• Mavzuga oid tayanch tushunchalar
  • -MAVZU.TEXNOLOGIYA VA UNI




    Download 7,65 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/114
    Sana21.06.2024
    Hajmi7,65 Mb.
    #264904
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   114
    Bog'liq
    bosh

    2-MAVZU.TEXNOLOGIYA VA UNI 
    O‘QITISH
     METODIKASI 
    FANINING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI 
    1.Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi fanining o‘qitish 
    metodologiyasi.
    2.Texnologiya fanini o‘qitish tamoyillari
    3.Texnologiya fani nazariyasining asosiy negizlari.
    4.Texnologiya fani ta’limi va mehnat tarbiyasining uzviyligi.
    Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Texnologiya haqida 
    tushuncha, metodologiya, o’qitish tamoyillari, mehnat tarbiyasi. 
     
    Pedagogikaning
     
    fan sifatida shakllanib borishi ijtimoiy-iqtisodiy 
    zaruriyat bo’lib, u turli fanlar bilan, shu jumladan, mehnat bilan ham 
    qadim-qadim zamonlardan boshlab bog’liqlikda rivojlanib kelgan.
    Ta’lim-tarbiya tarixiga nazar tashlar ekanmiz, moziyda ham eng 
    muhim, bosh masala inson, uni mehnat orqali barkamol etib 
    tarbiyalash 
    bo’lganligining guvohi bo’lamiz. Eng qadimgi 
    manbalardan boshlab, keyinchalik paydo bo’lgan ta’limiy-axloqiy 
    asarlarda ham mehnatga oid nazariy, ham amaliy masalalar tahlil 
    etilganki, 
    uning 
    asosida 
    inson 
    shaxsini 
    ma’naviy-axloqiy 
    shakllantirish muammosi markaziy muammo bo’lgan. Yusuf Xos 
    Hojibning "Qutadg’u bilig" asaridan boshlab Kaykovusning 


    14 
    "Qobusnoma", Ahmad Yugnakiyning "Hibat ul-haqoyiq", Sa’diyning 
    "Guliston", Alisher Navoiyning "Mahbub ul-qulub", Abdulla 
    Avloniyning "Turkiy guliston yoxud axloq" va boshqa juda ko’p 
    didaktik asarlarning har birini ta’lim-tarbiyaga oid darslik desak 
    yangilishmagan bo’lamiz. Mazkur ta'limiy- axloqiy asoslarni 
    insonning ma'naviy kamolga yetishida yuksak axloqqa ega bo'lishini 
    ilm-fanni egallashi asosidagina amalga oshishi mumkin, degan g'oya 
    ilgari suradi. 
    Xususan A.Avloniy o'z asarlarda shunday fikrlarni bildirgan edi: 
    “Bolaning salomatligi va saodati uchun yaxshi tarbiya qilmoq, yaxshi 
    xulqni o’rgatmoq, yomon xulqdan saqlab o’stirmoq va mehnat 
    qilishga undamoq yaxshidir. 
    Tarbiya qiluvchi inson – tabibdir. Tabib xastaning kasaligiga 
    da’vo qilsa, tarbiyachi – boladagi yaxshi xulqni, poklikni, mehnatga 
    layoqatni davolaydi.” 
    Xalq og’zaki va yozma ijodiyoti, xalq yodgorlik obidalari 
    taraqqiyot jarayonida paydo bo’lgan, rivojlangan qadriyat darajasiga 
    ko’tarilgan an’analar, urf-odatlar, rasm-rusumlar, amaliy mehnat 
    faoliyatida o’z ifodasini topgan va ularni har tomonlama 
    rivovlantirilishida katta ahamiyat kasb etgan. Xalq og’zaki ijodiyotida 
    mehnatga oid shakllantirilgan juda ko’p maqollar va iboralar 
    namunalariga guvoh bo’lamiz: “Mehnat - mehnatning tagi rohat”, 
    “Mehnat qilgan xor bo’lmas”, “Yozgi mehnat – qishki rohat”, “Bir 
    yigitga yetmish hunar oz”, “Hunarli kishi xor bo’lmas”, “Ustozidan 
    o’tmagan shogird – shogird emas”.
    Texnologiya fani pedagogika fanining metodologiyasiga tayanib 
    faoliyat yuritadi. Pedagogika fani metodologiyasining yaratilishida 
    qomusiy mutafakkirlar va mashhur pedagoglarning o’rni diqqatga 
    sazovordir.
     
