• Tasavvurining boy bo‘lmasligi.
  • O‘zini tuta olmaslik.
  • Boshqarishda soxta obro‘-e’tibor, nufuzga ega bo‘lish.
  • U o‘zini shu tarzda takomillashtirib, yanada yuqoriroq lavozimlar uchun tayyorlaydi, bir-biridan juda uzoq narsalarni ham diqqat markazida tutadi




    Download 1,21 Mb.
    bet128/200
    Sana09.08.2024
    Hajmi1,21 Mb.
    #269314
    1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   200
    Bog'liq
    Buxoro davlat pedagogika instituti

    U o‘zini shu tarzda takomillashtirib, yanada yuqoriroq lavozimlar uchun tayyorlaydi, bir-biridan juda uzoq narsalarni ham diqqat markazida tutadi. Haqiqat shundaki, malakali rahbarlar boshqalarga ishlash uchun imkoniyat berib, o‘zlari ham katta daromad oladi. Mahoratli rahbar o‘z ustida ishlab, birinchidan, xodimlarining ish samarasiga kuchli ta’sir etadi, ikkinchidan, ularning xizmati ham foydali, ham qimmat bo‘lishini ta’minlaydi.
    Tasavvurining boy bo‘lmasligi. Agar rahbarning tasavvuri boy bo‘lmasa, u anglanmagan noma’lum vaziyatlar, kutilmagan tasodiflardan himoyalanish, aniq rejalar tuzish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Natijada uning ish samaradorligi keskin pasayib ketadi.
    Xudbinlik. Barcha yutuqlarni faqat o‘ziniki qilib ko‘rsatgan rahbarga nisbatan xodimlarda ishonchsizlik yuzaga keladi. Hushyor rahbar doimo hurmat, obro‘-e’tiborni xodimlar bilan bo‘lisha oladi. U erishilgan yutuqlar natijasida orttiriladigan obro‘-e’tibor haqiqatdan ham xodimlarning xizmati ekanligini unutmaydi. Shu bilan birga, deyarli barcha xodimlar mehnatlari evaziga manfaat topish istagida ishlashlarini yaxshi tushunishi lozim.
    O‘zini tuta olmaslik. Xodimlar o‘z hissiyotini boshqara olmaydigan rahbarni hurmat qilmay qo‘yadilar. Qolaversa, rahbarning o‘zini tuta bilmasligi mavjud “kuch”ni bo‘lib yuboradi, xodimlarini ranjitadi.
    So‘zida turmaslik. O‘z vazifasi va xodimlariga sodiq bo‘lmagan rahbar liderlikni uzoq saqlab turolmaydi. Xodimlar bunday rahbar bilan hisoblashmay qo‘yadilar, unga nisbatan salbiy munosabatda bo‘lishadi. Chunki, u shubhasiz ana shunga loyiq. So‘z va ish birligiga erisha olmaslik-har qanday kishilik faoliyatidagi muvaffaqiyatsizlikning eng ko‘p tarqalgan sabablaridan biri.
    Boshqarishda soxta obro‘-e’tibor, nufuzga ega bo‘lish. Malakali rahbar yetarli darajada jasur, botir bo‘lmog‘i, biroq, xodimlarda vahima uyg‘otmasligi lozim. Xodimlariga o‘z nufuzi, obro‘sini kuch bilan uqtirmoqchi bo‘lgan rahbar zo‘ravonlik ham ko‘rsata oladi. Iqtidorli rahbar o‘zining ustun jihatlarini ko‘rsatishga ehtiyoj sezmaydi. Aksincha, u bunga boshqa yo‘llar bilan, masalan, xodimlarni tushunishi, ularga hamdard bo‘lishi, rostgo‘yligi, adolatli yondashishi, o‘z ishini juda yaxshi bilishi orqali erishadi.

    Download 1,21 Mb.
    1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   200




    Download 1,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    U o‘zini shu tarzda takomillashtirib, yanada yuqoriroq lavozimlar uchun tayyorlaydi, bir-biridan juda uzoq narsalarni ham diqqat markazida tutadi

    Download 1,21 Mb.