Funksional fonologik aspektlar va ulardan foydalanishda beriladigan tavsiyalar




Download 55,34 Kb.
bet8/10
Sana15.06.2024
Hajmi55,34 Kb.
#263931
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Boboyeva Laziza KURS ISHI 4

2.2. Funksional fonologik aspektlar va ulardan foydalanishda beriladigan tavsiyalar
Fonologik tasnif undoshlarnnng fonetik klassifikatsiyasidagi barcha artikulyatsion-akustik xususiyatlar ichidan bir fonemani boshqa fonemadan farqlash uchun xizmat qiluvchilarini (ya'ni farqlanish belgilarini) tanlab oladi. Fonologik tasnifda fonemalar paradigmatik va sintagmatik jihatdan qaraladi. Paradigmatik tomondan fonemalar bir-biriga oppozitsiya sifatida qarama-qarshi qo`yiladi. Tildagi birliklar 3 bir-birlariga qarama-qarshi qo`yilib farqlanadn va shu borada til muhim aloqa vositasi vazifasini bajaradi. Sintagmatik jihatdan qaralganda, tildagi birliklarning ma'lum o`rinda biror xususiyatini o`zgartirishi, biroq bu ularni farqlash uchun xizmat qilmasligi ko`rinadi. Masalan, p, t, k fonemalari unlilardan olden, ular o`rtasida va so`z ohirida kelganda, qisqa nafas tovushi bilan, ya'ni aspiratsiyali, boshqa o`rinlarda esa aspiratsiyasiz variantlariga ega bo`lishi mumkin. Lekin bu ikki xususiyat so`z va morfemalarni farqlovchi alomat bo`la olmaydi. Boshqacha aytganda, fonemalarning nutq jarayonida bir qancha variantlari sintagmatik xususiyatga tegishlidir.
Ma'lumki, undosh fonemalarning ko`pligi ular o`rtasidagi oppozitsiyalarni ham ko`paytiradi. Undoshlarning bunday paradigmatik aloqalari ularni qulayroq tasnif etishni talab qiladi. Prof. V. A. Vasilev tomonidan taklif etilgan fonologik oppozitsiyalarning dastlabki tasnifi qulay bo`lganligi tufayli, biz uni o`zbek tiliga ham tatbiq etishni lozim topdik. Bu printsipdan so`ng N. S. Trubetskoyning fonologik oppozitsiyalar tasnifini kallash osonlik tug`diradi. V. A. Vasilev fikriga ko`ra, har bir fonologik oppozitsiyani ikki fonema o`rtasida olib (p — t, t — k kabi) ularni bir farqlanish belgisi bilan farqlansa, «birlik oppozitsiya» («odinarnaya oppozitsiya»), ikki farqlanish belgisi bo`lsa, «ikkitalik oppozitsiya» («dvoynaya oppozitsiya»), ikkidan ortiq farqlanish belgisi bo`lsa, «ko`plik oppozitsiya» («mnojestvennaya oppozitsiya») tartibida qarash mumkin. Bunda undosh fonemalar o`rtasidagi paradigmatik aloqalar quyidagi ikki a'zodan tarkib topgan (binar) oppozitsiyalarda namoyon bo`ladi.
1. Talaffuzda ishtirok etuvchi asosiy nutq a'zosi va to`siqning hosil bo`lish o`rniga ko`ra o`zbek tili undosh fonemalari o`rtasida quyidagi birlik oppozitsiyalar mavjud: a) la- bial (lab-lab va lab-tish) — til oldi undoshlari o`rtasida; portlovchilar: p — t, b — d, burun sonantlari: m — i,
sirg`aluvchilar: f — s, v — z, f — sh, v — l, bunda v, l, r fonemalari sonorlar sifatida qaralgan. Aks xolda, ular ikkitalik oppozitsiya (labial sirg`aluvchi — til oldi sonant): v — l, v — r tashkil etishi mumkin.
b) labial — til o`rta farqlanish elementlari bo`yicha faqat ikkita birlik oppozitsiyasi mavjud: f — y, v — y. O`zbek adabiy talaffo`zida v, y fonemalari ikki variantda ko`rinadi. So`z boshida va ohirida undoshlar birikmasida sirg`aluvchi, unlilar o`rtasida va bo`g`in hosil qilganda, sonorlik xususiyatiga ega, shu tufayli, v, y undoshlari bir o`rinda sirg`aluvchi, ikkinchisida sonant deb qaraladn.
v) labial — til orqa: portlovchilar: p — k, b — r sirg`aluvchilar: f — x, v — g`
g) labial — bo`g`iz undoshlari o`rtasidagi oppozitsiya f — h, v — h da ko`rinadi. Bunda x ning jarangli yoki jarangsiz ekanligi e'tiborga olinmagan. Chunki bu xususiyat eksperemental jihatdan aniqlanmagan. x ni faqat unlilar o`rtasida jarangli, boshqa o`rinlarda jarangsiz deb hisoblanadi.
