|
Buxgalteriya hisobi va audit
|
bet | 48/303 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 3,45 Mb. | | #118994 |
Bog'liq Аудит УМК 2023-2024 (3)Nazorat savollari:
Firibgarlikning tarkibiy qismlari, turlari nimalardan iborat?
Agarda auditor tekshirilayotgan korxonadagi firibgarlik holatlarini yashirsa, bunga nisbatan qanday javobgarlik holatlari mavjud
Dunyo auditorlik faoliyatida aniqlangan yirik fribgarliklar haqida nimalar bilasiz?
Auditorlik tashkilotida auditorlik tashkilotining ishi sifatini tashqi nazoratdan o’tkazish natijalariga ko’ra auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonunchilikning buzilishi hollari aniqlansa, bu tashkilot majburiy audit bilan shug’ullana oladimi?
Firibgarlik uchburchagi deganda nimani tushunasiz?
Firibgarlik tushunchasini fanga kiritgan kim edi?
Mijoz korxonada tekshiruv jarayonida auditor qanday firibgarlik holatlariga duch kelishi mumkin?
Ponzi sxemasi haqida nimalar bilasiz?
Bernard Meydof hayoti va faoliyati hamda u amalga oshirgan firibgarliklar haqida nimalar bilasiz?
Firibgarlikka qarshi kurashishning intensiv choralari sizningcha nimalar bo’lishi mumkin?
8-MAVZU: AUDITORLIK TEKSHIRUVI VAQTIDA ICHKI NAZORAT TIZIMINI O’RGANISH HAMDA BAHOLASH
Reja:
1.Korxona ichki nazorat tizimini o’rganish
2.Auditorlik dalillarini to’plash
3.Ekspert ishlaridan va boshqa auditorlik tashkiloti ma’lumotlaridan foydalanish
4. Auditorlik tanlash
1. Korxona ichki nazorat tizimini o’rganish
Mavzuga doir auditorlik faoliyatining milliy standartlari:
"Auditorlik tekshiruvlari jarayonida buxgalteriya xisobi va ichki nazorat tizimini baxolash" nomli 12-sonli AFMS
«Auditorlik dalilari» nomli 50-sonli AFMS
«Ekspert ishlaridan foydalanish» nomli 16-sonli AFMS
«Auditorlik tanlash» nomli 14-sonli AFMS
"Auditorlik tekshiruvlari jarayonida buxgalteriya xisobi va ichki nazorat tizimini baxolash" nomli 12-sonli AFMS ga muvofiq tizimning ishonchliligi darajasini auditor quyidagicha baholaydi:
quyi
o’rta
yuqori
Auditor u tomonidan tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektda ichki nazoratning quyidagi amallarining qo’llanilayotganligiga ishonch hosil qilishi lozim:
a) buxgalteriya yozuvlarining to’g’riligini arifmetik tekshirish;
b) hisob-kitoblarni taqqoslashni o’tkazish;
v) hujjatlar aylanishining to’g’riligini va rahbariyat xodimlarining rozilik yozuvlari mavjudligini tekshirish;
g) buxgalteriya hisobida ma’lumotlarning amaldagi holatiga muvofiqligini aniqlash maqsadida, tovar-moddiy qiymatliklari, qimmatli qog’ozlar, qat’iy hisobot blankalari va kassadagi naqd pullarni belgilangan tartibga muvofiq davriy rejali va to’satdan inventarizatsiya qilish;
d) nazorat maqsadida xo’jalik yurituvchi sub’ektdan tashqarida joylashgan manbalar ma’lumotlaridan foydalanish;
e) buxgalteriya schyotlari bo’yicha yozuvlar va hujjatlarni yuritish tizimiga, korxonaning aktivlariga vakolati bo’lmagan shaxslarni yo’l qo’ymaslikka qaratilgan cheklov tadbirlarini amalga oshirish;
j) ko’rsatkichlar dinamikasini tadqiq qilish, reja va smeta ko’rsatkichlarini haqiqatdagi holat bilan taqqoslash va salmoqli farqlarning sabablarini aniqlash.
|
| |