Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi




Download 0.72 Mb.
bet2/33
Sana31.07.2021
Hajmi0.72 Mb.
#16375
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Umumiy xulosa va tavsiyalar

Ilovalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish

Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Mustaqillik yillari tom ma’noda O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti istiqbolini belgilash, jahon hamjamiyati mamlakatlari safidan munosib o‘rin egallashga intilish yo‘lidagi keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish bilan kechmoqda. Jahonning rivojlangan mamlakatlari tajribalarini o‘rganish, mahalliy shart-sharoit, iqtisodiy va intellektual resurslarni inobatga olgan holda jamiyat hayotining barcha sohalarida tub islohotlarning amalga oshirilayotganligi yangidan - yangi yutuqlarga erishishni ta’minlamoqda. Turli sohalarda yo‘lga qo‘yilayotgan xalqaro hamkorlik garchi o‘z samarasini berayotgan bo‘lsa-da, biroq, milliy mustaqillikni har jihatdan mustahkamlash, erishilgan yutuqlarni boyitish, mavjud kamchiliklarni tezkor bartaraf etish jamiyat a’zolaridan alohida fidokorlik, jonbozlik, shijoat va qat’iyat ko‘rsatishni talab etmoqda.

Ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiya sohalarining mavjud taraqqiyoti zamonaviy jamiyat qiyofasini belgilab bermoqda. Zamonaviy jamiyatning eng muhim xarakterli jihati uning barcha sohalarida globallashuvning ko‘zga tashlanayotganligidir. Globallashuv o‘z-o‘zidan tezkor harakatlanish, zarur axborotlarni zudlik bilan qo‘lga kiritish, ularni qayta

ishlash va amaliyotga samarali tatbiq qilishni taqozo etadi. Bu tarzda harakatlanish imkoniyatiga o‘z sohasining bilimdoni bo‘lgan, kasbiy malakalarni yuqori darajada egallay olgan, boy tajriba va mahoratga ega kadrlargina ega bo‘ladilar. SHunday ekan, ta’lim muassasalarida kadrlarni tayyorlash jarayonida davrning mazkur talabini inobatga olish maqsadga muvofiqdir.

Mustaqillik munosabati bilan respublikamizda malakali pedagog mutaxassislarni tayyorlashga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda boshqa huquqiy-me’yoriy manbalarda pedagog mutaxassislar kasbiy kompetentligini shakllantirish uzluksiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ta’limiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilayotganligini yana bir bor tasdiqladi.

Bu o‘rinda ta’lim muassasalari malakali pedagog mutaxassislarni tayyorlash tizimida muhim o‘rin tutmoqda. Respublikamizda ta’lim - tarbiya masalalariga qaratilayotgan e’tibor, pedagoglarni tayyorlash va ularning kasbiy kompetentligini oshirish masalasining dolzarb ahamiyat kasb etishi yanada yaqqol namoyon bo‘ladi. SHu o‘rinda, bo‘lajak pedagog kelgusida uzluksiz ta’lim tizimining muhim bosqichlarida ta’limni tashkil etishda asosiy sub’ekt sifatida faoliyat yuritishlari e’tiborga olinsa, ularning pedagogik kompetentligini shakllantirish va bu borada samaradorlikka erishish zaruriy chora-tadbirlardan hisoblanadi.

Uzluksiz ta’limning barcha sohalarida pedagoglarning kasbiy kompetentligiga qo‘yilayotgan malakaviy talablarni o‘rganib, tahlil etar ekanmiz bu borada quyidagi muammolarning mavjudligi ko‘zga tashlanadi:

- pedagoglar kasbiy kompetentligiga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar bilan ta’lim muassasalarini kasbiy faoliyatga tayyorlash yo‘lida olib borilayotgan amaliy harakatlarning nomuttanosibligi;

- pedagogika oliygohlarining aksariyat bitiruvchilari ta’lim muassasalarida kasbiy faoliyatni tashkil etish uchun metodik jihatdan zaruriy tayyorgarlikka ega emasliklari;

- pedagog mutaxassislar kasbiy kompetentligini shakllantirishning zamonaviy pedagogik shart-sharoitlari yaxlit tizim asosida yo‘lga qo‘yilmaganligi;

- umumta’lim maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilarning kasbiy-innovatsion kompetentligining etarlicha shakllanmaganligi.

Ma’lumki, bo‘lajak pedagoglarning kasbiy faoliyatda erkin va mustaqil amaliy faoliyat ko‘rsatishini ta’minlovchi zaruriy omillardan biri bu ulardagi kasbiy-pedagogik kompetentlikning shakllanganligi bilan asoslanadi. Bunda pedagogik kompetentlikning o‘ziga xos tuzilmasi, shakllanish bosqichlari va bu jarayonda o‘qitishning zamonaviy shakl va metodlardan foydalanishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish, amaliyotga tadbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. SHu bois, loyiha ishi mavzusini aynan shu yo‘nalishda tanlashga qaror qildik.

Pedagoglik kasbi sharafli bo’lishi bilan birgalikda juda murakkab kasbdir, chunki millatning, davlatning kuch-qudrati, ertangi umidi bo’ladigan yoshlarni aynan mana shu pedagoglar ta’lim berib tarbiyalaydilar. Pedagoglik kasbi bir paytning o’zida ham islohotchilik, ham boshqaruvchilik kasbi hiaoblanadi. Shaxs kamolotini boshqarish uchun esa qobiliyat ,layoqat, bir so’z bilan aytganda kompetent bo’lishi lozim. Shuning uchun o’qituvchining kasbiy kompetentligi tushunchasi uning pedagogik faoliyatini amalgam oshirishga nazariy va amaliy tayyorgarligi hamda yuksak darajadagi mahoratini ifodalaydi. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunining 5-moddasida “yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga ega” ekanligi ko’rsatilgan. Shunga ko’ra o’qituvchilarning kasbiy kompetentligi tarkibi pedagogik ko’nikma va malakalar orqali namoyon bo’lishi mumkin. Kasbiy tayyorgarlik modeli umumiydan xususiy ko’nikmalar yo’nalishida belgilanishi maqsadga muvofiq. Ma’lumotlar va voqelikni nazariy tahlil qila olish ko’nikmasi bilan uzviy bog’liqlikda pedagogik fikrlash va amaliyot yurita olish ko’nikmasi umumiy ko’nikmalar sirasiga kiradi. Kompetentlik mana shu ko’nikma va malakalar orqali shakllantirib boriladi. Umuman olganda o’qituvchining kasbiy xususiyatlar talablarga mosligi pedagogic ko’nikmalarning pedagogik fikrlash va amaliyot yuritish bilan bog’liq jihatlrning mosligini anglatadi. Egallangan bilim, ko’nikma va tajribalar o’qituvchining yuksak mahoratini belgilab beruvchi mezonlar hisoblanadi. Mavjud pedagogik pedagogik imkoniyatlardan foydalangan holda o’qituvchining kasbiy kompetentligini shakllantirish juda muhimdir. Chunki davr talabi shuni taqozo etmoqda. Mavzuning dolzarbligi ham aynan shundadir.





Download 0.72 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Download 0.72 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi

Download 0.72 Mb.