KURS ISHINI HIMOYA QILISH




Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/17
Sana19.11.2022
Hajmi1.03 Mb.
#30958
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
11 mavzu
1-мавзу, 8F9BCA24-2B8A-47EF-A204-DFA89B159DED, Homework for 29.12.2023, mt3, Коррозия
KURS ISHINI HIMOYA QILISH
Dekanat tomonidan kafedra bilan kelishilgan holda kurs ishlarini topshirish va 
himoya qilish reja jadvali ishlab chiqiladi va kurs ishini topshirish va himoya qilish 
muddatlari kafedra mu-diri tomonidan o’rnatilgan tartibda amalga oshiriladi. 
Talaba tayyor bo’lgan kurs ishini kafedra kotibasiga topshiradi. Kotiba ushbu kurs 
ishini ro’yxatga olish kitobida ro’yxatdan o’tkazib, kurs ishi titul varag’iga ro’yxatdan 
o’tkazilgan sana va ro’yxat tartib raqamini yozadi. So’ng ilmiy rahbarga topshiradi.
Ilmiy rahbar kurs ishini ro’yxatdan o’tgan sanadan boshlab bir hafta ichida ko’rib 
chiqib, uni talab darajasida bajarilganligiga ishonch bildirgandan so’ng, ishni o’z taqrizi 
bilan birga kafedraga taqdim etadi.
Kurs ishida qo’pol xato-kamchiliklar bo’lmasa, himoyaga tavsiya etiladi. Talaba 
ko’rsatilgan xato-kamchiliklarni asoslash yoki to’g’rilash uchun kurs ishi 
himoyasigacha tayyorlanishi kerak. 
Agarda kurs ishida xato-kamchiliklar ko’p bo’lsa, ularni bartaraf etgandan so’ng, 
himoyaga tavsiya etilishi ko’rsatilgan bo’lsa, u xolda xato-kamchiliklar bartaraf 
etilgandan so’ng, ikkinchi marta yana himoyaga tavsiya etish uchun taqriz yoziladi. 
Agarda talaba kurs ishini sababsiz o’z vaqtida topshirmasa, kamchiliklar to’liq 
bartaraf etilmasa, u holda ilmiy rahbar kurs ishi himoyaga qo’yilmaydi deb yozma 
xulosa beradi. Kotiba taqriz yozilgan kurs ishini topshirilgan kun bilan ro’yxatdan 
o’tkazib qo’yishi kerak. Kurs ishlarini ro’yxatga olish kitobida har bir guruhni alohida 
betga rasmiylashtirish tavsiya etiladi. 
Kurs ishini himoya qilish kuni va himoyada qatnashuvchi komis-siya tarkibi 
kafedra majlisida belgilanadi. Kurs ishi himoyasida qatnashuvchi komissiya tarkibi 3-
5 ta a’zodan iborat bo’ladi. Kurs ishi himoyasida komissiya tarkibidan kamida 3 ta azo 
bo’lishi ta-lab etiladi. 
Har bir talaba uchun kurs ishi himoyasi 10-15 daqiqa (5-7 da-qiqagacha talaba 
ma’ruzasi, 5-10 daqiqagacha savol-javob) davom etadi. Talaba o’z ma’ruzasida mavzu 
to’g’risida qisqacha tushuncha berishi, ya’ni mavzuning dolzarbligi, muammosi, xulosa 
va taklif haqida to’xtalishi zarur. Shuningdek, taqrizda ko’rsatilgan kamchiliklar haqida 
to’xtalishi kerak. 


15 
Himoyadan so’ng, komissiya a’zolari yopiq majlis o’tkazib, tala-balarning ishini 
baholash qarorini qabul qiladi. 
Komissiya a’zolari quydagicha qarorni qabul qilishi mumkin: 
– kurs ishini himoya qilganligini bildiruvchi baho qo’yilishi; 
– himoyaga kiritilmagan bo’lishi; 
– «himoyaga kelmadi» bo’lishi; 
– himoyada qoniqarsiz baho olgan bo’lishi; 
– qayta himoya qilish uchun muddat berilishi; 
– boshqa mavzuda qayta ishlab, himoya qilish tavsiya qilinishi. 
Uzrli sabab bilan kurs ishini belgilangan muddatda himoya qilmagan talabalarga 
dekanning ruxsati bilan, komissiyasining ishi yakunlanishiga qadar, boshqa 
muddatlarda himoya qilishga ruxsat beriladi. 

Download 1.03 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish