Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti




Download 0,67 Mb.
bet45/60
Sana22.03.2021
Hajmi0,67 Mb.
#13381
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   60
Test topshiriqlari.

        1. Yuridik psixologiya fani qachondan boshlab paydo bo‘la boshlagan?

  1. XVI asrdan c. XVII asrdan

  2. XVIII asrdan d. IX asrdan

        1. Gumanistik nuqtai nazardan sud psixologiyasi muammolarini dastlab kim o‘rgana boshlagan?

  1. I.M.Sechenov c. M.M.Sherbatov

  2. S.M.Bexterov d. A.F.Koni

        1. Yuridik psixologiya fani qachon mustaqil fan sifatida qabul qilingan?

  1. XVI asr oxiri XVII asr boshlarida

  2. XVII asr oxiri XVIII asr boshlarida

  3. XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida

  4. XIX asr oxiri XX asr boshlarida

4.Individning hissiy, aqliy yoki harakatlantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini taqozo etadigan tarzda ongning yo‘naltirilganligi va bir narsaga qaratilgani ...... deyiladi.

  1. Sezgi c. Diqqat

  2. Idrok d. Tafakkur

5. ..... deganda, ma’lum bir maqsadli rejani amalga oshirish uchun narsa va hodisani ongda ataylab idrok etish tushuniladi.

  1. Kuzatish

  2. Modellashtirish

  3. Harakat xotirasi

  4. Kasbiy diqqat

6. Yuridik psixologiya fani nechanchi yilda huquqshunoslik yo‘nalishidagi barcha institutlarning o‘quv dasturlariga kiritildi?

  1. 1965 y. c. 1956 y.

  2. 1964 y. d. 1957 y.

7. Idrok qilish prinsiplariga nimalar kiradi?

  1. Bilish zarur bo‘lgan holat yuzasidan miyada aniq aqliy zanjir tuzish

  2. Sezgi a’zolarining imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish

  3. O‘rganilayotgan ob’ektga nisbatan qiziqish uyg‘otish

  4. Barcha javoblar to‘g‘ri

8. Xotira faoliyatning maqsadi va xususiyatiga ko‘ra necha turga bo‘linadi?

  1. 2 c. 3

  2. 4 d. 5

9. “Fikrlar harakati – uzoq muddatli xotira blokining tezkor xotira blokiga o‘tishni ta’minlovchi ip”. Ushbu fikr kimga tegishli?

  1. I.M.Sechenov c. A.N.Luk

  2. A.Frans d. Bexterov

10. “Notanish narsani eslab qolish uchun uni birorta tanish narsa bilan bog‘lash zarur”. Ushbu nazariya xotiraning rivojlantirishning qaysi qonuniga tegishli?

  1. Assotsiatsiya qonuni

  2. Yosh qonuniyati

  3. Mustahkamlash qonuni

  4. B.V.Zeygarnik qonuni

11. ..... – kishini tez chulg‘ab oladigan va shiddat bilan o‘tadigan jarayondir.

  1. kayfiyat c. mimika

  2. emotsiya d. affekt

12. Psixologiya faniga “stress” tushunchasini olib kirgan olim kim?

  1. G.Sele c. A.N.Luk

  2. A.Frans d. I.M.Sechenov

13. Huquq tizimi organi xodimlari faoliyatida “o‘ta xavfli sharoitda ongning yuqori darajada samarali ishlash qobiliyati” deb nimaga ta’rif berilgan?

  1. Diqqat c. Xotira

  2. Tafakkur d. Iste’dod

14. Kulgi, yig‘i, g‘amginlik, sarosima va boshqalar qanday jarayon ifodasi?

  1. Hissiyot c. Emotsiya

  2. Frustratsiya d. Affekt

15. Vatanparvarlik, vijdon, mehr-oqibat kabi xislatlar qanday jarayon ifodasi?

  1. Hissiyot c. Emotsiya

  2. Frustratsiya d. Affekt

16. Shaxsning xatti-harakatlariga va ayrim ruhiy jarayonlariga muayyan vaqt davomida tus berib turuvchi emotsional holat nima deb ataladi?

  1. Emotsiya c. Stress

  2. Kayfiyat d. Affekt

17. Muloqot jarayonida axborotni boshqa kishiga yo‘llayotgan kishi qanday nomlanadi?

  1. Resipient

  2. Kommunikator

  3. Axborot almashuvchi

  4. Aloqachi

18. Muloqot jarayonida axborotni qabul qilayotgan kishi qanday nomlanadi?

  1. Resipient

  2. Kommunikator

  3. Axborot almashuvchi

  4. Aloqachi

19. Individning boshqa shaxsga o‘z holati, kayfiyatini mimika, harakat orqali bildirishi nima deb ataladi?

  1. Rolli muloqot

  2. Rasmiy muloqot

  3. Mazmunli muloqot

  4. Norasmiy muloqot

20.Muloqotning regulyativ vazifasi nimadan iborat?

  1. Axborotni qabul qilish va uni tarqatish

  2. Muloqotni tartibga solish va boshqalar bilan to‘g‘ri munosabatni tashkil qilish

  3. Ahamiyatga ega voqealar, hodisalar haqidagi xabarlarni qabul qilish

  4. Axborotni qabul qilish va tarqatish jarayonini nazorat qilish.

21. Shaxsning muloqotga kirishishdan bosh tortishi, muomalani to‘g‘ri olib borilishini xoxlamasligida muloqot jarayonida vujudga keladigan qanday to‘siq namoyon bo‘ladi?

  1. Motivasion to‘siq

  2. Aqliy to‘siq

  3. Emotsional to‘siq

  4. Tarbiyaviy jarayondagi to‘siq

22. “Jinoyatchi shaxsi haqida shaxs jinoyat sodir etgan vaqtdan boshlab, to u tuzalish yo‘liga kirguniga qadar, ya’ni ijtimoiy xavflilik yo‘qolgan vaqtgacha gapirish mumkin”, - degan fikrni qaysi olim bayon etgan?

  1. G.A.Avanesov c. E.Torndayk

  2. G.M.Minkovskiy d. M.I.Enikeyev

23. Iste’molchilik gipertrofiyasi nima?

  1. Talon-tarojlik, poraxo‘rlik, talonchilik va bosqinchilikning asosiy shart-sharoitlaridan biri

  2. Alkogol ichimliklarni ko‘p iste’mol qilish

  3. Ijtimoiy zarur ehtiyojlarning rivojlanmaganligi

  4. Buzilgan ehtiyojlar

24. Ruhiy anomaliya nima?

  1. O‘zini oqlash

  2. Normadan og‘ish

  3. G‘ayriijtimoiy xulq

  4. Ruhiy buzilish

25. Muqaddam alohida-alohida so‘roq qilingan shaxslarni ularning ko‘rgazmalaridagi ziddiyatlar, noaniqliklarni bartaraf etish maqsadida birgalikda so‘roq qilishdan iborat tergov harakati deb nimaga aytiladi?

  1. So‘roq qilish

  2. Tergov intuisiyasi

  3. Yuzlashtirish

  4. Voqea joyini ko‘zdan kechirish

26. Obrazli tasavvur nima?

  1. So‘zda ifodalangan ma’lumotni tasavvur qilish orqali eslab qolish

  2. Yangi ma’lumotni ma’lum ma’lumot bilan qiyoslash

  3. Raqamli ma’lumotlarni oson esda saqlash

  4. Kerakli ma’lumot xotirada saqlab qolinmasa nima bo‘lishini tasavvur qilish.



Download 0,67 Mb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   60




Download 0,67 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti

Download 0,67 Mb.