• Mavzuning o‘rganilganlik darajasi.
  • Tadqiqot predmeti
  • Tadqiqot maqsadi
  • Buxoro davlat universiteti b. T. Jurayev




    Download 1.03 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/17
    Sana19.11.2022
    Hajmi1.03 Mb.
    #30958
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    11 mavzu
    1-мавзу, 8F9BCA24-2B8A-47EF-A204-DFA89B159DED, Homework for 29.12.2023, mt3, Коррозия
    Mavzuning dolzarbligi. Kirish qismida talaba muammoning tadqiq etishning 
    zaruriyati, muhimligi va ijtimoiy ahamiyatini ko‘rsata olishi lozim. Mavzuning 
    dolzarbligini yoritish barcha ilmiy ishlarda majburiy talabdir. Muallif mavzuni tanlagan 
    ekan, uning ilmiy salohiyati va kasbiy tayyorgarligi, albatta, bu mavzuni ma’nosini 
    tushunib etishi va uni zamon talabiga mosligi hamda ijtimoiy muhimligini baholay 
    olishi kerak. Dolzarblikni yoritishda asossiz gaplar yozilmasligi kerak. Mavzuning 



    dolzarbligining asosiy omillarini to’liq bir sahifada ko’rsatish etarli bo’ladi. 
    Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Kurs ishining ushbu qismida mavzu kimlar 
    tomonidan qaysi tomonlari o‘rganilganligi, qaysi qismi o‘rganilmaganligiga alohida 
    urg‘u beriladi. 
    Tadqiqot ob’ekti – bu muammoli vaziyatni yuzaga keltiradigan muayyan jarayon 
    yoki hodisa, bu muammoning o‘ziga xos tashuvchisi, tadqiqotchilik faoliyati 
    yo‘naltirilgan narsa.
    Tadqiqot predmeti ob’ektning aniq bir qismi bo‘lib, uning ichida izlanish olib 
    boriladi. Hodisalar, ularning ayrim tomonlari tadqiqot predmeti bo‘lishi mumkin.
    Tadqiqot predmetini tadqiqotchi ilmiy izlanishlar natijasida tadqiqot ob’ekti haqida 
    oladigan yangi ilmiy bilim sifatida belgilash mumkin. 
    Tadqiqot maqsadi bu talaba o‘z kurs ishisini yakunlashda erishishni xohlagan 
    pirovard natijadir. Muammo echimi talaba ishining maqsadi sifatida ko‘rib chiqiladi. 
    Maqsad tadqiqotning xarakteri, borishi va vazifalarini belgilovchi o‘ziga xos oxirgi 
    sababdir. SHu asosda ish tuzilishining aniq maqsadga bo‘ysundirilishi kerak bo‘lgan 
    mantiqiyligi kelib chiqadi. Tadqiqot maqsadini ifodalashda ishlatiladigan iboralar va 
    so‘z birikmalari: «aniqlash...», «belgilash...», «asoslash...», «aniqlashtirish...», 
    «ishlab chiqish...» . 

    Download 1.03 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 1.03 Mb.
    Pdf ko'rish