    Al-Xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Rudakiy, 
    Firdavsiy, Alisher Navoiy, Voiz Koshifiy, chex olimi Yan Amos 
    Komenskiy, shvetsariyalik pedagog Iogann Genrix Pestaloststi, nemis 
    pedagogi Adolf Disterverg, rus pedagogi K.D.Ushinskiy kabilar o’z 
    ijodiyotlarida 
    pedagogikaning 
    metodologik 
    asosini 
    yaratdilar. 
    Shularga ko’ra texnologiya fanining mazmuni, maqsadi, vazifalari, 
    tamoyil, uslub va vositalari, har bir inson uchun zarur bo’lgan 
    tarbiyaviy ta’sirlar yangicha asosga ega bo’lishi kerak. 


    15 
    Texnologiya fanining metodologik asosi, maqsad va vazifalari, 
    yangi yo’nalishlari, texnologiya fani va tarbiyasining mazmuni, shakl 
    va metodlari hamda boshqa qator muammolari va ularga yangicha 
    yondashuv milliy istiqlol g’oyalari va milliy mafkura asosida 
    yaratilishi muhim. "Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va 
    tamoyillar" texnologiya fanining metodologik asosi sanaladi. Dastlab 
    “texnologiya” tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu tushuncha texnika 
    taraqqiyot bilan bog’liq holda fanga 1872-yilda kirib keldi va 
    yunoncha ikki so’zdan – "texnos" – san’at, mahorat, hunar va "logos" 
    – fan so’zlaridan tashkil topib "hunar fani" degani.
    Texnologiya va uni o’qitish metodikasi fanining o’qitish 
    metodologiyasi: sharq mutafakkirlarining ta’limotlari, O’zbekiston 
    Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimining mazmunini belgilab beruvchi 
    direktiv-me’yoriy hujjatlar, xususan, O’zbekiston Respublikasining 
    «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy 
    dasturi», O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
    qabul qilingan qarorlar, O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta 
    maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlarda 
    ilgari surilgan g’oyalardan iborat. 
     
    O’zbekistonda 
    mustaqillikni 
    saqlab 
    qolish 
    va 
    uni 
    mustahkamlashda texnologiya fani va uning metodologik asoslariga 
    bevosita bog’langan holda har bir pedagog masalaga ijodiy, 
    rivojlanuvchi nuqtayi nazaridan yondashishi zarurdir. Ana shunda 
    mazmunan yangilanayotgan zamon talablari asosida shakllanayotgan 
    mehnatning yangicha ko’rinishlari-inson ruhiyatiga ta’sir etuvchi 
    zamonaviy metodlar asos bo’lgandagina haqiqiy, milliy va zamonaviy 
    tarbiyashunoslik faniga aylanishi muqarrar. 
    O’zbekiston Respublikasi siyosiy mustaqillikni qo’lga kiritgan 
    dastlabki kunlardayoq Respublikada texnologiya fanini tashkil etish 
    sohasida tub islohotlarni amalga oshirish, uni yuksak darajada 
    takomillashtirish va jahon texnologiya fani darajasiga ko’tarish kabi 
    masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Ana shu e’tiborning yorqin isboti 
    ta’lim sohasidagi, jumladan, texnologiya fani sohasidagi davlat 
    siyosatining 
    asosiy 
    prinsiplari 
    hamda 
    texnologiya 
    fanining 
    O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasidagi ustuvor
    yo’nalish deb e’lon qilinganligi bilan belgilanadi. 


