• Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
  • Asosiy qism (boblar va paragraflar)




    Download 1.03 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/17
    Sana19.11.2022
    Hajmi1.03 Mb.
    #30958
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
    Bog'liq
    11 mavzu
    1-мавзу, 8F9BCA24-2B8A-47EF-A204-DFA89B159DED, Homework for 29.12.2023, mt3, Коррозия
    Asosiy qism (boblar va paragraflar) 
    Kurs ishi asosiy qismining boblari va paragraflarida mavzu bo‘yicha tadqiqot 
    jarayonida muallif tomonidan olingan tahliliy material batafsil yoritiladi va kirish 
    qismida ko‘rsatilgan muammoning mohiyati bo‘yicha ilmiy olamdagi bahs-
    munozaralarni aks ettiradi hamda uni hal etish yo‘llari shakllantiradi. Boblar mazmuni 
    kurs ishi mavzusiga aynan mos kelishi va uni to‘liq ochib berishi lozim. Asosiy qism 
    mazmunini taqdim etish jarayonida muallif har qanday pozitsiyani quruq bayon 
    qilishdan tiyilishi kerak. Har bir bob tadqiqot xulosasi bilan yakunlanishi kerak. 
    Xulosa 
    Kurs ishining bu qismi asosiy qismda to‘plangan ilmiy ma’lumotlarning sintezi 
    bo‘lgan yakunlovchi qismi hisoblanadi. Xulosa olingan natijalarni mantiqan izchil 
    taqdim etish va ularning umumiy maqsad va aniq vazifalarga munosabatlari kirishishda 
    belgilangan va shakllantirilgan holda tuziladi. Mohiyatan xulosa kurs ishining har bir 


    11 
    bobi oxirida muallif tuzgan xulosalarning tahlili va sintezidir. 
    Ayrim hollarda bu mavzu bo‘yicha keyingi tadqiqotlarning yo‘llari, uning shakl 
    va usullari hamda bo‘lajak tadqiqotchilar hal etishi lozim bo‘lgan aniq vazifalarni 
    birinchi navbatda ko‘rsatib o‘tish lozim. Xulosa muallif tomonidan bajarilgan tadqiqot 
    ishining qiymatini oshiradigan amaliy takliflarni o‘z ichiga olishi mumkin. Mazkur 
    takliflar tadqiqot materiallariga asoslangan va kurs ishida muallif tomonidan taqdim 
    etilgan bo‘lishi kerak. 
    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 
    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati kurs ishi matnida havola qilingan barcha ilmiy 
    va boshqa nashrlar ro‘yxatidan iborat bo‘lishi kerak. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 
    quyidagi uch qismdan iborat bo‘ladi: 
    - normativ-huquqiy hujjatlar va metodologik ahamiyatga molik nashrlar
    - monografiya, ilmiy maqola, patent, ilmiy to‘plamlar; 
    - foydalanilgan boshqa adabiyotlar. 
    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati alifbo, sistematik yoki matnda havola qilinishi 
    ketma-ketligi tarzida keltiriladi. 
    Kurs ishida foydalanilmagan va havola qilinmagan adabiyotlarni ro‘yxatga 
    kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
    Kurs ishida foydalangan materiallar manbai, uning muallifi va nomi to‘liq 
    ko‘rsatilishi lozim.
    Ilovalar 
    Muammoni tushunish uchun muhim bo‘lmagan barcha materiallar ilovaga 
    kiritiladi. Ilovalar matnda ko‘rsatilgan tartibda foydalanilgan adabiyotlardan keyin 
    joylashtiriladi. Ilovalar kurs ishida belgilangan betlar miqdoriga kirmaydi. Ilovalarga 
    odatda turli diagrammalar, grafiklar, jadvallar, sotsiologik tadqiqotlardan olingan 
    ma’lumotlar va boshqalar kiradi. Barcha ilovalar o‘z tartib raqamiga ega bo‘lishi kerak 
    (1-, 2-, 3-, ...- ilova). Har bir ilova yuqori o‘ng burchakdagi "1-ilova" so‘zi bilan yangi 
    varaqdan boshlanishi va uning mazmunini tushuntiruvchi tematik nomga ega bo‘lishi 
    kerak. 

    Download 1.03 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




    Download 1.03 Mb.
    Pdf ko'rish