d) til oldi — til orqa: portlovchilar t — k, t — q, d — g sirg`aluvchilar: s — x, z — g` burun sonantlari: -n — ng, bunda ng faqat so`z oxirida sonantlik element bo`lib, so`z ) o`rtasida kelganda, bo`g`in chegarasi uning elementini ikkiga bo`lib n — g, ya'ni ikki fonema birikmasiga aylantirishi nazarga olinadi.
e) til oldi — bo`g`iz undoshi:
Sirg`aluvchilar s-h, z-h, sh-h, j-h, ch-h va dj — h fonemalari o`rtasida ikkilik oppozitsiyasi mavjud bo`lib, ular til oldi affrikat ch, d, j va bo`g`iz sirg`aluvchi h farqlanish elementlari asosiga qurilgandir.
2. Artikulyatsiya usuli va to`siqning qanday hosil bo`lishiga ko`ra quyidagi birlik oppozitsiyalari mavjud:
a) portlovchi — sirg`aluvchi:
labial — undoshlar: p-f, b-v;
til oldi undoshlar: t-s, d-z, t-sh, d-j;
til orqa undoshlar: k-x, g-g`, q-x;
Til orqa va bo`g`iz undoshlari: k-h, g-h;
b) portlovchi-affrikat:
til oldi undoshlar: t-ch, d-dj;
v) sirg`aluvchi-affrikat:
til oldi undoshlar: sh-ch, j-dj;
Odatda, affrikatlarni fonemalar sifatida qaralishi uchun fonetik jihatdan ularning artikulyatsiyasi portlovchidan boshlanib, sirg`aluvchi undosh bilan tugashi va ularning ikki element o`rtasidan bo`g`in va morfema chegarasi o`tmasligi asos qilinadi. Affrikatlarning fonologik tabiati ularning bir yo`la ham portlovchi, ham sirg`aluvchi fonemalarga qarama-qarshi qo`yilishi orqali aniqlanadi. O`zbek tilida affrikatlarning mustaqil fonemalar ekanligi quyidagi oppozitsiyalarda namoyon bo`ladi: ch-t-sh, dj-d-j.
g) portlovchi — burun sonanti: labial undoshlar: b-m;
til oldi undoshlar: d-n;
til orqa undoshlar: g-ng;
d) sirg`aluvchi — sonant: z-l, j-r;
e) shovqinli sonant — burun sonanti: v-m, l-n, r-n;
j) yon sonant — titroq sonant: l-r.
Bu oppozitsiya N. S. Trubetskoy tomonidan yagona «yakkalangan» («izolirovannaya») deb qaralgani o`zbek tili misolida ham aniqlanadi.
Aslida, fonologik oppozitsiyalar ko`p fonologik belgilar orqali farqlanish asosiga qurilgan. Odatda, o`z juftlariga bo`lgan, faqat bir fonologik element bilan farqlanuvchi oppozitsiyasi privativ xisoblanib, korrelyatsiyaga o`zbek tilida jarangli — jarangsiz (kuchli-kuch oppozitsiyasi sakkiz nafar fonemani o`z ichiga oladi. Bu quyidagicha: p-b, t-d, s-e, f-v, k-g, sh-j, ch-dj, x-g`.
Bunday bir fonologik element bilan farqlanuvchi oppozitsiyalarda o`zbek tilida jarangli undoshlarning so`z oxirida jarangsizlashuvi natijasida neytralizatsiya ro`y beradi. Oppozitsiya har ikki a'zosi bu o`rinda bir xil fonologik ega bo`ladi va hosil bo`lgan birlik «arxifonema deb ataladi.