    16 
    Texnologiya fani sohasidagi davlat siyosatining asosiy 
    prinsiplari quyidagilardan iborat: 
    1. Texnologiya ta’limi va tarbiyasining insonparvar, demokratik 
    tavsifda ekanligi. Davlatimizda tashkil etilayotgan texnologiya fani va 
    tarbiya jarayonida shaxs, uning qadr-qimmati, ma’naviy hamda 
    ma’rifiy huquqlarini hurmat qilish, uning iqtidori va qobiliyatini 
    namoyish etish uchun imkoniyat yaratish, shuningdek, mehnat 
    turlariga bo’lgan xohish-istagi va ehtiyojlarini inobatga olish 
    masalalari nazarda tutiladi. 
    2. Texnologiya fanining uzluksizligi va izchilligi. Ta’lim 
    jarayonida didaktik xarakter kasb etib, o’quvchilarga texnologiya fani 
    orqali berilayotgan bilim va shakllantirilayotgan ko’nikma hamda 
    malakalarning uzluksiz, doimiy ravishda shakllanishini ta’minlaydi. 
    Uzluksiz va izchillik mehnatga oid ma’lumotlar, ushbu fan asoslarini 
    o’rganishning tartibga solinishini, avvalgi va keyingi materiallar 
    o’rtasida ketma-ketlikni ta’minlashni anglatadi. Har bir o’quv fani 
    singari texnologiya fani ham muayyan mantiqiy izchillikda o’qitilishi 
    lozim. Mazkur prinsip shu holatni ifoda etishga xizmat qiladi. 
    Ma’lumki, ta’limning quyidagi qonuniyatlari mavjud:
    - tarbiyalovchi tarbiya qonuni;
    - har qanday ta’lim faqat o’qitayotgan, o’qiyotgan va 
    o’rganayotgan obyektning ma’lum bir maqsadga yo’naltirilgan o’zaro 
    ta’siri yordamida amalga oshiriladi;
    - ta’lim faqatgina o’qituvchining faoliyatiga va o’y-fikrlariga 
    muvofiq ravishda o’quvchilarning faol faoliyatlari davomida yuz 
    beradi;
    - o’quv jarayoni o’qituvchi hamda o’quvchining maqsadlari 
    muvofiq kelgan holda yuz beradi;
    - alohida bir shaxsni u yoki bu faoliyatni o’rganishga yo’llash uni 
    ushbu faoliyatga jalb etish orqali erishiladi;
    - ta’limning maqsadi, bilim olishning mazmuni va ta’lim 
    metodlari orasida doimiy bog’liqlik mavjud bo’ladi;
    - ta’limning maqsadi ta’lim mazmunini va metodini belgilab 
    beradi. 
    Shunga ko’ra texnologiya fanining qonuniyatlari tarkibiy qism 
    sifatida ta’lim jarayoniga kiradigan, uning qonuniyatlaridan kelib 


    17 
    chiqadigan yaxlit pedagogik jarayon bilan keng ijtimoiy-iqtisodiy 
    jarayonlarning o’zaro aloqalarini tahlil etishdan kelib chiqadi. 
    Texnologiya fani tamoyillari - o’qituvchining faoliyatini va 
    o’quvchining bilish faoliyati xususiyatini belgilovchi asosiy 
    boshlanmalardir. Texnologiya fani tamoyillari o’qituvchi va o’quvchi 
    faoliyatining muhim ichki tomonlarini aks ettiradi hamda turli 
    shaklda, turli mazmunda va har xil yo’sinda tashkil etiladigan 
    texnologiya fanining samaradorligini belgilaydi. Shuning uchun 
    texnologiya fani tamoyillari mehnatdan ta’lim berishning ma’lum 
    obyektiv qonuniyatlarini o’zida aks ettiradi. 
    Texnologiya fani tamoyillari tizimiga: texnologiya fanining milliy 
    yo’nalganligi, texnologiya fani va tarbiyaning uzviy bog’liqligi, 
    mehnat bo’yicha iqtidorli yoshlarni aniqlash, yuqori darajada bilim 
    olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish kabilar. Jamiyat talab 
    qilayotgan uzluksiz ta’limga tegishli bu qonun-qoidalar, texnologiya 
    fanini o’qitish, bilim berish, ya’ni texnologiya fani jarayoniga 
    samarali ta’sir ko’rsatadi. 
    Mehnat ta’lim tamoyillari maktab, o’quv yurtlari oldida turgan 
    ulkan vazifalar asosida belgilanadi. Ular o’zaro bir-biri bilan 
    mustahkam bog’liq holda bir tizimni tashkil etadi, har bir darsda 
    didaktik tamoyillarning bir nechtasi ishtirok etishi mumkin. Ular 
    texnologiya fani oldida turgan asosiy maqsadlarni hal etishga o’z 
    hissasini qo’shadi. Ta’lim tizimi isloh qilinayotgan hozirgi jarayonda 
    o’quvchilarga mehnat texnologiya fanidan mustahkam bilim berish, 
    ularni erkin, mustaqil fikrlay oladigan insonlar qilib tarbiyalashda
    ta’lim tamoyillarining mohiyatini chuqur anglash va hayotga tatbiq 
    etish muhim muammolardan biridir. 
    Mehnat sohasida nazariy bilimlarni amaliyot bilan, turmush 
    tajribalari bilan bog’lab olib borish mehnat ta’limining yetakchi 
    qoidalaridan hisoblanadi. Texnologiya fani va tarbiya sohasidagi 
    yutuqlar, eng avvalo, nazariya bilan amaliy ishlarning o’zaro 
    bog’liqligiga asoslanadi. Shundagina o’quvchi o’rganayotgan o’quv 
    materiallarning tub mohiyatini tushunib yetadi va mustaqil faoliyatda, 
    amaliy ishlarda ulardan foydalana oladi. Buning uchun o’qituvchi 
    ta’lim jarayonida o’quvchilarning faol ishtirok etishlariga erishmoq 
    lozim. Faol ishtirok esa bilimlarni ongli, tushunib o’zlashtirishga olib 
    keladi.Texnologiya fanidagi onglilik va faollik o’quvchilardagi 


