|
I bob. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida undoshlar tavsifi
|
bet | 3/10 | Sana | 15.06.2024 | Hajmi | 55,34 Kb. | | #263931 |
Bog'liq Boboyeva Laziza KURS ISHI 4I bob. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida undoshlar tavsifi
Undosh fonemalar tasnifi. O`zbek tilida 25 ta undosh bo`lib, ularni farqlovchi asosiy belgilar quyidagilar sanaladi:
a) hosil bo`lish o`rniga ko`ra;
b) hosil bo`lish usuliga ko`ra;
d) ovoz va shovqin ishtirokiga ko`ra.
Undosh tovushlarning hosil bo`lishida bo`g`iz bo`shlig`i, og`iz bo`shlig`i va til muhim ahamiyatga ega. O`pkadan chiqadigan havo xuddi mana shu joylarda turli xil to`siqlarga duch keladi.
Undoshlar hosil bo`lish o`rniga ko`ra:
1.Lab undoshlari:
a) lab-lab undoshlari: b, p, m, v;
b) lab-tish undoshi: f.
2.Til undoshlari:
a) til oldi: d, t, z, s, sh, j (dj), ch, n, l, r;
b) til o`rta: y;
d) sayoz til orqa: k, g, ng;
e) chuqur til orqa: q, x, g`.
3.Bo`g`iz undoshi – h tovushlariga bo`linadi.
Hosil bo`lish usuliga ko`ra esa undoshlar quyidagi kichik guruhlarga bo`linadi:
1.Portlovchilar ; b, p, d , t, k , g, q;
2.Sirg`aluvchilar ; v, f ,z , s ,y , l , sh , g’ , x , h , j;
3.Titroq: r ;
4.Qorishiqlar : dj , ch;
5. Yon: l
6. Burun: n, m, ng.
Undosh tovushlar ovoz va shovqinning ishtirokiga ko`ra ikki guruhga ajraladi :
1. Jaranglilar : b , v , g , d , z , j , dj , y , g` , m , n , ng , l , r ;
2.Jarangsizlar : p , f , k , t , s , ch , sh , q , x , h.
1.1. Undoshlar haqida ma’lumot
Undosh tovushlar akustik jihatdan shovqinli va sonor tovushlarga ham bo`linadi Shovqinli undosh tovushlar talaffuz qilinganda shovqin ovozga nisbatan kuchli bo`ladi : b , f , g’ ,h , x , p kabi . Sonor tovushlarda esa ovoz kuchli bo`ladi : m , n , ng , l , r kabi. Undosh fonemalar ham boshqa sath birliklarida bo`lgani kabi turli ziddiyatlarda turadi. Jumladan 8 ta undosh fonema “jarangli – jarangsizlik ” belgisi bilan korrelyativ (ziddiyatda turgan fonemalarning birida bor, ammo ikkinchisida mavjud bo`lmagan belgi) munosabatga kirishadi. Ular quyidagilar: [b]-[p], [d]-[t] , [k] –[g], [s] –[z], [j]-[ch], [dj]-[sh], [g’]-[q], [v]-[f].
Yuqorida ko`rsatilgan tasnif asosida undosh fonemalar hosil bo`lish o`rniga ko’ra quyidagi binar ziddiyatli munosabatlarga kirisha oladi:
a) “lab-lab – til oldi”: [p]-[t]; [m]-[n]; [v]-[z]; [v]-[r]….
b) “lab-lab – til o`rta”: [b]-[y]; [v]-[y];
d) “lab-lab – til orqa”: [p]-[k]; [b]- [k]; [m]-[x]; [v]-[g];
e) “lab-lab – bo`g`iz”: [p]-[h]; [v]-[h];
f) “til oldi- til orqa”: [t]-[k];[t]-[q]; [d]-[g]; [s]-[x]; [z]-[g]; [n]-[g].
Hosil bo’lish usuliga ko’ra undosh fonemalar quyidagi ziddiyatli munosabatlarda bo`ladi:
a) “portlovchi – sirg’aluvchi”:
[p]-[f]; [b]- [v]; [t]-[s]; [d]-[z]; [t]-[sh]; [k]- [x]…
b) “portlovchi – affrikat (qorishiq)”:
[t]-[ch]; [d]- [dj];
d) “sirg’aluvchi - affrikat”: [sh]-[ch]; [j]- [dj];
Demak, o`zbek tilida undosh fonemalarning soni ko`pligi tufayli oppozitsiyalar ham anchadir. Unli fonemalar esa bir belgi asosida uch (tor unlilar, o`rta unlilar, keng unlilar) va ikki a’zoli ziddiyatni (lablangan va lablanmagan unlilar), ikki belgi (“tilning ko`tarilish darajasi va lablangan - lablanmaganlik ”) asosida olti a’zoli ziddiyatni hosil qiladi. Bunday xususiyatlar rus, ingliz, nemis, fransuz kabi qator tillar uchun ham xos.
Odam nutqi har xil tovushlarga juda boydir. Biroq barcha tovushlarni ularning artikulyatsion-akustik xususiyatlarga ko'ra har xil turlarga bo'linadi. Birinchi navbatda, tovushlarni unli va undoshlarga bo'linadi. Arti-kulyatsion, akustik va eshitib his etilishi va tildagi funksional xizmati jihatdan unli va undosh tovushlar o'rtasida katta farq bor.
Artikulyatsion jihatdan unli tovushlar o'pkadan chiqib kelayotgan havoning hech qanday to'siqqa uchramasdan o'tishi, aksincha, undoshlar talaffuzida havo oqimining biror to'siqqa duch kelishi bilan izohlanadi. Akustik xususiyatlariga ko'ra unlilar talaffuzida havo oqimi kuchsiz tebranishga, aksincha, undoshlar esa, unlilarga qara-ganda kuchli tebranish va shovqin yordamida hosil bo'ladi. Eshitib his etilishi jihatdan undoshlar kuchli shovqin bilan unlilardan farq qiladi. Unlilar esa, musiqa ohangiga jo'r bo'la oluvchi mayin ohangga egadir. Ko'pincha jahon tillarida undosh tovushlar unlilardan ko'proq uchraydi va shu tufayli ularning funksional xizmati ham ko'proqdir. Odatda obyektiv borliqdagi mavjud narsa va hodisalarni har xil guruh va tiplarga tasnif qilingandek, nutq tovushlarini ham artikulyatsion-akus-tik xususiyatlariga ko'ra bir necha kategoriyalarga bo'li-nadi.
Yuqorida ko'rsatilgan belgilari asosida nutq tovushlari unli va undoshlarga va o'z navbatida, bular ham ayrim guruhlarga bo'linadi. Quyida unli va undosh tovushlarning tasnifini ko'rib o'tamiz.
|
| |