• Tadqiqot metodlari.
  • Buxoro davlat universiteti b. T. Jurayev




    Download 1.03 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/17
    Sana19.11.2022
    Hajmi1.03 Mb.
    #30958
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    11 mavzu
    1-мавзу, 8F9BCA24-2B8A-47EF-A204-DFA89B159DED, Homework for 29.12.2023, mt3, Коррозия
    Tadqiqot vazifalari bu ilgari surilgan farazga muvofiq maqsadga erishish uchun 
    yo‘llar va vositalarning tanlanishidir. Vazifalarni maqsadga erishish uchun qilinishi
    zarur bo‘lgan narsaning tasdiqlanishi shaklida ifodalash eng ma’qul variantidir. 
    Vazifalarning qo‘yilishi tadqiqot maqsadining kichik maqsadlarga bo‘linishiga
    asoslanadi. Vazifalarning sanab o‘tilishi unchalik murakkab bo‘lmagan vazifalardan 
    eng murakkab, ko‘proq mehnat talab qiladigan vazifalarga tomon yurish tamoyili
    bo‘yicha quriladi, ularning soni esa tadqiqotning teranligi bilan belgilanadi. 
    Vazifalarni juda sinchiklab ifodalash zarur, chunki keyinchalik ular echimlarining
    bayoni boblar mazmunini tashkil etadi. Boblar sarlavhalari ayni shu vazifalar 
    ifodalaridan hosil bo‘ladi. 
    Tadqiqot metodlari. Metod (lotincha «metodos»-«yo‘l») tadqiqot yo‘li, nazariya, 
    ta’limot deb tarjima qilinadi. Ilmiy tushuncha sifatida "metod" so‘zi keng ma’noda 


    10 
    muayyan maqsadga erishish yo‘lini, tor ma’noda tabiat va ijtimoiy hayot hodisalari 
    hamda qonuniyatlarini bilish maqsadida qandaydir vazifani hal etish usulini bildiradi. 
    Kurs ishini yozishda maxsus metodlar foydalanilarki, ular yordamida ta’lim-tarbiya 
    jarayoniga oid muhim faktlar, turli pedagogik vaziyatlar mohiyatlari, mehanizmlari, 
    xususiyatlari o‘rganiladi. Kurs ishining tadqiqot bosqichlari quyidagilardan iborat: 
    ma’lumotlarni yig‘ish, xulosalarni jamlash, tadqiqot bo‘yicha miqdoriy tahlil o‘rtacha 
    miqdoriy raqamlarni aniqlash, xulosalarning to‘g‘riligini ta’minlovchi ma’lumotlarni 
    yig‘ish: (buning uchun turli xil metodlar qo‘llaniladi), ta’lim-tarbiya jarayoniga oid 
    ishchi farazni ilgari surish, uni nazariy va amaliy jihatdan sinovdan o‘tkazish mahsus 
    metodikasini ishlab chiqarish va boshqalar. Mutaxassislik fanlardan kurs ishi yozishda 
    asosan quyidagi pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlaridan foydalaniladi: adabiyotlar 
    va arxiv materiallarini o‘rganish, kuzatish, suhbat, so‘rov, test, eksperiment va h.k. 
    Kirish yakunida kurs ishining tuzilishini ochib berish, ya’ni uning tarkibiy 
    elementlari ro‘yxatini berish maqsadga muvofiqdir. 
    Kirish qismida tadqiqot muammosi bo‘yicha biron-bir kategoriyaning mazmuni 
    va ta’rifi bo‘lmasligi kerak, bularning barchasi asosiy qismdagi bob va paragraflarda 
    o‘z aksini kerak. Kirish hajmi 2-3 sahifadan oshmasligi kerak. 

    Download 1.03 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 1.03 Mb.
    Pdf ko'rish