    18 
    ko’tarinki kayfiyat, ko’proq bilishga intilish, mustaqil fikrlash va 
    xulosalar chiqarishga undaydi. Mehnatga doir bilimlarni ongli va faol 
    o’zlashtirish o’qitish jarayonining psixologik tomonlarida o’z 
    ifodasini topadi. Texnologiya fanining ilmiyligi tamoyili o’quvchining 
    o’quv materialidagi qonuniyatlarni aks ettirishi, tushunishi va 
    o’zlashtirishi uchun to’g’ri sharoit yaratish maqsadida zarurdir. 
    O’quvchi texnologiya fanida bilimlarni o’zlashtirar ekan, uning 
    dunyoqarashi ham, irodasi va axloqiy sifatlari, iymon-e’tiqodi va 
    qobiliyati ham o’sib rivojlanib boradi.
    Texnologiya fanining tarbiyaviy imkoniyatlaridan foydalanishda 
    o’qituvchi avvalo, texnologiya darslarini uslubiy jihatdan to’g’ri 
    tashkil etishga, o’quv materiallarining mazmuni bilan bog’liq 
    tarbiyaviy maqsadlarni aniq belgilashga va bilim olishga qiziqtira 
    olishga bog’liqdir. Shu bilan birga, o’qituvchining o’quvchilar 
    oldidagi obro’-e’tibori ham muhim tarbiyaviy ahamiyatga egadir. 
    Texnologiya fani jarayonini ko’rgazmali tashkil qilish zarur. Ham 
    eshitish, ham ko’rsatish orqali o’quv materiallarini idrok qilish, ularni 
    ongli va puxta o’zlashtirish, bilimlarni turmushdagi zaruriyatini 
    anglab yetishlariga asos soladi, diqqatni barqarorlashtiradi. Shuning 
    uchun ko’rgazmali materiallar o’rganilayotgan mavzuning mazmuniga 
    mos kelishi, o’quvchining yoshi va bilim darajasiga muvofiqlashgan 
    bo’lishi hamda ulardan foydalanishning samarali yo’l va vositalar 
    ishlab chiqilgan bo’lishi lozim. 
    Texnologiya fanida bilimlar turli yo’l vositalari orqali puxta 
    o’zlashtirgandagina, u mustahkam esda qoladi, bu esa o’quv 
    materiallarini ongli o’zlashtirishga, nazariya bilan amaliyotni 
    bog’lashga, ko’rsatmalikka amal qilishga va bilimlarni takrorlash 
    orqali mustahkamlashga bog’liqdir. Texnologiya fanining bosh 
    maqsadi esa bilimlarni tizimli va puxta o’zlashtirishdir. 
    Texnologiya fani va tarbiyasining maqsadi o’quv ishlarida 
    mehnatga nisbatan ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir. 
    Mazkur maqsadni amalga oshirishda bir qator vazifalarni hal 
    etish talab qilinadi. Texnologiya fani va tarbiyasini tashkil etishda hal 
    etiluvchi vazifalar ko’p qirrali bo’lib, u o’quvchilarning mehnat 
    faoliyatiga amaliy va axloqiy tayyorgarlikning barcha tomonlarini 
    qamrab oladi.


