|
- Kommunikativ kompetensiya
|
bet | 45/200 | Sana | 09.08.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #269314 |
Bog'liq Buxoro davlat pedagogika instituti- Kommunikativ kompetensiya;
- Infonnatsion kompetensiya;
- Muammolami hal eta olish;
- O’z-o’zini rivojlantiruvchi muhitni yaralish.
Kommunikativ kompetensiya - o'qituvchidan to ’laqonli muloqotchanlikni talab etadi. Har qanday vaziyatda ta’lim oiuvchi va jamoa a’zolari biian ijobiy munosabatda bo’lishni taqozo etadi. Informatsion kompetensiya - o ’qituvchi o’z fani va unga bog’liq holda bo’lgan barcha yangiliklardan boxabar bo’lishi zarur. Shuning uchun ham pedagog axborot va kompbyuter texnologiyalaridan foydalana olish ko’mkmalariga ega bo’lishi kerak.
Muammolarni hal eta olish - o ’qituvchi ta’lim jarayonida va undan tashqari holatlarda yuzaga kelgan liar qanday muammoli vaziyatlarni hal qila olishi uning kompetensiyasi darajasini ko’rsatib beradi. Zamonaviy o ’qituvchining o’z-o’zini rivojlantirish jarayonini quyidagilarda ko’rish mumkin bo’ladi:
- O’z faoliyati davomida mustaqil ravishda zaif tomonlari tuzatib, ta’lim oluvchilar bilan birga o ’qishni bilish.
- Ta’lim oluvchilami mustaqil faoliyatini rejalashtirish va tashkil efishni bilish
- O’quv jarayonini sahnalashtirish orqali turli xil faoliyat usullaridan foydalanish, ularga ta ’lim oluvchilarning moyilligi va qiziqishiga qarab ishlarni taqsimlash ko’nikmasiga ega bo’lish.
- Tadqiqotchilik tafakkuriga, ta’lim oluvchilarga tadqiqotchilik ko’nikmasini tashkil etishni bilishi kerak
- Ta’lim oluvchilarni yutuq va rivojlanishlarini baholashlarinidan foydalanish.
- O ’quv jarayonida kompbyuter texnologiyalaridan foydalanishni bilish.
- Dars jarayonida dialog va diskussiyalar olib borish, ta’lim oluvchilar o’zlari xohlab aytmoqchi bo’lgan fikr, qarash va munosabatlarini bayon eta olishlariga yo’naltirilgan muhit yaratish. Nafaqat ta’lim oluvchilar bir-birlari bilan balki, o’qituvchi bilan ham shaxsiy qarash va munosabat, tanqidlarini tahlil qilishlari kerak. Shuning natijasida bo’lajak mutaxassisda quyidagi umumkasbiy kompetensiyalar shakllanadi:
- Tahlil qila olish;
- Tizimli ravishda fikrlay olish;
- Noan’anaviy (no’standart fikrlay olish:
- Mantiqiy va amaliy fikrlay olish;
- Tanqidiy fikrlashga qodirlik;
- Ma’suliyatli (puxta, taroziga solib) va jamoaviy fikrlashga qodirlik;
- Qarorlarini qabul qilishga qodirlik;
- Mustaqil ravishda ta ’lim olishga qodirlik;
- Refleksiyaga qodirlik (o ’z ruhiy holatini tahlil qila olish);
-O 'z vaqtini rejalashtirish va tashkillashtira olish;
- Muammolarning yechimini topa bilish;
- O’z faoliyatini rejalashtirish va tashkillashtira olish;
- Kompyuter savodxonligi va ma’lumotlar bazasi bilan ishlay olish;
- Og’zaki muloqot madaniyati hamda yozma muloqot ko’nikma va
malakalari;
- O ’z ehtiyojlarini qondirish uchun ichki faoliyati (shaxsan mas’ullik
va ehtiyojni his etish);
- Bag’rikenglik;
- Mushkul vaziyatlarda to’g’ri yo’l tuta bilish;
- Xushxulqlik;
- Shaxslararo o ’zaro faoliyatga qodirlik,
- Jamoa bo’lib ishlashga qodirlik;
- Nizolarni hal eta olish va muzokaralar olib borishga qodirlik;
- Betakrorlik (lik);
- Tadbirkorlik (uddaburonlik);
- Innovatsion faoliyatga qodirlik;
- Maqsadga intiluvchanlik;
- Loyihalarni boshqarishga qodirlik;
- Sifatni va natijani ko’zlash;
- Peshqadamlik (liderlik).
Yuqorida tanlab o’tilgan kompetensiyalardan shuni ta’kidlash joizki, shaxsning, ya’ni bo’lajak o’qituvchining yuqori darajasi kasbiy kompetentlik bilan belgilanadi. Kasbiy kompetentlik deganda mutaxassis dunyoqarashining kengligi, uning ishbilarmonlik mahorati va shaxsiy sifatlari, bilim, ko’nikma hamda malakalariga suyangan holda to’g’ri qarorlar qabul qila olishi tushuniladi. Oliy ta’lim o’qituvchisining kasbiy kompetensiyasi takomillashuvida nazariy tayyorgarliklar bilan birga amaliy tayyorgarliklar uzviyligi ta’minlanishi kerak. Bolajak o’qituvchilarining nazariy va amaliy tayyorgarligi tashkiliy jihatdan qanday shakl va melodlarda bo’lmasin, quyidagi didaktik tamoyillarga asoslanadi:
|
| |