O`zbek tilida yuqoridagiga qarama-qarshi bo`lgan morfonologiya neytralizatsiya mavjud. U jarangsiz undoshlarning ba'zi so`zlar oxirida qo`shimcha qo`shish orqali, ya'ni o`zak va qo`shimcha morfemalari chegarasida, jaranglilashuvi orqali ro`y beradi: ko`rak — ko`ragi, oyoq — oyog`i kabi. Bu neytralizatsiya bo`g`in va urg`u bilan ham bog`liq. Unda yopiq bo`g`in (ku- rak) ochiq bo`g`inga (ku-ra-gi) aylanib, bo`g`in soni ham ortadi va ypg`y bir yo`la oxirgi bo`g`inga kuchadi. Bunday qarama- qarshilikning bir yo`la bo`g`in va urg`u («prosodik») doirasida bo`lishi o`zbek tili morfonologiyasining fizik xususiyatidir. Demak, turkiy tillarning tarixiy fonologiyasidagi bu xususiyat hali ham ma'lum darajada o`z kuchini saqlab kelmoqda. Og`zaki nutqda, ayniqsa Toshkent shevasida, x va h, q va g`, q va x, j va dj, f va p kabi fonemalarning o`zaro o`rin almashishi ko`rinadi. Bu fonemalar o`rtasidagi oppozitsiyalarni o`zaro almashuvchi sifatida qarab, ularni og`zaki nutqdagi neytralizatsiya deb hisoblash mumkin. Bunday neytralizatsiya nutqda doimiy emasligini nazarda tutib, uni sistematik bo`lmagan sintagmatik neytralizatsiya deb atash va uni doimiy ro`y beruvchi fonologik sistemaning umumiy qonuniyatiga ega bo`lgan sistematik va paradigmatik neytralizatsiyadan farqlash maqsadga muvofiqdir. Undosh fonemalarning sintagmatik jihatdan tasnifi ba'zi aniqliklarni talab qiladi. p, t, k fonemalari ikki variantda aspiratsiyali varianti so`z boshida unlidan oldin, o`rtasida va so`z ohirida unli bilan yondosh kelgandi ishlatiladi. Boshqa turkiy tillardagi kabi o`zbek tilida ham portlovchi p, t, k undosh fonemalari aspiratsiyali («p, t,k) aspiratsiyasiz variantlariga (p, t, k) ega. Aspiratsiyali oldin uchraydi: pul p" ul, to`k t" o`k, kul k" Ba'zi turkiy tillarda bo`g`izning ishtirokida hosil bilan undosh oldin yoki keyin kelgan undosh. Bu qisman o`zbek tilida ham seziladi: et " t. t,ko`p k" o`p, ot o" t, ek e" k.
Bu o`rinda hosil bo`luvchi unlilar faringalizatsiyada (bo`g`izda aytiladi) qilinadi, lekin o`zbek tilida emas. By holatda unlilar biroz cho`ziqroq bo`ladi. Arab tilidan o`zbek tiliga kirgan so`zlarda bo`g`iz portlovchi ' tovushi uchraydi: ma'sum, ta'sir, ta'zim kabi. Bu tovush alohida qaralmay talaffuzda so`zning ikki bo`g`indagi chegarasini ko`rsatib, keyingi unliga ulanib ketadi. Tarkibida ' bo`lgan arabcha so`zlar odatdagi turkiy so`zlardan fonologik jihatdan farqlanadi: sur'at — surat, tal'at — talat, sanat kabi. Bu so`zlardagi keyingi bo`g`in keskinligi bilan ajralib turadi. Umuman, yumshoq-qattiq oppozitsiyasi ko`pgina tillarda, ayniqsa, slavyan ba'zi fin-ug`or va turkiy tillarida uchraydi. Bu R. Yakobson fikricha, o`zbek tilining eronlashgan ko`proq tashqi hodisa hisoblanadi. Turkiy tillarning ko`pchiligida undoshlar oppozitsiyasi delimitativ (ya'ni chegaralash) funktsiyasini bajaradi. Shu geografik xududdagi fin-ugor va boshqa tillarda bu oppozitsiya signifikativ (ya'ni faqat ma'noni farqlash) funktsiyasini bajaradi. Umuman undosh fonemalariing har xil variantlari chuqur eksperimental tekshirishlarini talab qiladi. Adabiy tilda undoshlarning fonologik xususiyatlaridan biri chuqur til orqa q va sirg`aluvchi x, g` fonemalarining mavjudligidir. Ular o`zaro va boshqa undosh fonemalar bilan oppozitsiyaga kirishi, nutqda o`zaro o`rin almashishi va yondosh kelgan unlilarning sifat va miqdor belgilarini o`zgartirishi mumkin. O`zbek tili konsonantizm sistemasida chuqur til orqa uvulyar q, g`, x fonemalarining mavjudligi undagi oppozitsiyalarni ancha murakkablashtiradi va bu xususiyati bilan o`zbek tili boshqa tillardan, xususan, rus, ingliz, frantsuz, ispan tillarining undoshlar sistemasidan tubdan farq qiladi. Shu sababli o`zbek tilini o`rganuvchilar uchun q, g`, x tovushlarining talaffuzini o`zlashtirish ancha qiyindir.