    19 
    Texnologiya fani va tarbiyasini tashkil etishda quyidagi 
    vazifalar amalga oshiriladi: 

    mehnatning mohiyatini anglatish orqali o’quvchilarga 
    mehnatning shaxs kamoloti va jamiyat taraqqiyotidagi rolini yoritib 
    berish; 
    - inson mehnati hamda mehnat mahsuli bo’lgan moddiy va 
    ma’naviy ne’matlarni qadrlash, asrab-avaylashga o’rgatish; 
    - mehnat qilishga nisbatan rag’batni, shuningdek, muhabbatni 
    uyg’otish; 

    o’quvchilarning 
    mehnatga 
    ijtimoiy 
    burch 
    sifatida 
    yondashuvlarini yuzaga keltirish; 
    - mehnat faoliyatini tashkil etishga ongli ravishda, vijdonan 
    yondashishni odatlantirish; 
    - mehnat faoliyatini jamoa asosida tashkil etish; 
    - mehnatga hayotiy zururat, inson faoliyatining asosi sifatida 
    munosabatda bo’lish; 
    - mehnatni ilmiy asosda tashkil etish borasida mehnat ko’nikmasi 
    va malakalarini shakllantirishni yuzaga keltirish; 
    - o’quvchilarda mehnatsevarlik xislatini tarbiyalash; o’z mehnati 
    samarasidan g’ururlanish tuyg’usini shakllantirish; 
    - muayyan kasb-hunar sirlarini o’zlashtirishga erishish va 
    hokazolar. 
    Yosh avlodning mehnat faoliyati quyidagi yo’nalishlarida 
    rivojlantiriladi va tarkib toptiriladi: mehnat o’yindan ajralgan holda 
    mustaqil 
    faoliyat 
    sifatida 
    shakllantiriladi; 
    mehnat 
    faoliyati 
    jarayonining 
    mohiyatini 
    o’zlashtirilishiga erishiladi; mehnat 
    faoliyatining turli shakllari vujudga keltiriladi. 
    O’quvchilar ta’lim jarayonida va darsdan tashqari sharoitlarda 
    mehnatning ijtimoiy jamiyatda tutgan o’rni va rolini, inson kamolotini 
    ta’minlash omili ekanligini, shaxsni qobiliyati va iqtidorini mehnat 
    jarayonida takomillashib borishini hayotiy misollar yordamida bilib 
    olishlari lozim. Texnologiya fani va tarbiyasini tashkil etishda 
    bugungi 
    kunda 
    an’anaviy 
    va 
    noan’anaviy 
    shakllardan 
    foydalanilmoqda, xususan, mehnat bayramlari, ishlab chiqarish 
    ko’rgazmalari, hashar, “mohir qo’llar” tanlovi, “Quvnoq shahar 
    ustaxonasi”, o’quv ishlab chiqarish kombinatlari brigadalari, 
    yordamchi xo’jalik, “Yosh radio-texniklar stansiyasi” va ijodiy 


    20 
    markazlar faoliyati, shuningdek, ustoz-shogird an’analari asosida 
    faoliyat olib boruvchi yakka tartibdagi kasb-hunar ta’limi va 
    boshqalar. 
    Mehnat tarbiyasi to’g’ri yo’lga qo’yilgan ta’lim muassasalarida 
    o’quvchilar maktabga kelgan dastlabki kunlardanoq o’zlarining yosh 
    va psixologik xususiyatlariga mos mehnat faoliyatiga jalb qilinadilar. 
    Bunda ular o’z-o’ziga xizmat qilish borasidagi eng oddiy yumushlarni 
    bajaradilar (chunonchi, sinf xonasi ozodaligini saqlash, o’quv 
    qurollarini ta’mirlash, kitoblarni yelimlash, o’quv anjomlarini darsga 
    tayyorlash va hokazolar). 
    Mehnatga ruhiy, axloqiy va amaliy tayyorlash jarayonida 
    o’quvchilarda mehnatsevarlik, mehnatni tashkil etish jarayonida 
    intizomga bo’ysunish, maqsadni amalga oshirish yo’lida shijoat, 
    qat’iyat ko’rsatish, axloqiy-irodaviy xususiyatlar tarbiyalanib boradi. 
    Texnologiya fani va tarbiyasini tashkil etishda jamoa asosidagi 
    mehnatni uyushtirish muhim masalalardan biridir. Zero, jamoa 
    ishtirokida o’tkazilayotgan mehnat jarayonida o’quvchilarda do’stlik, 
    o’rtoqlik, o’zaro yordam va hamkorlik, jamoa mehnat samaralaridan 
    quvonish kabi xislatlar tarbiyalanib boradi. Shuningdek, ularda 
    tashabbuskorlik, tashkilotchilik, mehnatga ijodiy yondashish, jamoa 
    manfaatini shaxsiy manfaatdan ustun qo’yish singari axloqiy 
    sifatlarning shakllanishiga poydevor qo’yiladi. 
    Mehnat jarayonida o’quvchilarda mehnat madaniyatining 
    unsurlarini hosil qilib borish muhim talablardan biri sanaladi. Mehnat 
    madaniyati - bajarilayotgan ishga ongli munosabatda bo’lish, uni 
    ilmiy jihatdan to’g’ri tashkil etilishi (puxta rejalashtirish, vaqtdan 
    unumli foydalanish), ish o’rnini ozoda tutish, mehnat (ish) qurollariga 
    ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, boshlangan ishni natijalash, uning 
    samarali bo’lishiga erishishga yo’naltirilgan faoliyat ko’rsatkichidir. 
    Mehnat madaniyati tushunchasi o’zida yana o’quvchining mustaqil 
    harakat olib borishini, mehnat qilishi va dam olishini to’g’ri tashkil eta 
    olishni ham aks ettiradi. 
    Sharq mutafakkirlari ta’limni hech qachon tarbiyadan ajratib 
    ko’rishmagan. Albatta, o’quv-tarbiya jarayonini, uni rivojlanishini 
    ayricha ko’rib bo’lmaydi. Zeroki, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov 
    so’zlari bilan aytganda: 


