I . Undoshlar ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra




Download 55,34 Kb.
bet6/10
Sana15.06.2024
Hajmi55,34 Kb.
#263931
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Boboyeva Laziza KURS ISHI 4

I . Undoshlar ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra ikkiga bo’linadi: a) shovqinlilar; b) sonorlar.
Shovqinlilar tarkibida shovqinning miqdori ovozga nisbatan ko’proq bo’lgan yoki ovoz qatnashmagan tovushlar b, v, g, d, j, z, k, p, r, s, t, f, x, ch, sh, q, g’, h kabi undoshlardir.
Shovqinli undoshlar ham o’z navbatida ikkiga bo’linadi:
1) jarangli undoshlar: b, v, g, d, z, y, j, g’.
2) Jarangsiz undoshlar: p, f, s, t, ch, k, q, x, h.
Undoshlarni janrangli va jarangsizga ajratishda quyidagi sabablar nazarda tutiladi: a) jarangli undoshlarni talaffuz etganda,tovush paychalari qatnashib taranglashadi. Jarangsizlarni talaffuz etganda esa ovozdorlik sezilmaydi, chunki havo oqimi tovush paychalarini titratmaydi va tranglashtirmaydi; b) jarangli undoshlarni talaffuz etganda jaranglashish seziladi. Shovqinli undoshga ovoz qo’shiladi, lekin ovoz miqdori shovqinga nisbatan kam bo’ladi; c) jarangsiz undoshlar faqat shovqindan hosil bo’ladi vaovoz mutlaqo ishtirok etmaydi.
Sonor undoshlar tarkibida ovoz miqdori shovqinga qaraganda ko’p bo’ladi. Shuning uchun ham ular undoshlar ichida ovozliroq bo’ladi, unlilarga yaqin turadi. Ammo tarkibida qisman bo’lsa ham, shovqin ishtirok etgani uchun sonorlar undoshlarga kiradi. O’zbek tilida sonorlarbeshta: m,ng,n,l,r .
Boshqa undoshlarning hammasi shovqinlilar hisoblanadi.
II. Hosil bo’lish o’rniga ko’ra undoshlar uch turga bo’linadi.
1. Til undoshlari. To’rt xil bo’ladi: a) til oldi: d,j,z,l,n,r,s,t,ch,sh.
b) til o’rta: y.
c) til orqa: k,g,ng.
d) chuqur til orqa.

2. Lab undoshlari. Bevosita lablar ishtirokida hosil qilinuvchi tovushlar bo’lib, ulargab,v,m,p,fundoshlari kiradi. Bular ham o’z navbatida ikki turga bo’linadi.


A) lab-lab undoshlari: b,p,m.
B) lab-tish undoshlari: v,f. Lab tish undoshlari boshqa tillardan o’zlashgan so’zlar tarkibida keladi: vagon, vaqt, vafo, fazo, farmon, telefonkabi.
3Bo’g’iz undoshlari:h

Download 55,34 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 55,34 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I . Undoshlar ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra

Download 55,34 Kb.