|
Buxoro davlat universiteti fizika matimatika fakulteti texnologik ta
|
bet | 2/6 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 28,51 Kb. | | #112546 |
Bog'liq Buxoro davlat universiteti fizika matimatika fakulteti texnologi-fayllar.orgKurs ishining hajmi: Kurs ishi kirish, 2 ta bob, 4ta bo‘lim, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat.
I. BOB. O‘QUVCHILARNING SABZAVOTLAR BILAN ISHLAY OLISH QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI
1.1. 5-sinf texnologiya dars jarayonlarida interfaol metodlardan foydalanish
Sabzavotlardan taom tayyorlash jarayonida ularga ishlov beriladi. Har xil turdagi sabzavotlardan taom tayyorlashda ularga ishlov berishda tozalash, bug‘ yordamida tozalash,kesish, oddiy usulda kesish, murrakab usulda kesish, to‘g‘rash,somoncha usulda to‘g‘rash, to‘g‘ri to‘rt burchak usulida to‘g‘rash, kubiklar holatida to‘g‘rash usullari kabi turlaridan foydalaniladi. Taom tayyorlashda sabzavotlarning yupqa va puxta pustli, kam kuzli va yaxshi ta'mli navlaridan foydalangan ma'qul.Sabzavotlarga mexanik usulda pazandalik ishlovi berish: mexanik, termik, kimyoviy usullarda olib borilishi mumkin. Bular orasida mexanik ishlov berish ko‘proq tarqalgan usuldir.Quyida sabzavot mahsulotlariga mexanik ishlov berish jarayonlarini qaraymiz.
1.1-rasm.Sabzavotlar turlari
Tugunak va ildiz mevalilarga ishlov berish. Taom tayyorlashda kartoshkaning yupqa va puxta pustli, kam kuzli va yaxshi ta'mli navlaridan foydalangan. Kartoshkaga mexanik usulda pazandalik ishlovi berish: Kartoshkani yuvish maxsus mashinalar yordamida yoki tekis toshli kartoshka tozalovchi mashinalarda, yuvib-tozalovchi mashinalarda yoki qulda maxsus reshetkasi bor moslamali vannalarda bajariladi.
Tozalash. Kartoshkani tuxtovsiz harakatda bo‘lgan yoki vaqt-vaqti bilan tuxtab ishlaydigan kartoshka tozalaydigan mashinalarda tozalanadi. Vaqt-vaqti bilan tuxtab ishlovchi kartoshka tozalash mashinalaridan foydalanganda dastlab vodoprovod jumragi ochiladi, mashina ishga tushiriladi va yuklovchi voronkadan kartoshka solinib, mashina ostki diski va detalariga urnatilgan qirg‘ich toshlar yordamida tozalanadi. Bunda kartoshka po‘sti va bir oz kartoshka to‘qimalari ishqalanib suv bilan yuvilib tozalanadi.
|
| |