Bo’lajak o’qituvchilar kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish




Download 1,21 Mb.
bet48/200
Sana09.08.2024
Hajmi1,21 Mb.
#269314
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   200
Bog'liq
Buxoro davlat pedagogika instituti

Bo’lajak o’qituvchilar kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish

Har qanday tadqiqotni amalga oshirishda muallif tomonidan o’z izlanishlarining metodologik asosi sifatida tanlab oladigan g’oyalar, holatlar, nazariy yondashuvlar ushbu ishning eng muhim belgilaridan biri bo'lib hisoblanadi. Bu haqqoniy yondashuv bo’lib, uning asosida o’rganiladigan hodisa mohiyati talqin qilinadigan nazariy g’oya aks ettiriladi, obyekt to’g’risidagi tasavvurlar modellashtiriladi, uni samarali rivojlantirishning mexanizmlari, vosita va sharoitlari izlab topiladi.
Bunda, pedagogikaning ijtimoiy fan sifatidagi xususiyatidan kelib chiqib, u yoki bu g’oyani ifoda etishda unga asos bo’lgan talqin muallif nomidan qayd etib o’tish lozim. Zero, har qanday muammoning nazariy zaxirasini bu borada to’plangan barcha fikrlar emas, balki faqatgina tadqiqotchini ilhomlantiruvchi g’oyalargina tashkil qiladi. Biz mazkur tadqiqot ishimizda “tizim tushunchasini ochib berishiliga harakat qildik.
Tizim - tartibli ravishda joylashgan va o’zaro bog’liqlikda bo'lgan qismlar birligini ifodalovchi yaxlitlikdir. Tizim bu muayyan taxlitda tartibga keltirilgan elementlar to’plamini bo’lib, ular o’zaro bog’liq holatda, muayyan yaxlitni hosil qiladi. Tizim haqida gapirilganda “tizim” hamda “muhit” tushunchalarining o’zaro nisbatini qarab chiqish lozim.
Muhit barcha tizimlarning mujassamlashuvi - metasistemani ifodalaydi. U tadqiq qilinayotgan, ajratib olingan va ayni vaqtda atrofimizni o’rab turgan olamning qiziq borayotgan qismidan tashqarida u oladi. Bundan xulosa chiqarish mumkinki: tizim - bu qandaydir yo’l bilan muhitdan ajratib olingan obyektlar to’plamidir.
Muhit va tizim o’rtasida cheksiz ko’p o’zaro aloqalar mavjud bo’lib, ular vositasida muhit va tizimning o’zaro ta’sirlashuvi amalga oshadi. Biroq, pedagog olimlarning ayrimlari tizim va muhit o'rtasidagi chegaralanishni belgilashda nima asosda ish ko’rganliklarini aniq ifoda etmaydilar.
Tizim va tashqi muhit o’rtasidagi ko'plab cheksiz o’zaro aloqalarni berilgan vaziyatdagi ahamiyatiga ko’ra bitta kiruvchi va bitta chiquvchi aloqa sifatida tasavvur qilamiz. Tizim va muhit o’rtasidagi kiruvchi va chiquvchi aloqa davomida ta’lim oluvchi resurs sifatida muayyan pedagogik tizimga kirib, tizimning yakuniy mahsuli, mutaxassis sifatida shakllanishi, ijtimoiy-iqtisodiy muhitda faoliyat ko’rsatish uchun safarbar etiladi.
Tizim va tashqi muhit o’rtassdagi aloqadodikni o'rganish ko’rsatdiki. muhit bizga resurslarni yetkazib beradi, tizimdan esa faoliyatning yakuniy natijasini qabul qilib oladi va iste’mol qiladi. Shunisi e’tiborliki, tizimning faoliyat natijalari prinsipial jihatdan muhitda yaratila olmaydi. (aks holda tizimni muhitdan ajratishga ehtiyoj qolmaydi). Tizim muhitga o'z ehtiyojlarini qondirish manbai sifatida kerak bo’ladi.