    21 
    "Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo’lmaydi – 
    bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi." 
    Hozirgi zamonda yetakchi olimlar, ilg’or pedagoglar tarbiya 
    nazariyasidagi asosiy muammolarni aniqlash uchun quyidagilarga 
    e’tibor qaratish lozimligini aytadilar: 
    -
    tarbiyaviy ish ma’nosini aniqlash; 
    -
    tarbiya istaklarini tasniflash; 
    -
    o’quvchilarning ma’naviy ehtiyoji, talabi; 
    -
    o’quvchilarning yoshi, sinfning umumiy saviyasiga mosligini 
    inobatga olish; 
    -
    o’quvchi bilim saviyasi, mantiqiy fikr doirasining o’sishi, 
    tarbiyasiga ta’sirini aniqlash; 
    -
    o’qituvchining shaxsiy xislatlarini shakllantirish, olib 
    boriladigan tarbiyaviy ishlarni tadqiq etish. 
    Shunga ko’ra, texnologiya fani va tarbiya jarayonlarining 
    ajralmas qismlaridan biri mehnat darsida o’rganiladigan ta’lim 
    mazmuni shaxsiy xislatlarini tarbiyalashning katta imkoniyatlariga 
    egaligidadir. 
    Ayniqsa, bu mazmun shaxs tafakkurini yangi ijtimoiy-iqtisodiy 
    sharoitlarida uyg’unlashtirish va yanada yangi yuqori bosqichlarda 
    rivojlantirish, axloqiy xislatlarni shakllantirish imkonini beradi. 
    Bulardan tashqari, o’quv-tarbiya tizimidagi o’quv, ijtimoiy foydali va 
    unumli mehnat, estetika, ta’lim vositalari mehnat, estetik va jismoniy 
    tarbiyani amalga oshirish imkoniyatlarini berishini ham qayd etish 
    joizdir.
    O’qituvchilarning o’quvchi bilan mehnat turlariga oid muloqoti, 
    o’quvchilarning dars jarayonida sub’yektiv sifatidagi aktiv faoliyati, 
    o’qituvchining o’quvchilar shaxsini shakllanishiga ijobiy ta’sir eta 
    olishi bunday imkoniyatlarning yana bir qirrasidir. Shakl va mazmun 
    jihatlardan ta’lim va tarbiya metodlari chambarchas bog’lanib ketgan. 
    Yuqorida keltirilgan dalillar yana bir marotaba ta’lim bilan 
    tarbiyaning ajralmas jarayon ekanligini, o’quvchilarning atrof-
    muhitga, fan qonuniyatlariga, axloq, odob qoidalariga munosabati 
    bevosita o’quv jarayonida boshlanib, darsdan va maktabdan tashqari 
    faoliyatlarda davom etishini ko’rsatadi. Tarbiya jarayoni o’ziga xos 
    xususiyatlarga ega. Uning eng muhim xususiyati - aniq maqsadga 
    yo’naltirilganligi. 


    22 
    Zamonaviy talqinda tarbiya jarayoni o’qituvchi va o’quvchi 
    (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o’rtasida muayyan maqsadga 
    erishishga qaratilgan samarali hamkorlik demakdir. Zero, tarbiya 
    jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari 
    tashkil etiladi, boshqariladi va nazorat qilinadi. Yagona maqsad unga 
    erishish yo’li zamonaviy tarbiya jarayoni maqsadini tavsiflaydi. 

    Download 7,65 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   114




    Download 7,65 Mb.
    Pdf ko'rish