|
Yaxlit tizimning asosiy belgilarini aniqlab olamiz
|
bet | 49/200 | Sana | 09.08.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #269314 |
Bog'liq Buxoro davlat pedagogika institutiYaxlit tizimning asosiy belgilarini aniqlab olamiz:
Yaxlit tizimning asosiy belgisi aynan tizimiy integral va uni tashkil qiluvchi tarkibiy qismlarning jamoaviy sifati (yoki sifatlari)ning mavjudligidir.
Yaxlit tizimning ajralmas alomati uning tarkibiy qismlari, zero, tizim ularda tarkib topadi hamda usiz mavjud bo’la olmaydi. Biroq tarkibiy qismlar tasodifiy obyektlarining yig’masi emas. Ular tizim bilan integratsiyalashgan, aynan ushbu tizimning tarkibi hisoblanadi. Tizimning maqsadga muvofiq faoliyat ko’rsatishini ta’minlash borasida uni tadqiq qilish, loyihalash, tarkibiy qismlarini aniqlashga tizimli-tuzilmaviy yondashuv deb alatadi. Tizimli-tuzilmaviy (amaliy, asosli) yondashuv obyektnmg tuzilish xususiyatlarini yaxlit tarkibiy qismlarga berilgan vaqt oralig’i bo’yicha bo’laklangan holatda qarab chiqishni ko’zda tutadi.
Yaxlit tizim - maqsadli tizim, u muayyan maqsadni amalga oshirishga intiladi. Maqsad tizimda uni hosil qiluvchi muhim omillardan biri sifatida yuzaga keladi. Biroq, maqsad unga erishish uchun muayyan harakatlarni amalga oshirishni taqozo qiladi. Tizimning muhitda maqsadga erishish uchun amalga oshiradigan harakatlari aynan uning faoliyat va funksiyalarini tashkil qiladi. Faoliyat va funksiyalar maqsadga nisbatan unga erishish usuli sifatida yuzaga chiqadi. Tizimning maqsadga erishish uchun muhitdagi o’zini tutishi nuqtai nazaridan tadqiq qilish va loyihalashga tizimli-funksional yondashuv deyiladi.
Har qanday tizim o’zgarmas, barcha davrlar uchun bir xil bo’lib qolmaydi. U absolyut, abadiy emas, chunki qarama-qarshiliklar mavjudligi unga ham xosdir. Har bir tizim nafaqat faoliyat ko'rsatadi, balki, shu bilan birga rivojlanadi; u o’z ibtidosiga ega, u yaralish davrini o’taydi, tarkib topadi va rivojlanadi. Tizimlar nazariyasida tizimning yashash vaqti uning asosiy tavsifiy belgilaridan biri hisoblanadi.
Tizimni uning vaqt bo’yicha rivojlanishi nuqtai nazaridan tadqiq qilish va loyihalash tizimli yondashuv deb ataladi.
Har bir tizim o’z navbatida yuzidan yuqori darajada turuvchi metatizimning tarkibiy qismi sanaladi, shu kabi u o’zidan quyi darajada turuvchi tarkibiy qismlardan iborat. Boshqacha qilib aytganda, hech bir tizim boshqalaridan izolyatsiyalanmagan, balki ko’plab aloqalar bilan boshqa turli tizimiy va notizimiy uyushmalar bilan ta’sirlashib turadi. Tizim o’ziga nisbatan tashqi bo’lgan muhitda harakatda bo’ladi, rivojlanadi, u bilan ko’plab kommunikatsiyalar orqali bog’lanadi. Tizimni unga nisbatan mavjud bo’lgan boshqa tizimiy va notizimiy uyushmalar nuqtai nazaridan o’rganishga tizimli-kommunikativ yondashish deb ataladi.
Tizimga doimiy ravishda o’zida uning turg’unligini buzishga qaratilgan ta’sirlar ko’rsatib turiladi. Ushbu ta’sir avvalo har qanday tizimning ichida mavjud bo’lgan qarama-qarshiliklar oqibatida yuzaga keiadi. Shu bilan birga resurslar yetishmasligi, qattiq cheklashlar kabi tashqi salbiy ta’sirlar ham mavjud. Bunga qaramasdan tizim yashaydi va rivojlanib bo’ladi. Demak, tashkil etuvchi qismi arang o’ziga xos yig’masi, ichki tuzilma va boshqalar biian birga boshqa tizim hosil qiluvchi, tizimni himoyalovchi omillar ham mavjud. Tizimning yashovchanligini ta’minlovchi ushbu omillarga boshqaruv deyiladi,
Tizimli yondashuv asosida pedagogik fanlari bo'yicha kompetensiyali yondashuv asosida o’qitish jarayonida ta’limning barcha metodlari, vositalarini qo’llash natijasida talabalarda quyidagi kompetentliklarni shakllanishiga yordam berishi kuzatiladi.
