• Suv havzalari antropogen ifloslanishining asosiy manbalari har xil bo’lib, ularning eng muhimlari quyidagilar
  • Radioaktiv ifloslanishga radioaktiv chiqindilar, yadro qurollarini sinash, radioaktivlashgan chiqindi suvlarni oladi.
  • Buxoro davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Kimyo yoʻnalishi 2kim22 guruh talabasi Rasulova Shaxinabonuning ekologik kimyo fanidan tayyorlagan taqdimoti




    Download 0,58 Mb.
    bet1/6
    Sana16.01.2024
    Hajmi0,58 Mb.
    #139031
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Taqdimot (18)

    Buxoro davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Kimyo yoʻnalishi 2kim22 guruh talabasi Rasulova Shaxinabonuning ekologik kimyo fanidan tayyorlagan taqdimoti

    Mavzu:Ichki suv resurslarini Ifloslanishining asosiy manbalari Va salbiy oqibatlari

    Ichki suv resurslarini ifloslanishining asosiy manbalari va salbiy oqibatlari. Ichki suv resurslarini ifloslanishi va buzilishi deganda biz suvda har xil organik, noorganik, mexanik, bakteriologik va boshqa moddalar to’planib qolib, uning fizik xossalari (rangi, tiniqligi, hidi va mazasi) va kimyoviy tarkibining (reaktsiyasi o’zgaradi, organik va mineral qo’shimchalar miqdori ortib, zaharli birikmalar paydo bo’lishi va boshqalar) o’zgarishini, suvning ustida har xil moddalar suzib, tagiga chukaverishini, suvning tarkibida kislorodning kamayib, har xil bakteriyalarning paydo bo’lishini tushunamiz.

    Suv havzalari antropogen ifloslanishining asosiy manbalari har xil bo’lib, ularning eng muhimlari quyidagilar:

    1.Tabiiy ifloslanish. Bunga kosmik changlar, shamol, dovul, quyun, yog’in va sel, vulqonlarning otilishi, o’simlik va hayvonlarning o’lishi va chirishi, aeroplantonlar natijasida kelib chiquvchi moddalar kiradi;

    2.Sun’iy ifloslanish. Bunga esa mineral ifloslanish, radioaktiv ifloslanish hamda organik ifloslanish kiradi. Mineral ifloslanish o’z ichiga metallurgiya, mashinasozlik, yoqilg’i – energetika, tog ’- kon, kimyo sanoatlari orqali vujudga keladigan chiqindilarni oladi. Organik ifloslanish esa o’z ichiga yog’ zavodlari, pivo – vino zavodlari, maishiy kommunal xo’jalik, chorvachilik sanoati va boshqa shu kabilardan chiqadigan chiqindilarni oladi.

    Radioaktiv ifloslanishga radioaktiv chiqindilar, yadro qurollarini sinash, radioaktivlashgan chiqindi suvlarni oladi.

    Sanoat va maishiy kommunal xo’jalik korxonalaridan ham davolash –sog’lomlashtirish va boshqa tashkilotlardan chiqadigan iflos oqava suvlar; yuvuvchi sintetik moddalar; rudali va rudasiz qazilma boyliklarning qazib olinishidagi chiqindilar; shaxtalarda, konlarda, neft korxonalarida ishlatilgan va ulardan chiqqan iflos suvlar; avtomobil va temir yo’l transportidan chiqqan tashlama suvlar; yog’och tayyorlash, uni qayta ishlash va suvda oqizishda, tashishda hosil bo’ladigan chiqindilar; chorvachilik fermalari va komplekslaridan oqib chiqadigan iflos suvlar; zig’ir va boshqa texnik ekinlarni birlamchi ishlov berishdan chiqqan chiqindilar; qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orish natijasida vujudga kelgan oqava tashlandiq va zovur suvlari; har xil mineral va organik o’g’itlar hamda zararkunandalarga qarshi sepilgan zaharli ximikatlar ishlatilgan dalalardan oqib chiqadigan suvlar; shahar ichki posyolkalari va qishloqlar territoriyasidan oqib chiqadigan (yog’in suvlari) suvlar; elektr stantsiyalaridan chiqqan issiq suvlar; radioaktiv ifloslanish va boshqalar.


    Download 0,58 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 0,58 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxoro davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Kimyo yoʻnalishi 2kim22 guruh talabasi Rasulova Shaxinabonuning ekologik kimyo fanidan tayyorlagan taqdimoti

    Download 0,58 Mb.