Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi




Download 0.72 Mb.
bet3/33
Sana31.07.2021
Hajmi0.72 Mb.
#16375
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Muammoning ishlanganlik darajasi: O‘qituvchi shaxsining yosh avlodni kamolotga etkazish, uning zaruriy kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishi haqidagi qarashlarni buyuk SHarq mutafakkirlari tomonidan ilgari surilgan ilmiy-pedagogik g‘oyalar misolida ham ko‘rishimiz mumkin.

Jumladan, Muso Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Zamaxshariy, Burhoniddin Marg‘inoniylar, shuningdek, “Ma’mun akademiyasi” deb nomlangan Xorazmdagi ilmiy markazda (IX-XII asrlar) faoliyat ko‘rsatgan allomalar ijodida inson tarbiyasi jamiyat taraqqiyotining asosini tashkil etuvchi omil sifatida baholanib, ilmiy o‘rganilgan. SHuningdek, Imom Ismoil al-Buxoriy, Imom Iso at-Termiziy, Al-Moturidiy, Ahmad YAssaviy, Bahouddin Naqshbandiy, Alisher Navoiy kabi o‘z davrining tasavvuf sohasidagi etuk bilimdonlari qarashlarida ham ma’naviy kamolotga tan, ruh, ong pokligini saqlash va kasb-hunar tarbiyasi orqali etishish g‘oyasi ilgari surilgan.

Jumladan, respublikamizda pedagogika va psixologiya sohasida SH.Qurbonov, J.Xasanboev, E.Seytxaliliov, R.Ahlidinov, N.Xo‘jaev, V.Karimova, F.Akramova, O.Hayitov, Z.Nishonova,YU.Ahrorov, M.O.Ashurov, S.G‘ulomov, N.X.Xo‘jaev,O.A.Abdullaev, I.I.Inomov kabi olimlar o‘z ilmiy yo‘nalishlarida o‘rganib tadqiq etganliklarini ko‘rish mumkin.

Tadqiqot ishi muammosi bo‘lgan ya’ni o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirish muammosi xorijiy olimlardan A.I. SHerbakova, N.V. Kuzmina, A.K. Mar­kova, F.N. Gonobolin, YU.K. Babanskiy, M. Max­mutov, K.D.Ushinskiy, M.M.Lisina, V.A.Artemov, N.E.SHurkova, psixologik aspektda J.Bernal, Dj.Bruner, E.Vidiman, Jozef Tussen Rayno, ihtisodiy tomonidan N.I.Novikov, V.Vlasenko,V.N.Myasishev, L.M.Fridmanlar va boshqalar, o‘zbek olimlaridan N.N. Azizxodjaeva, J. Yo‘ldoshev, A.R.Xodjabaev, U.N.Nishonaliev, N.Sayidahmedov va boshqalar tomonidan atroflicha o‘rganilgan. YUqorida qayd etilgan barcha olimlarning ilmiy izlanish va tadqiqot ishlari hal etilayotgan muammo nuqtai nazaridan katta ahamiyat kasb etadi.





Download 0.72 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Download 0.72 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi

Download 0.72 Mb.