|
-rasm.Kartoshka tozalash uskunasi
|
bet | 3/6 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 28,51 Kb. | | #112546 |
Bog'liq Buxoro davlat universiteti fizika matimatika fakulteti texnologi-fayllar.org1.2-rasm.Kartoshka tozalash uskunasi.
Umumiy qayta ishlovdan o‘tkazuvchi sanoat korxonalarida, mahsulot tayyorlovchi yirik fabrikalarda tozalashning bug‘ yordamida yoki kuydirish usullari qo‘llaniladi. Bug‘ yordamida tozalash usulida kartoshkaga yuqori bosimli bug‘ bilan ishlov beriladi. Bunda kartoshkani tozalash uchun silindr ko‘rinishidagi 1100-1200°C haroratli pechda 6-12 sekund davomida ushlanib yuzaki kuydiriladi. Kuydirilgan kartoshka yuvish mashinalariga tushadi, u yerda po‘stlog‘i tozalanadi va suv bilan yuviladi.
Kartoshkani shakl berib kesish. Kartoshkaga tozalangan, butun yoki ma'lum shakllarda kesilgan holda issiq ishlov beriladi. Kartoshkani oddiy yoki murakkab usulda kesish mumkin.
Oddiy usulda kesilgan kartoshka kundalik ishimizda ishlatiladi: somoncha, to‘g‘ri to‘rtburchakli uzunchoq, pallacha, kubik, tilim-tilim, parrak-parrak shakllarida (1-rasm) to‘g‘rash mumkin. Kartoshkani bu shakllarda to‘g‘rash murakkab jarayon bo‘lib, uni yengillashtirish uchun maxsus asboblar va sabzavot to‘g‘rovchi mashinalardan foydalaniladi. Kartoshkani somoncha va pallacha qilib to‘g‘rashda qul mehnatidan foydalaniladi.
Murakkab usulda kesish deb, kartoshkani bochkacha, sharcha, nokcha, sarimsoq, piyozcha, burama, qirindi shakllarida kesilishiga aytiladi (2-rasm). Bunday xolda kartoshka qulda kesiladi. Murakkab shaklli kartoshka bo’laklarini olish uchun maxsus asboblar ishlatiladi (3-rasm).
Somoncha. Xom kartoshka yupqa kesilib ustma-ust qo‘yilib uzunligi 4-5 sm, qalinligi 0,2 sm qilib to‘g‘raladi. Bu shaklda kesilgan kartoshka ko‘p miqdordagi qizdirilgan yog‘da qovurish uchun ishlatiladi.
To‘g‘ri to‘rtburchakli uzunchoq. Xom kartoshka 0,7-1,0 sm qalinlikda kesilib ustma-ust qo‘yiladi va 0,7-1,0 sm kenglikda 3-4 sm uzunlikda kesiladi. Bunday kartoshka qovurish uchun, borshchlar uchun (sibircha va flotchadan tashqari), rassolniklar (tuzlangan bodring solingan sho‘rva) uchun, makaronli sho‘rvalar va boshqa taomlar uchun ishlatiladi.
221
|
| |