• Pedagogika kasbi boshqaruvchi va shakllantiruvchi xususiyatga ega.
  • Kompetentlik quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi




    Download 1,21 Mb.
    bet52/200
    Sana09.08.2024
    Hajmi1,21 Mb.
    #269314
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   200
    Bog'liq
    Buxoro davlat pedagogika instituti

    Kompetentlik quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi:
    - har qanday muayyan vaziyatda, uning turli xil jihatlarini hisobga olgan holda bilimlarni o’z o’rnida va tezkorlik bilan to’g’ri qo’llay bilish;
    - qarorlarni qabul qila bilishga qodirlik va tayyorlik, shu bilan birga, mazkur vaziyat uchun eng maqbul qaror variantini tanlay olish;
    - ijtimoiy harakatlami tashkil etish va buning uchun barcha imkoniyatlami ishga sola bilish;
    - faoliyat doirasida boshqa odamlar bilan o ’zaro munosabatlarni aniq maqsadlarni ko’zlagan holda va maqsadga muvofiq, maqbul tarzda o’mata olish imkonini beradigan kommunikativ ko’nikmalar;
    - muayyan ma’naviy qadriyatlarga, dunyoqarashga, umummadaniy va axloqiy sifatlarga egalik, faoliyatga intilish hissining mavjudligi;
    - o’zining ijodiy imkoniyatiarini rivojlantirishga, faoliyatning yangi usullarini egallashga intilish.
    Pedagogika kasbi boshqaruvchi va shakllantiruvchi xususiyatga ega.
    Shaxs shakllanishini boshqarish kompetentlikni talab qiladi. Bu o’zida o’qituvchining nazariy va amaliy tayyorgarligini jamlagan holda uning kasbiy mahoratini namoyish qiladi. U yoki bu kasb yo’nalishi bo’yicha o'qituvchining malakaviy tasnifi pedagog kompetensiyasi modeli me’yorlari bilan o’lchanadi. Talabaning o’zlashtirishiga baho berishdan maqsad, berilgan ta’limning qanchalar samarador bo’lganligi darajasini aniqlash, bu birinchidan, maktabda olgan nazariy bilimlari darajasini bilish, ikkinchidan undagi kompetensiya shakllanishi, amaliyot paytidagi muvaffaqiyatli faoliyati yanada tezlashadi”.
    Pedagog o’z ixtisosligi bo’yicha ta’lim va tarbiya ishlari yuzasidan jamiyat oldida mas’uldir. U muntazam ravishda o’z kasbiy tayyorgarligini takomillashtirib borish bilan birgalikda o’qituvchi, muallim, ustoz, tarbiyachi, pedagog huquqiga ega bo’lishi, aniqrog’i, kasbiy kompetensiya egasi bo’lishi lozim. Endilikda o ’qituvchi uchun o’zi tanlagan kasb, fan, mutaxassislik borasidagi amaliy va nazariy bilimlarni puxta egallash kamlik qilib qoldi. U har qanday vaziyatda ta’lim-tarbiyani yangi-yangi usul va metodlarini o’z faoliyatida qo’llay olishi, bir so’z bilan aytganda, kompetensiya egasi bo’lishi lozim.
    Buning uchun oliy ta ’lim tizimida ishlab chiqilgan Davlat ta’lim standartlarida belgilangan tartib qoidalar, vazifalar va talablami o’z vaqtida bajarish lozim.

    Download 1,21 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   200




    Download 1,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompetentlik quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi

    Download 1,21 Mb.