|
Mustaqil ravishda qaror qabul qiladi
|
bet | 125/200 | Sana | 09.08.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #269314 |
Bog'liq Buxoro davlat pedagogika instituti1. Mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda turli variantlarni ko‘rib chiqadi, zaruriyatga ko‘ra yetakchi mutaxassislar bilan maslahatlashadi, biroq, oxir-oqibatda yakuniy qarorni o‘zi qabul qiladi.
2. Vazifalarni muhim va nomuhim, birinchi va ikkinchi darajali ekanligiga ko‘ra kerakli mutaxassislarga topshiradi. Vazifalarni topshirishda og‘zaki yoki yozma buyruqqa tayanib qolmaydi, aksincha, ularni xushmuomalalik bilan, iltimos va maslahat ohangida bildiradi. Bunda u o‘zini xodimlar zimmalariga yuklatilgan vazifalar bo‘yicha ishni qanday tashkil etishlarini biladigandek tutadi.
3. Hech tortinmay o‘z nuqtai nazarini ifodalay oladi. U jamoa orasida ro‘y berayotgan voqea-hodisalarning tashqi kuchlar ta’sirida ro‘y berayotganligini sezdirmaydi. Bu vaziyatda u o‘zini xuddi qurolli kuchlar tizimida bo‘lgani kabi tutadi. YA’ni, oddiy askar buyruqni generaldan emas, balki o‘z boshlig‘idan eshitadi. Boshliq esa hech qachon “bu generalning buyrug‘i” demaydi, agar bordi-yu, shunday desa, u holda askar oldida obro‘si pasayadi.
4. Ish tartibini o‘zi belgilaydi: qachon, qancha va aynan nima ustida ishlashni rahbarning o‘zi hal qiladi. Bu holat rahbarning boshqalardan kam ishlashini ko‘rsatmaydi, aksincha, shu tarzda jamoa a’zolarining intilishlarini o‘z ish tartibiga qarab belgilashi mumkin. Agarda biror bir xodim ish vaqtidan tashqari qo‘shimcha ishlasa, bunday holat xodimning hozirgi vaziyatidan yuqoriroq bo‘lgan amalni ko‘zlayotganligini bildiradi. Bu esa rahbar uchun xavfli sanaladi.
5. Zarur o‘rinlarda kerakli savolni bera oladi. Hatto zamonaviy qarashlarga umuman rioya etmaydigan kishilar ham axborotga egalik – hukmronlik ekanligini yaxshi bilishadi. Savolga javob berayotgan kishi so‘rayotgan kishiga tobe maqomida turadi. Bekorga “bu yerda savolni men beraman!” iborasi munosabatlar notengligining yorqin namunasi bo‘lib qolmagan.
6. O‘zi zarur deb hisoblaguniga qadar sukut saqlaydi. U bemalol atrofdagilar uning javobini kutayotganligini o‘ylamasdan uzoq jim qolishi yoki aksincha, gapirayotgan shaxsni keskin savol, javob, ibora yoki qo‘l harakati bilan to‘xtatib qo‘yishi mumkin.
|
| |