III. Hosil bo’lish usuliga ko’ra




Download 55,34 Kb.
bet7/10
Sana15.06.2024
Hajmi55,34 Kb.
#263931
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Boboyeva Laziza KURS ISHI 4

III. Hosil bo’lish usuliga ko’ra undoshlar uch turga bo’linadi.
1. Portlovchi undoshlar ikki nutq a’zosining o’zaro jipslashuvi va o’pkadan chiqayotgan havo oqimining ana shu a’zolariga zarb bilan urilib, portlab o’tishidan hosil bo’ladi: b,g,d,j,k,p,t,ch,q. portlovchilar ham o’z xususiyatiga ko’ra ikki turga bo’linadi: sof portlovchilar: b,g,d,k,p,t,q. Qorishiq portlovchilar: ch,j.
2. Sirg’aluvchi undoshlar ikki nutq a’zosi o’zaro yaqinlashuvi va havo oqimining ana shu ikki a’zo orasida ishqalanib-sirg’alib chiqishi bilan hosil bo’ladi va unga v,j,z,y,s,f,x,h,sh,g’undoshlari kiradi.
Masalan, havo oqimining ikki lab o’rtasidagi yoki pastki lab bilan yuqori tishlar orasidagi tor oraliqdan sirg’alib o’tishi v, f undoshlarini;Til bilan yuqori milk o’rtasidagi tor oraliqdan sirg’alib o’tishi j,z,s,shundoshlarini; Tilning o’rta qismi bilan qattiq tanglay o’rta qismi orasidagi tor oraliqdan sirg’alib o’tishiyundoshini;Tilning o’rta qismi bilan tanglayning orqa qismi o’rtasidagitor oraliqdan sirg’alib o’tishig’,xundoshlarini;Bo’g’izdagi un paychalari orasidagi tor oraliqdan sirg’alib o’tishihundoshini hosil qiladi.

  1. Portlovchi-sirg’aluvchi undoshlar portlash va sirg’alish jarayoning bir vaqtda yuz berishi natijasida vujudga keladi. Bularga m,n,ng,rundoshlari kiradi.