Odatda, tovushlar fonetik jihatdan aniq farqlanmaguncha fonologik oppozitsiya funktsiyasini bajara olmaydi. By jihatdan q, g`, x fonemalari bir guruhga kirib, h (h) esa, sistemada yakka o`zi qolsa ham, ular o`rtasidagi aniq artikulyatsion, akustik va pertseptiv belgilar bu fonemalarni fonologik oppozitsiyalarda qatnashuvini ta'miilaydi. q, g`, x fonemalari jahon tillarida ancha kam qullanadi. Biroq, bu fonemalar turiga kiruvchi borha shakldagilar mavjud. Masalan, q turidagi 5 fonema (q, q w, qw, q h, q w h ) g` turidagi 3 fonemaci (q, q;, q w) x turidagi 5 fonema (x, x:, x w h "pox":) bor.' Umuman, o`zbek tili konsonantizmida har bir undosh fonema, ba'zi allofonlarini hisobga olmaganda, o`zining artikulyatsion, akustik, pertseptiv belgilari bilan va binobarin, fonologik oppozitsiya ga kira olishi bilan ajralib turadi. Ba'zi tillarning konsonantizmiga karaganda, o`zbek tili ancha sodda xoldagi undoshlar sistemasiga ega. Masalan, Kavkazdagi abxaz tilida k turidagi 14 fonema, kachni tilida (Birma, Xitoy va Tailandda tarqalgan) turidagi 6 fonema, t turidagi 2 fonema, q turidagi 3 fonema, q turidagi 3 fonema, k turidagi 6 fonema va boshqa turdagi turli fonemalar mavjud. Undosh fonemalarning soni jihatdan (ular 317ta jahon tillarida) 6 tadan 95 ga etadi.
O`zbek tili ancha sodda hisoblanadi. Undosh fonemalar sonining kamligi oppozitsiyalar sonini ham kamaytirishga imkon beradi. Umuman, o`zbek tili undoshlari fonologik jihatdan 14 farqlanish belgisi yordamida 58ta birlik oppozitsiyasini tashkil etadi. Ikkitalik va ko`plik fonologik oppozitsiyalar esa, bu hisobdan 2 — 3 marta ortiqdir. Demak, fonemalar o`rtasidagi paradigmatik aloqalar ancha murakkab va strukturasi xilma-xildir. Sintagmatik jihatdan esa, nemalarning u yoki bu o`rindagi xususiyatlari qanchalik o`rganilsa, ularning variantlarini shunchalik ko`p aniqlash mumkin.

Xulosa
Ma'lumki, undosh fonemalarning ko`pligi ular o`rtasidagi oppozitsiyalarni ham ko`paytiradi. Undoshlarning bunday paradigmatik aloqalari ularni qulayroq tasnif etishni talab qiladi. Prof. V. A. Vasilev tomonidan taklif etilgan fonologik oppozitsiyalarning dastlabki tasnifi qulay bo`lganligi tufayli, biz uni o`zbek tiliga ham tatbiq etishni lozim topdik. Bu printsipdan so`ng N. S. Trubetskoyning fonologik oppozitsiyalar tasnifini kallash osonlik tug`diradi. V. A. Vasilev fikriga ko`ra, har bir fonologik oppozitsiyani ikki fonema o`rtasida olib (p — t, t — k kabi) ularni bir farqlanish belgisi bilan farqlansa, «birlik oppozitsiya» («odinarnaya oppozitsiya»), ikki farqlanish belgisi bo`lsa, «ikkitalik oppozitsiya» («dvoynaya oppozitsiya»), ikkidan ortiq farqlanish belgisi bo`lsa, «ko`plik oppozitsiya» («mnojestvennaya oppozitsiya») tartibida qarash mumkin. Bunda undosh fonemalar o`rtasidagi paradigmatik aloqalar quyidagi ikki a'zodan tarkib topgan (binar) oppozitsiyalarda namoyon bo`ladi. O`zbek tilida yuqoridagiga qarama-qarshi bo`lgan morfonologiya neytralizatsiya mavjud. U jarangsiz undoshlarning ba'zi so`zlar oxirida qo`shimcha qo`shish orqali, ya'ni o`zak va qo`shimcha morfemalari chegarasida, jaranglilashuvi orqali ro`y beradi: ko`rak — ko`ragi, oyoq — oyog`i kabi. Bu neytralizatsiya bo`g`in va urg`u bilan ham bog`liq. Unda yopiq bo`g`in (ku- rak) ochiq bo`g`inga (ku-ra-gi) aylanib, bo`g`in soni ham ortadi va ypg`y bir yo`la oxirgi bo`g`inga kuchadi. Bunday qarama- qarshilikning bir yo`la bo`g`in va urg`u («prosodik») doirasida bo`lishi o`zbek tili morfonologiyasining fizik xususiyatidir. Demak, turkiy tillarning tarixiy fonologiyasidagi bu xususiyat hali ham ma'lum darajada o`z kuchini saqlab kelmoqda.



Download 55,34 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 55,34 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Funksional fonologik aspektlar va ulardan foydalanishda beriladigan tavsiyalar

Download 55,34 Kb.