|
Reja:
“Kompetentlik” tushunchasining mohiyati
|
bet | 50/200 | Sana | 09.08.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #269314 |
Bog'liq Buxoro davlat pedagogika institutiReja:
“Kompetentlik” tushunchasining mohiyati.
Pedagogik kasbiy kompetentlik turlari.
Pedagoglarda kasbiy kompetentlik sifatlarini rivojlantirish.
Kasbiy kompetentsiya va uning shakllanish bosqichlari.
O‘qituvchining kasbiy kompetensiyasi tizimi – pedagogik mahorat orqali namoyon bo‘lishi.
Kasbiy tayyorgarlik modelini shakllantirish.
Tayanch tushunchalar: kompetentlik, kasbiy kompetentlik,
pedagogik kasbiy kompetentlik sifatlarini rivojlantirish, shaxsiy kompetensiya; maxsus va didaktik kompetensiya; kommunikativ kompetensiya; informatsion kompetensiya; muammolarni hal eta olish; rivojlantiruvchi muhitni yaratish.
Respublikamizda qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi qonunda belgilab berilgan vazifalarning bosqichma-bosqich amalga oshirilib borilayotganligi natijasida zamonaviy ta’lim tizimiga muvaffaqiyat bilan joriy etilayotganligi zamon talablariga mos har tomonlama rivojlangan yuksak ijtimoiy-psixologik xususiyatlarga ega malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashni ta’minlaydi. Ana shunday zamonaviy talablarni muvaffaqiyat bilan amalga oshirish zamonaviy o’qituvchining kompetentlik darajasiga chambarchas bog’liqdir. Shu nuqtai nazardan pedagogika ta’lim to’g’risidagi fan inson hayotiy tajribalarini boyitish orqali rivojlantirishdir.
O’qituvchi kompetensiyasi – uning nazariy va amaliy bilim, ko’nikma va malakasi, dunyoqarashi, e’tiqodi va barcha shaxsiy individual ijtimoiy psixologik sifatlarining namoyon bo’lishidir. Ta’limning sifat va samaradorligini ta’minlovchi muhim omillardan biri, bu – o’qituvchining o’z fani bo’yicha kompetensiyaga ega bo’lishidir. U pedagogik moslashuv tizimi asosida namoyon bo’ladi. Bular:
ilmiy bilish;
gnoseologik bilish;
pedagogik faoliyatni epchillik, omilkorlik, mohirlik bilan bajara olish;
har qanday muammoli vaziyatlarning samarali yechimini topishga ijodiy yondashish;
ta’limiy, tarbiyaviy ta’sir jarayonida yuksak ijtimoiy psixologik xususiyatlarni namoyon etish;
o’zining intellektual, kognitiv, emotiv, axloqiy salohiyatini, o’rganish va ichki psixologik zaxirasidan samarali foydalanish orqali o’zini muttasil rivojlantirish, jamiyat va insonlarga, tabiatga borliqqa ijobiy emotsional munosabatda bo’lish ijobiy pozitiv fikrlashga o’tish tajribasidan iborat.
Avvalo kompetentsiya, kompetentsiyaviy yondashuv nimaligini bilib olsak.
|
| |