Pedagogik tizimni tizimiy tahlil qilish ikki kategoriyada amalga oshiriladi: subyektlar (ular o’zaro ta’sirlashib, tizimning mavjudligiga asos bo’luvchi maqsadga erishish uchun xizmat qiladi) va obyektlar (ular bilan ta’sirlashuv natijasida subyektlar shaxsiy funksiyalarini amalga oshiradi).
Bunda ta’lim oluvchilar pedagogik tizimning subyektlari, ta’lim mazmum esa uning obyektlari bo’lib hisoblanadi. Ta’lim mazmuni subyekt ongi yordamida o’zlashtiriladi va o’zgartiriladi, shaxs tomonidan o’quv faoliyati jarayonida dunyoqarashga, qadriyatlar va mohiyatlar, e'tiqodlar, tasavvurlar, bilim va ko’nikmalar tizimiga aylantiriladi. Yuqorida ko’rsatilgan tizimning shakllanish bosqichlarining muammoli vaziyatda qo’llanilishi tizimning maqsadi, mehnat faoliyat, mehnat funksiyalari va tuzilmasini aniqlash tashqi muhit tomonidan chegaralangan sharoitda faoliyat ko’rsatuvchi real tizimlarning etaloni bo’lib xizmat qila oladigan tashkiliy-metodik tizimni yaratish imkonini beradi.
Tizimiy yondashuvning sanab o’tilgan bosqichlari tizimli obyektlarning asosiy tavsifnomalarini o’zida aks ettiradi, bu esa uning ta'rifini quyidagicha ifodalash imkonini beradi: tizim - bu maqsadga muvofiq faoliyat ko’rsatuvchi tuzilma bolib, u muayyan tashqi muhitda muammoli vaziyat hal etish imkoniga ega bo’ladi. Tizim bu - ma’lum bir tashqi shart-sharoitda muammoli vaziyatlarni yechish maqsadiga qaratilgan mehnat faoliyati, funksiyasi va tuzilmasi.
Maqsadga erishish uchun zaruriy va atroflicha ahamiyatga ega munosabatlari majmui anglatuvchi umumiy rasmiy tuzilma sifatida nomlab oladi. Oliy ta’lim muassasasida kasbiy pedagogik tayyorgariik tizimining forma tuzilmasi o’qituvchilar, ta’lim vositalari, talabalar hamda o’qitish texnologiyalari majmuasidan iborat bo’iadi.
Qarab chiqilayotgan tizimlar bir xil maqsadga ega degan farazga asoslansak, bu ma’noda formal tuzilma tizim maqsadidan ko’rib chiqib belgilanishi to’g’risidagi xulosaga kelamiz. Misol uchun, oliy ta’lim muassasasida o’qituvchini kasbiy pedagogik tayyorlashning formal tuzilmasi quyidagilarni qamrab oladi: o’qituvchilar (professor, dotsent, assistent va boshqalar); ta’lim vositalari (darsliklar, elektron vositalar, o’quv va metodik qo’llanmalar, laboratoriya jihozlari va hokazolar); o’qitish texnologiyasi (o’qitish metodlari, ta’limning tashkiliy shakllari va boshqalar).
Tizimli yondashuvning asosiy (ushunchalari va boshlang’ich asoslarini o’rganishimiz natijasida real borliqning muhim belgilaridan biri undagi obyektlarining o’zaro ta'sirlashuvi natijasida ta’sirlashuvning boshlang’ich davridagi obyektlarga xos bo’lmagan yangi sifatlar yuzaga kelishi to’g’risidagi tasavvur hosil bo’ldi. U sifat jihatidan yangi mahsul - yaxlitlikning va tizimning vujudga kelishidir. Yaxlit tizimning sifati uni tashkil qiluvchi sifatlarning yig’indisidan iborat bo’lmaydi.

Download 1,21 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   200




Download 1,21 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bo’lajak o’qituvchilar kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish

Download 1,21 Mb.