Buxoro davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Kimyo yoʻnalishi 2kim22 guruh talabasi Rasulova Shaxinabonuning ekologik kimyo fanidan tayyorlagan taqdimoti




Download 0,58 Mb.
bet4/6
Sana16.01.2024
Hajmi0,58 Mb.
#139031
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Taqdimot (18)

Togʻlardagi yer osti suvlari yukrridagi sanab oʻtilgan suv olish manbalari hisobiga vujudga keladi. Togʻoldi va sugʻorma mintaqalarda yer osti suvlari, asosan, yer usti suvlari hisobiga toʻyinadi. Daryo va yer osti suvlarining suv resurslari oʻzaro bir-biriga bogʻliq. Yer osti suvlaridan juda katta miqdorda foydalanish daryo oqimini kamaytirib yuboradi. Oʻrta Osiyoning sugʻorma dehqonchilik mintaqalarida daryo suvlarining yillik resurslari 114 km³ ni, jumladan, Amudaryoda (Zarafshon va Qashqadaryo bilan birga) – 74,7 km³, Sirdaryoda – 39 km³, Tajan va Murgʻobda – 2,4 km³ ni tashkil etadi. Suv resurslari hududiy jihatdan notekis joylashgan boʻlib, togʻlarda hosil boʻlsada, keng tarmoqli sugʻorish kanallari yordamida, asosan, tekisliklarda foydalaniladi.

Suv resurslarining hududiy jihatdan notekisligi suv isteʼmolidagi tanqislikni vujudga keltiradi. Uni bartaraf etish uchun oqimning bir qismi mintaqadan boshqasiga qayta taqsimlanadi. Oqimni qayta taqsimlash Amudaryo (Qoraqum, AmuBuxoro, Katta Hisor, Qarshi kanallari va boshqalar) va Sirdaryo (Katta Fargʻona, Katta Andijon, Katta Namangan, Janubiy Mirzachoʻl kanallari va boshqalar) havzalarida juda katta hajmda amalga oshirilgan (qarang Daryolarni havzalararo oqizish, Davlat suv fondoʻ).

Suv resurslarini ifloslanishi va buzilishi deganda suvda har xil organik, noorganik, mexanik, bakteriologik va boshqa moddalar to’planib qolib, uning fizik xossalari (rangi, tiniqligi, hidi va mazasi) va kimyoviy tarkibining(reaksiyasi o’zgarishi, organik va mineral qo’shimchalar ortib, zararli birikmalar paydo bo’lishi va boshqalar) o’zgarishini, suvning ustida har – xil moddalar suzib, tagiga cho’kishi, suvning tarkibida kislorodning kamayib, har xil bakteriyalar turining ko’payib, yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi bakteriyalarning paydo bo’lishi tushuniladi.

Suv havzalari antropogen ifloslanishining asosiy manbalari har – xil bo’lib, ularning eng muhimlari qo’yidagilar hisoblanadi:

Sanoat va maishiy, kommunal xo’jalik korxonalaridan hamda davolash-sog’lomlashtirish va boshqa tashkilotlardan chiqadigan iflos oqava suvlar; yuvuvchi sintetik moddalar; rudali va rudasiz qazilma boyliklarning qazib olinishidagi chiqindilar; shaxtalarda, konlarda, neft korxonalarida ishlatilgan va ulardan chiqqan iflos suvlar; avtomobil va temir yo’l transportlaridan chiqqan tashlama suvlar; yog’och tayyorlash, uni qayta ishlash va suvda oqizishda, tashishda hosil bo’ladigan chiqindilar; chorvachilik fermalari va komplekslaridan oqib chiqadigan iflos suvlar; qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orish natijasida vujudga kelgan oqava tashlandiq va zovur suvlari.


Download 0,58 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Kimyo yoʻnalishi 2kim22 guruh talabasi Rasulova Shaxinabonuning ekologik kimyo fanidan tayyorlagan taqdimoti

Download 0,58 Mb.