Yuqorida keltirilgan jadvaldan shunday fikr yuritish mumkin, ya’ni kompetensiyali yondashuvda asosida talaba quyidagi pedagogik kompetensiyalarni shakllantirishni nazarda tutiladi:
Ta’lim jarayonini rejalashtira olish va tashkil eta olish (ishlab chiqish, o’tkazish va baholash);
Umumnazariy va kasbiy bilimlarga ega bo’lish hamda ulardan ta’lim jarayonini tashkil etishda tanqidiy yondashgan holda foydalana bilish;
Ta’lim mazmuniga ko’ra ta'lim berish va o’qitish strategiyalarini ishlab chiqa bilish va amalga oshira olishga qodirlik;
Fasilararc aloqalarga tayangan holda ta’lim jarayonlarini loyihalash va amalga oshira olishi;
Ta’lim oluvchilarning jismoniy, psixologik va ijtimoiy xususiyatlarini e’tiborga olgan holda differensiyalashtirilgan yondashuvni bilish va amalda qo’llay olish;
O’qitish strategiyalarini ishlab chiqa bilish va amalga oshira olish hamda ularni aniq mezonlar asosida baholay olish;
Ta’lim dasturlari va loyihalarini loyihalashtirish, boshqarish, amalga oshirish va baholay olishga qodirlik;
Fanning mazmuniga mos ravishda didaktik materiallarni tanlash, takomillashtirish va qo’llay olish;
O’qitishda yuzaga keladigan qiyinchiliklarni baholay olish va ta’limning ijobiy muhitini yarata bilish;
Ta’lim oluvchilarda mantiqiy, tanqidiy va ijodiy fikriash qobiliyatlarini rivojlantira bilish;
Ta'limning turli bosqichlarida ta’lim oluvchilarning uzviy ravishda rivojlanishlariga yordam bera olish;
O’ziga xos ehtiyojlarga ega bo’lgan odamlarga ta’lim berishda integratsiyalangan yondashuvni ishlab chiqish va tadbiq eta olish;
Ta’lim berish va o’rgatishning axborot va kommunikativ texnologiyalarini tanlash, qo’llash va baholashni bilish;
Ta’lim oluvchilarni umumbashariy va milliy qadriyatlar ruhida, fuqarolik va demokratiya tamoyillari asosida tarbiyalay olish:
Ta’lim sohasida tadqiqotlar o’tkaza olish va ularning natijalarini fa’bm amaliyotiga tatbiq eta bilish;
Ta’lim jarayonini tashki! etishda innovaisiyalami yarata bilish va foydalana olish;
Ta’lim sifatini oshirish maqsadida o’z xatti-harakatlarini va ruhiy holatini tahlil qila bilish;
Tanqidiy ravishda tahlil qila bilish, ta’lim vositasida jamiyatni rivojlantirish jarayonlarini tushunish va ko’maklashish:
Ijtimoiy-madaniy xilma-xillikni e’tiborga olgan holda ta’lim strategik alarms yaratish va tatbiq etishga qodirlik;
Ta’lim oluvchining shaxsiy va kasbiy jihatlardan rivojlanishini bashorat qila bilish va ko’maklashish;
O’z vatanida va Markaziy Osiyoda ta’limning tarixiy jarayonlarini bilish;
Turli muassasalar va jamiyatlar a’zolari bilan ijtimoiy hamkorlik qilish orqali ta’lim jarayonlarini rivojlantirishda ishtirok etishga tayyorlik.
Bu shakldan ko’rinib turibdiki, o’quv rejada ko’rsatilgan pedagogik- psixologik fanlardan “Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti” fanida mavzular modullarga ajratilib talabalarga bilimlar beriladi. Mazkur shakldagi «O’qituvchi faoliyatida muomala madaniyati va psixologiyasi. Pedagogik takt va pedagogik etika» mavzusi bo’yicha talabalarga nazariy materiallar beriladi, seminar mashg’ulotlarini bajarishlari uchun uslubiy maslahatlar beriladi. Talabalar o’z ustilarida muntazam ishlab, berilgan seminar mavzusi topshiriqlarini turli axborot vositalaridan foydalanib bajarish hamda ularni amaliy faoliyatda qo’llay olishlari darajasiga yetishgan, ya’ni pedagogik kompetentliklar shakllanishi kerak.
Mazkur modulda “O’qituvchi faoliyatida muomala madaniyati va psixologiyasi hamda pedagogik takt va pedagogik etika” mavzusini yoritishda o’qituvchi faoiiyatida muomala madaniyatining o’ziga xos turlari, muloqotni tashkil etishda umuminsoniy qadriyatlaming ustuvorligi, pedagogik muloqotning o’ziga xos xususiyatlari va funksiyalari, pedagogik etikaning mohiyati va xususiyatlari hamda o’qituvchi etikasida dilkashlik va pedagogik takt bo’yicha bilimlar beradi. Bu bilimlar amaliy va seminar mashg'ulotlari jarayonida mustahkamlanib boriladi. Mavzu yakunida talabaning bilimi testlar yoki boshqa topshiriqlar orqali tekshiriladi. Har bir modul bo’yicha mavzular shu tarzda talabalarga yetkazilib, ularda shu fan bo’yicha bilim va ko’nikmalari shakllantirib, bo'lajak o’qituvchi xislatlari tarbiyalanadi, pedagogik kompetentligi shakllantirib boradi.
|
| |