|
Auditor tomonidan aniqlangan firibgarlik xolatlariga auditorning
|
bet | 47/303 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 3,45 Mb. | | #118994 |
Bog'liq Аудит УМК 2023-2024 (3)Auditor tomonidan aniqlangan firibgarlik xolatlariga auditorning munosabati
Auditorlar mas’uliyati va iste’molchilar kutushlari bilan bog’liq firibgarliklarni muhokama qilish. Firibgarlik tarqalishini e’tiborga olib, auditor faoliyati firibgarlikni aniqlash bilan bog’liqligini hisosobga olish lozim. 2010 yil oktyabr oyida Audit sifatining markazi (CAG) Moliyaviy firibgarlikni jilovlash va aniqlash – 2 xarakat uchun platforma nomli xujjatni nashr qildi. CAG firibgarlik bilan bog’liq mas’ulikni tashqi auditorni jamiyatga kiritgan xissasini yaxshilash va auditor kasbiga bo’lgan xurmatni oshirish uchun mazkur xujjatni yaratdi. Shu bilan birga CAG fiibgarlikni oldini olish va aniqlash faqat tashqi auditorning ishi bo’lmasligini tani oldi. Firibgarlikni odini olishda va aniqlashda auditorlik tekshiruvi xisobotini kutgan barcha tomonlar katta rol o’ynashi lozimligi qayd qilingan.
CAG ma’ruzasida moliyaviy xisobot jarayonida ishtirok etuvchi shaxslar (boshqaruv, audit bo’yicha qo’mita, ichki audit, tashqi audit, tartiblashtiruvchi organlar) uchun moliyaviy xisobot tayyorilashda moliyaviy riskni kamaytirish bo’yicha uchta yo’l ko’rsatilgan.
Mazkur shaxslar tashkilot tepasida kuchli etikaga oid tushuncha xukum surishi, bu ma’naviyat korporativ madaniyatga shu jumladan firibgarlik riskini boshqarish samarali dasturiga ham kirib borishi kerakligini tan olishi lozim.
Mazkur shaxslar moliyaviy xisobotni tayyorlash va baholashda xolisonalikni kuchaytiruvchi kasbiy tanqidiy yondoshuvni amalga oshirishi lozim.
Mazkur shaxslar moliyaviy xisobotni tayyorlash jarayoniga jalb etilganlar o’rtasida kuchli muloqat nixoyatda muhim ekanligini esda tutishi lozim.
Audit standartlari auditorlardan mohirona amalga oshirilgan firibgarliklarni aniqlashni talab qilish mumkin emasligi to’g’risidagi tushunchani aks etardi. Shu bilan birga jamoachilik RSAOV ko’rsatmasida belgilanganidek auditorlar quyida ko’rsatilgan ahamiyatli firibgarliklarni aniqlab, ular to’g’risida ma’lumot berish kerakligin kutushadi.
Investorlar va jamiyatnining mustaqil auditorlik kompaniyalariga ishonchini tiklash RSAOVning vazifasidir. Shubha yo’qqi, buxgalteriya bilan bog’liq bo’lgan majoralar va auditdagi nomuvoffiqlar jamiitning auditga bo’lgan ishonchini ancha susaytirib yubordi. Firibgarlikni aniqlash auditlashtirilgan moliyaviy xisobot istemolchilarining oqilona kutishini oqlashdir. Jamiyat firibgarlik natijasida moliyaviy ma’lumot jiddiy ravishda o’zgarmaganligini kutadi va u nga ishonch bilan qaraydi. Agar mustaqil auditor xech qanday kafolat bermasa bunday hisobot jamiiyat uchun o’z ahamiyatini yo’qotadi.
Auditorlarga iste’molchilar tomonidan yuborilgan xatning mazmuni tushunarli: auditorlar firibgarlikni aniqlash uchun mas’liyatni o’z zimmasiga olishi va moliyaviy xisobotda ahamiyatli firibgarlik unsurlari yo’q ekanligi to’g’risida ishonchga kafolat berishi kerak.
Auditning kasbiy standartlari firibgarlik natijasida yuzaga kelgan jiddiy noto’g’riliklarni aniqlavchi auditni rejalashtirish va amalga oshirishni auditordan talab qiladi. Bu talabning bir qismi sifatida auditorlar auditni aqliy xujumdan boshlashi lozim. Bu xarakat firibgarlik tashkilot faoliyatining qaysi jihatlari bilan bog’liq ekanligi to’g’risida ma’lumot berishi mumkmin. Auditorolar shuningdek Audit bo’yicha qo’mita va firibgarlik riskini boshqarish bo’yicha boshqaruv bilan aloqa qilib turishi lozim. Auditor tashkilotning firibgarlikka moyilligiga munosabat bildiruvchi auditni rejalashtirishi lozim. Quyidagi boblarda auditning turli bosqichlarida sodir bo’lgan firibgarliklarga munosabat bildiruvchi aniq usullarga to’htalamiz.
Xulosa
Auditorlik tekshiruvini o’tkazish chog’ida aniqlangan, buxgalteriya hisobini yuritish, shuningdek moliyaviy hisobot tuzish bo’yicha belgilangan talablarning xo’jalik yurituvchi sub’yekt tomonidan buzilishi, firibgarlik faktlarining auditor tomonidan yashirilganligi auditor sertifikatinini amal qilish muddatini tugatishga asos bo’la oladi;
Auditor buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonunchilikning aniqlangan buzilishlari, firibgarliklar to’g’risida yoki korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniq tasdiqlovchi faktlar haqida xo’jalik yurituvchi sub’yektning rahbariyatini va korporativ boshqaruv uchun mas’ul bo’lgan shaxslarni, audit qo’mitasini yozma shaklda xabardor qilishga majbur.
Quyidagi shartlarga muvofiq bo’lgan auditorlik tashkilotlarining majburiy auditorlik tekshiruvini o’tkazishiga yo’l qo’yiladi:
shtatida kamida ketma-ket uch yillik uzluksiz ish stajiga yoki xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo’lgan kamida ikki nafar auditorning mavjudligi;
auditorlik tashkilotining ishi sifatini tashqi nazoratdan o’tkazish natijalariga ko’ra, auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonunchilikning buzilishi hollari, firibgarlik xollari mavjud emasligi.
|
| |