|
Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti
|
bet | 2/10 | Sana | 15.06.2024 | Hajmi | 55,34 Kb. | | #263931 |
Bog'liq Boboyeva Laziza KURS ISHI 4Ishning tadqiq obyekti. Nutqiy muloqotda voqelashgan Hozirgi o‘zbek adabiy tilida undoshlar tavsifi (fizik-akustik, anotomik-fiziologik va funksional fonologik aspektlar) ishning tadqiq obyekti hisoblanadi.
Ishning metodologik asosi va tadqiq usullari. Davlatimizning ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish haqidagi hujjatlari, Prezidentimizning ma’ruzalari va asarlarida bayon qilingan ilmiy-falsafiy fikrlar, falsafaning til va tafakkur, til va jamiyat kategoriyalari hamda o`zbek tilshunosligida til birligining lisoniy va nutqiy xususiyatlarini farqlaydigan umumiylik-xususiylik, mohiyat-hodisa, imkoniyat-voqelik, sabab-oqibat, shakl-mazmun dialektikasi ishning metodologik asosini tashkil qiladi. Muloqotda voqelashgan so’z birikmalari pragmalingvistik jihatdan tahlil qilindi va bunda kuzatish, tavsiflash, qiyoslash usullaridan foydalanildi.
Ishning nazariy va amaliy ahamiyati. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida undoshlar tavsifi (fizik-akustik, anotomik-fiziologik va funksional fonologik aspektlar) tahlili natijalari til birliklarining semantik va pragmatik imkoniyatlari, nutqiy muloqotdagi vazifalarini o`rganish muammosi yechimlarini berishi bilan nazariy ahamiyatga ega. Ishdagi tahlil natijalari o`zbek pragmatik lingvistikaning tadqiq muammolari bilan bevosita aloqador sohalarni o`rganishda amaliy ahamiyat kasb etadi. Oliy ta’limda “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”, “Uslubshunoslik”, “Badiiy matn tahlili” “O’zbek tilining o’qitish metodikasi” fanlariga oid mavzular tarkibida so’z birikmasi va uning turlariga xos semantik, pragmatik va uslubiy xususiyatlarini o`rganish jarayonida kurs ishi natijalaridan foydalanish mumkin. Shuningdek, kurs ishidagi materiallar “Pragmalingvistika”, “Nazariy tilshunoslik masalalari” fanlarini o`qitish, mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish va o`quv-usuliy qo`llanmalar yaratish uchun qo`shimcha manba bo`la oladi.
Ishning tuzilishi va tarkibi. Kurs ishi ishning umumiy tavsifi, ikki bob, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. Ishning umumiy hajmi 25 sahifani tashkil qiladi.
|
| |