy bo’lishi mumkin. (butun ma’lumotlar to’plami uchun xatolarni tanlab tekshirish oqibatida belgilab qo’yil-gan kamchiliklar tarqalib ketishi natijasida)
    Auditorlik faoliyatida kuzatiladigan bir necha holat-larni ko’rib chiqamiz:
    1. Auditor tekshiriladigan xo’jalik yurituvchi sub’ekt hisobotining barcha muhim jihatlari ishonchliligi haqida, agar bir vaqtning o’zida quyidagilar ta’minlansa, xulosa qilishga haqli-dir:
    audit jarayonida belgilab qo’yilgan tafovutlar va taxmin qilinayotgan chalkashliklar summalarining yig’indisi jiddiylik darajasidan ancha kam bo’lsa;
    xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishdagi tegishli me’yoriy hujjatlar talablaridan chetga chiqishlari auditorning professional fikriga ko’ra jiddiy hisoblanmaganda.
    2. Agar quyidagi ikkita shartning bittasi bajarilganida auditor tekshiriladigan xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti jiddiy munosabatlarda ishonchli deb tan olinmasligi to’g’risida xulosa qilishi lozim:
    audit o’tkazish jarayonida belgilab qo’yilgan va taxmin qilinayotgan kamchiliklar summasi jiddiylik darajasidan ancha ko’p bo’lganida;
    xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob yuritishi va moliyaviy hisobotni tuzishda tegishli me’yoriy hujjatlar talablaridan chetga chiqishlari auditorning professional fikriga ko’ra jiddiy hisoblanganda.
    3. O’zining professional fikr-mulohazalaridan foydalanib, auditor mazkur vaziyatda tekshirilayotgan moliyaviy hisobotda jiddiy xato – kamchiliklar mavjudligi to’g’risida xulosa qilish yoki qilmaslik haqida bir qarorga kelishi, yoxud agar quyidagi shartlardan bittasi bajarilsa, tegishli izohlarni auditorlik xulosasiga kiritish zarurligi haqida xulosa qilishi va mas’uliyatni o’z zimmasiga olishi lozim:
    audit o’tkazish chog’ida moliyaviy hisobotdagi belgilab qo’yilgan va taxmin qilinayotgan kamchiliklar jiddiylik darajasidan yuqori yoki past, ammo umumiy miqdori bo’yicha unga yaqin bo’lganda;
    xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlash tartibida tegishli me’yoriy hujjatlar talablariga nisbatan tafovutlar mavjud bo’lib, ammo bu tafovutlar jiddiy hisoblanmasligi muqarrar bo’lganda.
    Bunda vaziyatni aniqlashtirish maqsadida auditordan qo’-shimcha auditorlik amallarini bajarish talab qilinishi mumkin.
    Auditor ko’rsatilgan kamchiliklarni tugatish bo’yicha mijoz-korxona rahbariyatiga tuzatish yozuv(provodka)larini taklif etishi mumkin. Agar audit jarayonida moliyaviy hisobotda belgilab qo’yilgan va taxmin qilinayotgan kamchiliklar jiddiy bo’lsa, mijoz-korxona rahbariyati ularni tuzatishga rozi bo’lmasligi auditor uchun salbiy xulosa tuzishga asos bo’lishi mumkin.



    Download 3,45 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   303




    Download 3,45 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Balansda muhim o’rin tutadigan moddalarning jiddiylik

    Download 3,45 Mb.