Suvni ifloslovchi bu manbalar orasida eng muhim o’rinni sanoat ishlab chiqarishidan hosil bo’lgan va maishiy – kommunal xo’jalikdan chiqqan oqava suvlar egallaydi




Download 0,58 Mb.
bet2/6
Sana16.01.2024
Hajmi0,58 Mb.
#139031
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Taqdimot (18)

Suvni ifloslovchi bu manbalar orasida eng muhim o’rinni sanoat ishlab chiqarishidan hosil bo’lgan va maishiy – kommunal xo’jalikdan chiqqan oqava suvlar egallaydi.

Suvni ifloslovchi bu manbalar orasida eng muhim o’rinni sanoat ishlab chiqarishidan hosil bo’lgan va maishiy – kommunal xo’jalikdan chiqqan oqava suvlar egallaydi. Chunki sanoat chiqindi suvlari tarkibida tirik organizm uchun hafli bo’lgan har xil kislorodlar, fenollar, vodorod sulfati, ammiak, mis, rux, simob, tsionid, mishyak, xrom va boshqa zaharli moddalar, yog’, neft mahsulotlari hamda har xil biogen moddalar ko’p bo’lib, ular sanoat korxonalarida ishlatilgan oqava suvlar bilan birga daryo, ko’l va suv omborlariga qo’shiladi.

Kishi salomatligi, uning xujalik faoliyati uchun toza suv katta ahamiyatga ega. Aks holda ifloslangan suv inson uchun xavfli bo’lgan har – xil kasalliklar tarqatuvchi manbaga aylanib, sanoat korxonalaridagi texnologik jarayonlarga salbiy ta’sir etadi, mahsulot sifatini pasaytirib qimmatbaho asbob uskunalarni ishdan chiqaradi, gidrotexnik, temir – beton inshootlarini, suv quvurlarini va boshqalarni yemirilishini tezlashtirib, juda katta iqtisodiy va ma’naviy zarar yetkazadi.

Daryo va ko’l suvlarining zararli moddalar va zaharli ximikatlar bilan ifloslanishi suvdagi organik hayotga ta’sir etib, baliqlar va suv o’tlarini zaharlaydi, qishloq xo’jalik ekinlarining normal o’sishiga va hosilning sifatiga xam salbiy ta’sir etadi.

O’zbekistonda drenaj – zovur, sanoat va maishiy chiqindilar daryolarga qo’shilishi to’fayli, Amudaryo va Sirdaryoda zararli moddalarning, ayniqsa ekin dalalaridan chiqqan zaharli ximikatlarning mumkin bo’lgan kontsentratsiyasining miqdori normadagidan 1,8 – 3,0 marta oshib, oqibatda organik hayotga salbiy ta’sir etib, baliqlar miqdori kamayib ketdi.

Ichki suv xavzalarining ifloslanishi kishilar salomatligiga salbiy ta’sir etadi. Chunki kommunal-maishiy korxonalardan, kasalxonalardan, xammomlardan, xususiy uylardan va sanoat korxonalaridan chiqqan iflos suvlar tarkibida meda – ichak kasalliklari, vabo epedemiyasi, tif, ichburug’i, sil, sibir yazvasi, stolbnyak, polimerit, gepatit infektsiyasi va boshqa kasalliklar tarqatuvchi bakteriyalar saqlanib qoladi hamda suv orqali kishilar organizmiga o’tadi.


Download 0,58 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Suvni ifloslovchi bu manbalar orasida eng muhim o’rinni sanoat ishlab chiqarishidan hosil bo’lgan va maishiy – kommunal xo’jalikdan chiqqan oqava suvlar egallaydi

Download 0,58 Mb.