Buxoro davlat pedagogika instituti




Download 1,21 Mb.
bet34/200
Sana09.08.2024
Hajmi1,21 Mb.
#269314
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   200
Bog'liq
Buxoro davlat pedagogika instituti

AQSh ta’lim tizimi. Amerika Qo’shma shtatlarida ta’lim tizimining tuzilishi quyidagicha:
1) bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha tarbiyalanadigan maktabgacha tarbiya muassasalari;
2) 1-8- sinflargacha bo’lgan boshlang’ich maktablar (bunday maktablarda 6 yoshdan 13 yoshgacha o’qiydilar);
3) 9-12-sinflardan iborat o’rta maktablar (bu maktablarda 14-17 yoshgacha bo’lgan bolalar ta’lim oladilar). U quyi va yuqori bosqichdan iborat.
4) Amerika Qo’shma Shtatlarida navbatdagi ta’lim boskichi oliy ta’lim bo’lib, u 2 yoki 4 yil o’qitiladigan kollejlar hamda dorilfununlar va boshqa oliy o’kuv yurtlari tarkibida tashkil etilgan aspirantura yoki doktoranturalardir.
AQShda majburiy ta’lim 16 yoshgacha amal qiladi. Bu mamlakatdagi o’quv yurtlari davlat, jamoa, xususiylar tasarrufida va diniy muassasalar ixtiyorida bo’lishi mumkin.
Amerikada 3 yoshgacha bolalar tarbiyasi bilan onalar shug’ullanadilar, lekin ularga hech qanday imtiyozlar berilmagan. Uch yoshdan besh yoshgacha xususiy yoki davlat bog’chalaridan foydalanish mumkin, lekin bolalar bog’chalari kichik va bu tizim kam rivojlangan. Enaga yonlash bir xaftada 200 dollarga tushadi. Bog’chalarda yagona bir dastur mavjud emas. Kerak bo’luvchi hamma jixozlar va ovqatni ota-onalarning o’zi olib keladi. Besh yoshdan esa «Kinder garde» deb ataluvchi tayyorlov muassasalarida ta’lim boshlanadi. Boshlang’ich maktab 6 yoshdan to 13-15 yoshgacha bo’lgan bolalarni qamrab oladi. Bu boshlang’ich maktablarda umumiy savodxonlik va kasbga yunaltirish vazifalari hal etiladi. Sinfdan-sinfga ko’chish o’quvchining o’zlashtirganlik darajasiga bog’liq. Boshlang’ich ta’lim turli shtatlarda turlicha belgilangan (4, 5, 6, 8 yil). Maktablarda turli xil to’garaklar, uchrashuvlar, sayohatlar uyushtiriladi, ammo ularning hammasiga xaq to’lash lozim. O’rta maktablar quyi va yuqori bosqichlardan iborat. 9-sinfni bitirgan talabalar tanlov asosida o’rta maktabga qabul qilinadi. Urta maktablarda to’rt yo’nalishda kasb-kor asoslari berib boriladi.
AQShda OO’Yulari asosiy funktsiyalariga ko’ra quyidagi 6 turga tasniflanadi:

  1. Tadqiqot universitetlari: I va II guruh. (3%, 125 OO’Yu), doktorlik darajasini beradi. Bu universitetlarning I va II guruhlari orasidagi farq federal moliyaviy yordam hajmi bilan bog’liq, ya’ni II guruh OO’Yulariga nisbatan kamroq mablag’ ajratiladi.

  2. Doktorlik universitetlari: I va II guruh (3%, 111 OO’Yu). Ta’limning barcha bosqichlarini o’z ichiga oladi. I va II guruh orasida farq ilmiy darajalar soniga bog’liq: I guruh uchun 5ta yo’nalish bo’yicha 40ta doktorlik darajasi, II guruh uchun 3ta yo’nalish bo’yicha 10ta doktorlik darajasi beriladi.

  3. Magistrlik o’quv muassasalari (15%, 529 OO’Yu), bakalavriat va magistrlik dasturlariga ega. Bu o’quv muassasasini ko’p tarmoqli hamda keng qamrovli universitet va kollejlar deb atashadi. I guruh – milliy, II guruh – regional hisoblanadi.

  4. Bakalavr OO’Yularining 4 yillik kollejlari – I, II guruh. (18%, 637 OO’Yu) – juda katta to’lov asosida o’qitiladigan, mamlakatning eng nufuzli universitetlari magistraturalariga kadrlar yetkazib beradigan elitar ta’lim muassasalari.

  5. Ixtisoslashtirilgan OO’Yulari yoki bakalavr diplomi bilan qabul qilinadigan kasbiy maktablar (20%, 722 OO’Yu), (tibbiyot, huquqshunoslik, pedagogik, boshqaruv va h.)

  6. Ikki yillik kollejlar va institutlar (41%, 471 OO’Yu).


Download 1,21 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   200




Download 1,21 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat pedagogika instituti

Download 1,21 Mb.