2.1.Fizik akustik va anotomik –fiziologik aspektlar
O`zbek adabiy tilida 25 undosh fonema mavjudligi ulardan f, j, s fonemalari rus tilidan va u orqali o`zbek tiliga o`tganligi aytiladi. Undosh fonemalarning artikulyatsion-akustik xususiyatlari etarli ravishda eksperimental-fonetik jihatdan tekshirilmaganligi ularni fonologik tomondan o`rganishga unchalik halal bermaydi. Ushbu qismda adabiy til undoshlarining fonologik tasnifiga paradigmatik jihatdan fonemalarning oppozitsiyalari, ularning farqlanish elementlari va sintagmatik tomondan qisman u yoki bu o`rinda o`z variantlariga (allofonlariga) ega bo`lishi masalalariga e'tiborni qaratdik. Fonologiyada uch xil atamalar ishlatiladi: artikulyatsion, akustik va aralash (dixotomik ya'ni, juft belgili, fonologiyadagi 12 nafar farqlanish elementlaridan ba'zilari ana shunday atamalar hisoblanadi. Masalan, oddiy tonallik-bemol tonallik, birinchisi, akustikadan, ikkinchisi esa, muska nazariyasidan olingan) o`zbek tili undoshlari to`la eksperimental o’rganilmaganligi tufayli akustik atamalardan (kompaktdiffuz, yuqori tonallik — pastki tonallik kabi) foydalanish qo`l kelmaydi. Artikulyatsioi atamalarning barcha uchun tushunarli va aniqligi (til oldi, til orqa, portlovchi, sirg`aluvchi kabi) va ularning adabiy talaffuziga o`rgatishda amaliy jihatdan foydali ekanligini hisobga olib, shu atamalarni ishlatish maqsadga muvofiqdir. Tildagi fonemalar sonini ularning bir o`rinda ikki so`z yoki morfemani bir fonologik birlik yordamida farqlay olishi (L. V. Shcherba, bunday so`zlarni «kvaziomonim»lar, boshqalar esa, minimal juftlikdagi, so`zlar deb atashadi) orqali belgilash doim aniqlikka olib kelmaydi. Bu o`rinda f, j, s fonemalarini misol keltirish mumkin. Bir fonologik element bilan farqlanuvchi f — v oppozitsiyasi suf — suv minimal juftlikdagi so`zlarga ega bo`lsa, j yoki s ning boshqa biror fonemaga qarama-qarshi qo`yilishni namoyon etuvchi bunday so`zlar mavjud emas. (Bu o`rinda gap jurnal, jyuri so`zlardagi j fonemasi haqida boryapti); Agar tilda fonemalar oppozitsiyasini namoyon etuvchi minimal juftlikdagi so`zlar topilmasa, u fonemalarni fonologik sistemadan o`chirish mumkin emas.
Kuchli ziddiyatdagi undosh fonemalarni farqlovchi belgilar quyidagilar hisoblanadi:
a)hosil bo’lish o’rniga ko’ra;
b)hosil bo’lmsh usuliga ko’ra;
v)ovoz va shovhin ishtirokiga ko’ra;
Hozirgi o’zbek adabiy tilida 24 ta undosh fonema bo’lib, ularni yuqorida sanab o’tilgan belgilari bilan quyidagicha ko’rsatish mumkin:
Boshqa sath birliklarida bo’lgani kabi, fonemalarning ham asosiy belgilari korrelyativ va korrelyativ bo’lmagan belgilarga ajraladi. Ziddiyatda turgan fonemalarning birida bor, ammo ikkinchisida mavjud bo’lmagan belgi korrelyativ belgi deyiladi. Masalan, [b]-[p] zidlanishda jarangli-jarangsizlik korrelyativ belgidir. Ammo til oldi va portlovchilik belgisi har ikkala fonema uchun ham xos bo’lganligi sababli korrelyativ bo’lmagan belgi deyiladi. Shuningdek, [x] undoshida jarangsizlik belgisi mavjud. Ammo shu belgi asosida uni boshqa fonema bilan zid qo’yib bo’lmaydi. Chunki [p] fonemasining jarangli jufti [b] fonemasidir, [x] fonemasining esa jarangli jufti o’zbek tili fonnologik tizimida mavjud emas.
O’zbek tilidagi 8 ta fonema uchun «jarangli-jarangsizlik» korrelyativ belgi hisoblanadi:
[b]-[p], [d]- [t], [k]-[g], [s]-[z], [j]-[ch], [j]-[sh], [g’]-[q], [v]-[f]
«Jarangli-jarangsizlik» belgisi asosida korrelyativ munosabatga kirishmaydigan fonemalarning jarangli eki jarangsiz jufti bo’lmaydi. Masalan: [s], (l), [k], [m], [y), [x], [n]-[r], [ng]. Qulay vaziyat tugilishi bilan nutqda jarangli fonemalar jarangsizlanib, jarangli-jaranglilik ziddiyati mo’tadillashadi.
Fonemalarning asosiy korrelyativ belgilari farqlovchi belgi hisoblanadi. Masalan, [s] fonemasining jarangsizlik, [z] fonemasining jaranglilik belgisi farqlovchi belgidir.
Undosh fonemalarda ham asosiy belgi farqlovchilik darajasida bo’lmasligi mumkin. Masalan, [m] fonemasining jaranglilik belgisi farqlovchi belgi sanaladi. Chunki fonema xuddi shu belgisi asosida boshqa fonema bilan ziddiyatli juftlik hosil qila olmaydi.
Undosh fonemalar artikulyatsion o’rniga ko’ra quyidagi binar ziddiyatli munosabatlarga kirishadi:
a) «lab-lab - til oldi»: [p)-[t]; [e]-[d]; [m]-[n]; [f]-[s]; [v]-[z];
[f]-[sh]; [v]-[l]; [v]-[r];
b) «lab-lab - til o’rta»
[f]-[y1; [v]-[y];
v) «lab-lab - til orqa»
[p]-[k]; [b]-[k]; [f]-[x]; [v]-[g];
g) «lab-lab - bo’g’iz»
[f]-[h]; [v]- [h];
d) «til oldi —til orqa» [t]-[k]; [t]-[q]: [d]-[g]; [s-x]; [z]-[g]; [n]-[g];
Hosil bo’lish usuliga ko’ra undosh fonemalar quyidagi ziddiyatli munosabatlarda bo’ladi:
a) «portlovchi-sirg’aluvchi»: [p]-[f]; [b]-[v]; [t]-[s]; [d]-[z]; [t]-[sh]; [k]-[x]; [d]-[j]; [g]-[h]; [k]-[x];
[x]-[q] [g]-[x]:
Ayrim fonemalar affikat fonemalar bilan teng qiymatli ziddiyatda bo’ladi: [t]-[ng] [d]-[dj];
Sirhaluvchi fonemalar ham affrikat fonemalar bilan teng qiymatli ziddiyat hosil qiladi: [sh]-[ch], [j]-[dj|.
Yana quyidagi ziddiyatli juftliklar mavjud:
a) «portlovchi-shovqinli - burun sononti»:
[b]-[m] [d]-[n] [g]-[n]
b) «sirhaluvchi - sonant»; [z]-[l]: [j]-[r];
v) «shovhinli sonant - burun sonant»:
[v]-[t]; [l]-[n]; [r]-[n];
g)«yon sonant-titroq sonant»; [l]-[r];
«titroq sonant -til o’rta sonant»:[f]-[y]


Download 55,34 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 55,34 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III. Hosil bo’lish usuliga ko’ra

Download 55,34 Kb.