• KURS ISHI MAVZUSINI TANLASH VA REJASINI ISHLAB CHIQISH.
  •   KURS ISHLARINI YOZISH BO’YICHA UMUMIY TALABLAR




    Download 1.03 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/17
    Sana19.11.2022
    Hajmi1.03 Mb.
    #30958
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    11 mavzu
    1-мавзу, 8F9BCA24-2B8A-47EF-A204-DFA89B159DED, Homework for 29.12.2023, mt3, Коррозия
     



    KURS ISHLARINI YOZISH BO’YICHA UMUMIY TALABLAR 
    Kurs ishi talabaning mustaqil ilmiy ishi bo‘lib, o‘quv rejasining maxsus va 
    ixtisoslik fanlari bo‘yicha olingan amaliy ko‘nikma va tadqiqot natijalarini tanlangan 
    mavzu doirasida aks ettirishi hisoblanadi. Kurs ishini yozishda talaba quyidagilarni 
    ko‘rsatishi kerak: adabiyotlar bilan ishlash ko‘nikmalari, normativ-huquqiy va mavzu 
    doirasidagi manbalarni tahlil qila olish va ongli xulosalar chiqara olish.
    Kurs ishini bajarilishini nazorat qilish, kurs ishi himoyasini ko‘rib chiqish va 
    tashkil etish kafedra zimmasiga yuklatiladi. Talabalarga ilmiy maslahat va uslubiy 
    yordam ko‘rsatish uchun kafedra ilmiy rahbar ajratadi, u kurs ishining tayyorlik 
    darajasini belgilaydi. 
    Tanlangan mavzu ustida ishlash talabadan tadqiqot metodologiyasi, ijodiy 
    fikrlash, bahslashish va taqdimot mantiqi, muammoga shaxsiy munosabat, 
    mehnatsevarlik va professionallik asoslarini bilishi talab etadi. 
    Kurs ishini yozish jarayoni bir qator o‘zaro bog‘liq bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 
    1. Mavzu tanlash va ish rejasini ishlab chiqish. 
    2. Adabiyotlarni to‘plash va o‘rganish. 
    3. Tanlangan mavzu bo‘yicha materiallarni ishlab chiqilgan rejaga muvofiq 
    to‘plash va tahlil qilish. 
    4. Asosiy nazariy qoidalar, amaliy xulosalar va tavsiyalarni shakllantirish. 
    5. Kurs ishini rasmiylashtirish. 
    6. Ilmiy rahbar tomonidan taqriz berish. 
    7. Kurs ishini himoya qilish. 



    KURS ISHI MAVZUSINI TANLASH VA REJASINI ISHLAB CHIQISH. 
    Talabaning ijodiy ishga teran yondashishi, tanlangan mavzuning dolzarbligini, 
    uning nazariy va amaliy ahamiyatini chuqur anglab etishi mavzuni tanlashdan 
    boshlanadi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, to‘g‘ri mavzuni tanlash, uning muvaffaqiyatli 
    bajarilishini yarim ta’minlash demakdir. Mavzu tanlashda talabaning qiziqishi muhim 
    bo‘lib, unda o‘z ijodiy g‘oyalarining mavjudligi, ilmiy to‘garaklarda so‘zlashish 
    tajribasi egaligi, muammoni tushunishi va uni to‘liq o‘rganishga intilishi nazarda 
    tutiladi. Agar talaba mavzu tanlashda qiynalsa, o‘qituvchidan yordam so‘rashi mumkin. 
    Mavzuni tanlagan holda talaba uning mohiyati nimada ekanligini tushunishi kerak. Bu 
    talabaga bo‘lajak tadqiqot chegaralarini to‘g‘ri tushunish va ish rejasi uchun savollar 
    tuzish imkoniyatini beradi. Kurs ishi mavzulari banki ko‘pligi talabalar tomonidan 
    tanlash takrorlanishini oldini oladi.
    Mavzu aniqlangandan so‘ng talaba tanlangan mavzuni qayd etadi, bu esa o‘z 
    navbatida mavzularning takrorlanishini oldini olishga xizmat qiladi. So‘ngra kafedra 
    mudiri tomonidan tanlangan mavzu bo‘yicha ilmiy rahbar tayinlanadi. Talabaning 
    iltimosiga ko‘ra tanlangan mavzuni o‘zgartirish yoki rahbarni almashtirish yozma 
    asoslagan holda amalga oshiriladi.
    Kurs ishi mavzusini rasmiylashtirish ish rejasini tayyorlashdan boshlanadi. 
    Talabaga tanlangan tadqiqot mavzusi bo‘yicha ishni aniq tashkil etadigan ish rejasini 
    ishlab chiqish taklif etiladi. Dastlab ish rejada tadqiqot predmetiga faqat asosiy nuqtai 
    nazardan tavsif beriladi, biroq kelajakda bunday reja o‘zgartirilishi mumkin, lekin 
    umuman ish oldida turgan asosiy vazifa o‘zgarishsiz qoladi. 
    Kurs ishining ish rejasi o‘z ichiga olishi kerak: 
    - kirish; 
    - boblar va paragraflarga bo‘lingan asosiy qism; 
    - xulosa; 
    - foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati; 
    - ilovalar. 




    Download 1.03 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 1.03 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



      KURS ISHLARINI YOZISH BO’YICHA UMUMIY TALABLAR

    Download 1.03 Mb.
    Pdf ko'rish