|
Turli nom va martabalarni pesh qilish
|
bet | 129/200 | Sana | 09.08.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #269314 |
Bog'liq Buxoro davlat pedagogika institutiTurli nom va martabalarni pesh qilish. O‘z ishiga munosib rahbar qo‘l ostidagilari hurmat qilishlari uchun hech qanday unvonga muhtoj bo‘lmaydi. Olgan unvonlari, mukofotlari bilan maqtanish malakali rahbarga xos xususiyat emas. Maqtanchoq, kalondimog‘ bo‘lish rahbarning malakali ekanligini ifodalovchi sifatlar emas .
Boshqaruv faoliyatini to‘g‘ri tashkillashtirgan rahbar jamoa oldiga qo‘yilgan maqsad va reja topshiriqlarini o‘z vaqtida muvaffaqiyatli bajaradi. Jamoada sog‘lom ruhiy muhitni yaratish uchun ta’lim muassasasining rahbari quyidagilarga alohida e’tibor qaratishi lozim:
- jamoa a’zolarining shaxsiy fazilatlarini, yoshini inobatga olish;
- jamoa o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va yordamni qaror toptirish;
-muassasa jamoasi a’zolarini bir-birlari bilan chambarchas bog‘laydigan ijtimoiy aloqani o‘rnatish;
- jamoa a’zolarining unumli mehnat qilishlari uchun zarur shart-sharoitni yaratish;
-ta’lim muassasasi faoliyatining ijobiy natijasini ta’minlash uchun jamoaning har bir a’zosi mas’uliyatini oshirish;
- jamoa o‘rtasida ijodiy raqobatni yuzaga keltirish.
Shunday qilib, boshqaruv jarayonining muvaffaqiyatli kechishi va samarali bo‘lishida rahbarning o‘zida muayyan sifatlarni namoyon eta olishi ham hal qiluvchi omillardan biri sanaladi. Rahbar shaxsida namoyon bo‘ladigan ma’naviy-axloqiy, psixologik va shaxsiy sifatlar boshqaruv faoliyatining samarali natijasini kafolatlaydi. Shu sababli umumiy o‘rta ta’lim maktablarining rahbarlari ham o‘zlarida ma’naviy-axloqiy, psixologik va shaxsiy sifatlarni doimiy ravishda takomillashtirib borishga e’tibor qaratishlari, o‘z ustlarida izlanishlari lozim. Rahbarlar ma’naviy-axloqiy, psixologik va shaxsiy sifatlarini takomillashtirish yo‘lida amaliy harakatlarni olib borar ekanlar, bu jarayonda boshqaruv faoliyati qanchalik samarali kechayotganligini ham tahlil qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
“Buyuk bobolarimizning ma’naviy olami xususida fikr yuritganda, Sohibqiron Amir Temur haqida alohida to’xtalishimiz tabiiydir. Chunki tengsiz azmu shijoat, mardlik va donishmandlik ramzi bo’lgan bu mumtoz siymo buyuk saltanat barpo etib, davlatchilik borasida o’zidan ham amaliy, ham nazariy meros qoldirdi, ilmu fan, madaniyat, bunyodkorlik, din va ma’naviyat rivojiga keng yo’l ochdi. Shaxsan men “Temur tuzuklari”ni har gal o’qir ekanman, xuddiki o’zimga qandaydir ruhiy kuch-quvvat topgandek bo’laman. O’z ish faoliyatimda bu kitobga takror-takror murojaat qilib, undagi hech qachon eskirmaydigan, inson ma’naviyati uchun bugun ham oziq bo’ladigan hikmatli fikrlarning qanchalik hayotiy ekaniga ko’p bor ishonch hosil qilganman. Masalan, “Tajribamda ko’rilgankim, azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir”, degan so’zlar bugungi kunda ma’naviy jihatdan naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekani barchamizga ayon”3.
Darhaqiqat, ta’lim tizimini boshqarish o’ziga xos muhim jarayon bo’lib, unda ishtirok etayotgan har bir boshqaruvchidan o’z sohasi bo’yicha yetarli bilim, malaka va ko’nikmaga ega bo’lish bilan birga muloqot madaniyatiga ega bo’lish ham talab etiladi. Ma’lumki, ta’lim har bir jamiyatning bosh ajralmas tarkibiy qismi, madaniyatining va rivojlanishining yuksak ko’rsatkichi. Ijtimoiy tajribaning bog’lovchi bo’g’ini sifatida u madaniy an’analarning butunligi va vorisiyligini, butun jamiyat taraqqiyotini ta’minlaydi.
|
| |