Buxoro davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Kimyo yoʻnalishi 2kim22 guruh talabasi Rasulova Shaxinabonuning ekologik kimyo fanidan tayyorlagan taqdimoti




Download 0,58 Mb.
bet5/6
Sana16.01.2024
Hajmi0,58 Mb.
#139031
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Taqdimot (18)

Sanoat va maishiy, kommunal xo’jalik korxonalaridan hamda davolash-sog’lomlashtirish va boshqa tashkilotlardan chiqadigan iflos oqava suvlar; yuvuvchi sintetik moddalar; rudali va rudasiz qazilma boyliklarning qazib olinishidagi chiqindilar; shaxtalarda, konlarda, neft korxonalarida ishlatilgan va ulardan chiqqan iflos suvlar; avtomobil va temir yo’l transportlaridan chiqqan tashlama suvlar; yog’och tayyorlash, uni qayta ishlash va suvda oqizishda, tashishda hosil bo’ladigan chiqindilar; chorvachilik fermalari va komplekslaridan oqib chiqadigan iflos suvlar; qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orish natijasida vujudga kelgan oqava tashlandiq va zovur suvlari.

Suv havzalarining neft moyi bilan ifloslanishi juda xavflidir. Neft moyi suv yuzasini qoplab, suvga kislorodning o’tishini qiyinlashtiradi; o’simlik va hayvonlarning ekologik sharoitini yomonlashtiradi. Har yili dunyo okeaniga 2-10 mln. T neft tushadi. 1 t neft 12 km3 suv yuzasida moy pardasini hosil qiladi.

Termal yoki issiq iflos suvlarni vujudga keltiruvchi asosiy omillar metallurgiya, kimyo va boshqa zavodlar, issiqlik va atom elektr stansiyalari hisoblanadi. Birgina quvvati 2,1-2,4 mln. kVt/soat bo’lgan GRESda agregatlarni sovitish uchun sekundiga 60 m3 suv sarflanadi. Shunday quvvatga ega bo’lgan AES esa unga nisbatan 1,5-2,0 marta ko’p suv talab qiladi

Suv resurslari – foydalanish uchun yaroqli boʻlgan yer usti, yer osti suvlari va tuproqdagi nam zaxiralari. Sr. Asriy (yer usti qatlamlari, Qutb va baland togʻ muzliklari, yirik koʻllar va shu kabida toʻplangan chuchuk suvlar) va qayta tiklanadigan (daryo oqimlari, yer osti suvlarining oʻzgaruvchan va dinamik zaxiralari, koʻllar hajmining bir qismi va boshqalar) turlarga boʻlinadi. Suv resurslari deganda suv obʼyektlari — daryo, ko’l, dengizlar ham tushuniladi, chunki ulardan kema qatnovi, gidroenergetika, baliq xoʻjaligi, dam olish, turizm va boshqa maqsadlarda foydalaniladi. Gidrosferadagi turgʻun suv zaxiralarning faqat 2,5% gina chuchuk suv (uning faqat salkam 1% dan kishilar foydalana oladilar), 70% muzliklar, qolgani tuproq nami shaklida. Daryolar, oqar koʻllar va koʻpchilik yer osti suvlari ham chuchuk. Yerning Dunyo okeani, yer osti suvlari, muzliklar, tuproqdagi nam, daryo(oʻzan) suvlari, atmosfera bugʻlari— gidrosferada, ayrim hisob kitoblarga koʻra, 1454 327,2 ming km³ turgʻun suv resurslari bor. Nazariy jihatdan suv resurslari bitmas tuganmas, chunki bu resurslardan oqilona foydalanilganda suv resurslari aylanib yangilanib turadi.


Download 0,58 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Kimyo yoʻnalishi 2kim22 guruh talabasi Rasulova Shaxinabonuning ekologik kimyo fanidan tayyorlagan taqdimoti

Download 0,58 Mb.