• Faoliyatda barcha eng oddiy holatlarni hisobga olish layoqatiga ega bo‘lmaslik.
  • O‘zaro o‘rin almashishga tayyor bo‘lmaslik.
  • Ijrochilarning raqobatchi bo‘lishlaridan qo‘rqish.
  • Ta’lim muassasasining rahbari




    Download 1,21 Mb.
    bet127/200
    Sana09.08.2024
    Hajmi1,21 Mb.
    #269314
    1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   200
    Bog'liq
    Buxoro davlat pedagogika instituti

    Ta’lim muassasasining rahbari:
    1) xodim hulqiga kuchli ta’sir ko‘rsatadigan omillar majmuini belgilay olishi;
    2) xodimlarni samarali mehnatga rag‘batlantirish uchun ularning ruhiyatiga ijobiy ta’sir etadigan muhitni yaratishi;
    3) xodimlar bilan faol muloqotga kirishishi, ya’ni, ularning nimalarni xohlashlarini bilishi zarur.
    Boshqaruv nazariyasida rahbar tomonidan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan va ko‘p holatlarda yo‘l qo‘yiladigan xatolarning o‘rganilishiga ham e’tibor qaratilgan. Uzoq yillik tahlillar natijasida umumiy tarzda rahbarlar boshqaruv faoliyatida quyidagi xatolarga yo‘l qo‘yishlari aniqlangan:
    Faoliyatda barcha eng oddiy holatlarni hisobga olish layoqatiga ega bo‘lmaslik. Malakali rahbar faoliyat jarayonining eng oddiy unsurlarini ham inobatga ola bilishi kerak. U band bo‘lishiga qaramay, kutilmaganda yuzaga keladigan muammoni ham e’tibordan chetda qoldirmaydi. Agar shaxs, u rahbar yoki oddiy ijrochimi, bundan qat’iy nazar, kutilmaganda yuzaga keladigan vaziyatlarda rejalarni o‘zgartirishga qodir bo‘lsa, bu uning zaifligini ko‘rsatadi, xolos. Muvaffaqiyatga intiluvchi rahbar o‘z ishi bilan bog‘liq barcha ikir-chikirlarga e’tiborli bo‘lishi lozim. Buning uchun u o‘rinbosarlarining xizmatidan foydalana olish layoqatiga ega bo‘lishi zarur.
    O‘zaro o‘rin almashishga tayyor bo‘lmaslik. Qobiliyatli rahbar sharoit taqozo etsa, boshqalardan talab qiladigan ishni bajara olishga qodir bo‘ladi. “Kimga qancha berilsa, undan shuncha so‘raladi”, deyiladigan haqiqat barcha iqtidorli rahbarlarga tegishli.
    O‘z bilimidan ishda foydalanish emas, balki xodimlarni bilim olishlari uchun mukofotlash. Jahon tajribasida mutaxassislarga faqat bilim olganliklari uchun emas, balki nimanidir uddalay olishlari yoki boshqalarni ana shu ishni bajarishga ishontirganlari uchun haq to‘lanadi.
    Ijrochilarning raqobatchi bo‘lishlaridan qo‘rqish. “Egallagan o‘rnimni ijrochi – xodimlardan biri olishi mumkin” deb qo‘rqadigan rahbarning hayotida ertami-kechmi bu hodisa ro‘y beradi. Mahoratli rahbar o‘zi egallab turgan lavozimning barcha “nozik” jihatlarini to‘liq anglay oladigan, uni bajarishga tayyor mutaxassisning imkoniyatidan foydalanib, vakolatni o‘zidan soqit qiladi.

    Download 1,21 Mb.
    1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   200




    Download 1,21 Mb.