|
Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti
|
bet | 46/60 | Sana | 22.03.2021 | Hajmi | 0,67 Mb. | | #13381 |
GLOSSARIY
Affekt - hissiy portlash.
Voqea sodir bo‘lgan joy – jinoyat, baxtsiz hodisa, tabiiy ofat yoki hodisa jinoyat alomatlari bor, deb qaraladigan joy.
Jinoiy xulq - jinoyatchi shaxsining xulq-atvoridagi og‘ishishlar, jinoiy stereotip.
Jinoyatchi shaxsi - jinoyatchining asosiy intellektual-ma’naviy xislatlari, ruxiy va jismoniy xolatining majmuidir.
Iste’molchilik gipertrofiyasi - talon-torojlik, poraxo‘rlik, o‘g‘rilik, talonchilik va bosqinchilikning asosiy shart-sharoitlaridan biri.
Kasb tanlash – yoshlarni turli kasblar bilan tanishtirish uchun kerakli tadbirlar tizimidir.
Kriminogen vaziyat - bu mazmun bo‘yicha jinoiy niyatning, jinoyat sodir qilish maqsadining shakllanishiga ijobiy ta’sir qiluvchi jinoiy natijaga erishish uchun qulay hisoblangan, ya’ni jinoyat sodir etishga ko‘maklashuvchi vaziyatdir.
Kasbiy kuzatish - esa huquq tizimi organi xodimlarining operativ xizmat vazifalarini amalga oshirishida muhim voqea va hodisalarni maqsadga muvofiq tarzda idrok etish jarayoni.
Labillik - stimullar seriyali berilgan birinchi ko‘zg‘alish siklini ikkinchisi bilan almashishining tezligi ko‘zg‘alish impulsi tasiridan so‘ng tasirni o‘lchash tezligini bildiradi.
Mezamorf – xatti-harakat xulq-atvorning keskinligi va shafqasizligi, suyak-mushak sistema kuchli rivojlanganligi atletik va kuchli tana tuzilishi xos. Somatonik temperamentiga xos. Ularcha sarguzashtlarni sevish, xavf-xatarga moyillik, muskul faoliyati bilan bog‘liq ishlarni sevish, faollik, botirlik, agressivlik xosdir.
|
| |