• Titul varag‘i
  • KURS ISHINING TARKIBIY TUZILISHI




    Download 1.03 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/17
    Sana19.11.2022
    Hajmi1.03 Mb.
    #30958
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    11 mavzu
    1-мавзу, 8F9BCA24-2B8A-47EF-A204-DFA89B159DED, Homework for 29.12.2023, mt3, Коррозия
    KURS ISHINING TARKIBIY TUZILISHI. 
    Kurs ishi yakuniy malakaviy ishning turi bo‘lganligi uchun uni baholash nafaqat 
    muallif tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning sifatiga, balki kurs ishining umumiy 
    uslubiy tayyorgarlik darajasiga ham bog‘liq. Avvalo, bu uning kompozitsiyasida aks 
    etadi.
    Kompozitsiya-kurs ishini shakllantirish, ya’ni muallif matnning barcha tarkibiy 
    darajalarida qurish, asarning alohida elementlarini yagona va mantiqiy bir butunlikka 
    joylashtirish borasidagi ishlardir. Tadqiqot materiali nafaqat kerakli ma’lumotlarni 
    taqdim etishi, balki fikrlash mantig‘ini ham o‘rgatishi kerak. Mantiqiy reja oddiy 
    materialdan murakkabroq va ma’lum axborotdan yangi axborotga o‘tish izchil, 
    bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan tarzda ishlab chiqiladi, shunda bir bayon 
    boshqasidan kelib chiqadi. 
    Bu masalada standart yo‘q va bo‘lishi mumkin emasligiga e’tibor berish kerak. 
    Muallif tadqiqot natijasida olingan materialni tartibga solishning u yoki bu tartibini 
    tanlash huquqiga ega-bunda qo‘llaniladigan yagona mezon tadqiqot mavzusining ichki 
    mantiqiy munosabati va oshkorasidir. 
    SHunga qaramay, kurs ishining muayyan kompozitsion tuzilishi an’anaviy tarzda 
    shakllantirilgan bo‘lib, asosiy elementlarini qo‘yidagi tarzda tartibga solish talab 
    etiladi: 
    - titul varag‘i; 



    - mundarija; 
    - kirish; 
    - asosiy qism (boblar va paragraflar); 
    - xulosa; 
    - foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati; 
    - ilovalar 
    Titul varag‘i 
    Titul varag‘i qo‘yidagilarni qamrab olishi kerak: 
    - ta’lim muassasasi va kafedra nomi; 
    - ta’lim yo‘nalishi; 
    - kurs ishi mavzusining raqami va nomi; 
    - talabaning to‘liq ismi; 
    - rahbarning ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, lavozimi, familiya, ismi-sharifi; 
    - “topshirish sanasi”, “himoya sanasi”, “baholash”. 
    - kurs ishi yozilgan joy va yil. 
    Mundarija 
    Mundarija titul varag‘idan keyin joylashtiriladi. Mundarija kurs ishining barcha 
    sarlavhalarini o‘z ichiga oladi va ular boshlanadigan sahifalarni ko‘rsatadi. 
    Mundarijadagi sarlavhalar kurs ishi matnidagi sarlavhalarni aynan takrorlashi kerak.
    Kirish 
    Kurs ishining kirish qismida tanlangan mavzuning dolzarbligi, uning 
    tadqiqotchanlik darajasi tushuntiriladi, tadqiqot ob’ekti va predmeti, ishning maqsadi 
    va vazifalari, muammoning o‘rganilganlik darajasi va kutilayotgan natijalar, tadqiqot 
    uchun qo‘llaniladigan metodlar belgilanadi. 

    Download 1.03 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 1.03 Mb.
    Pdf ko'rish