XULOSALAR FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI




Download 12.26 Mb.
bet3/17
Sana19.05.2021
Hajmi12.26 Mb.
#14551
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
XULOSALAR

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

ILOVALAR
KIRISH
Insoniyat o‘z tarixining hozirgi davrida boshidan kechirayotgan globallashuv jarayonining muhim xususiyatlaridan biri insonning yashash tarzi, hayoti, ruhiy barkamolligi ustuvor masalalar sifatida ko‘rilishidir.

Zamonaviy shaxs psixologiyasi haqidagi ta’limotlar bir tomondan, o‘zidan oldingi ijtimoiy-psixologik, tarixiy - falsafiy qarashlarni davom ettirgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, o‘ziga xos yo‘nalishda rivojlanmoqda. Shaxs haqidagi ta’limot va nazariyalarning ijodiy rivojlantirilishi, avvalo, uning umumiy rivojlanish xususiyatlarini aks ettirsa, boshqa tomondan, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning nazariy, metodologik, amaliy jihatlarini aniqlaydi va istiqbollarini ko‘rsatadi.

Ongsizlik va onglilik muammosi nafaqat falsafa fanida, balki ilmiy-psixologik qarashlarda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ongsizlik va uning ong bilan mutanosibligini o‘rganuvchi zamonaviy sohalarga neyrofiziologiya, sun’iy intellekt borasidagi izlanishlar, lingvistika, antropologiya va psixologiyada olingan ma’lumotlar hamda xulosalarga tayanuvchi fanlararo metodologiya jalb qilinmoqda. Ongsizlik muammosini har tomonlama o‘rganish ong, kreativlik va tafakkur jarayonlarini tasvirlashda muhim rol o‘ynaydi.

Turli yo‘nalishlar va yondashuvlar tomonidan taklif etilayotgan ongsizlikni tadqiq etishning zamonaviy sohalarida to‘plangan keng ko‘lamli ma’lumotlar, ongsizlik bilan ishlashning yangi modellari tadiqotchilar diqqat e’tiborini tobora o‘ziga qaratmoqda, bu esa tafakkurning ongsiz umumpsixologik komponentlarini o‘rganish, shuningdek, tafakkur ongli va ongsiz komponentlarining masalani yechish mobaynida protsessual darajadagi o‘zaro aloqadorligi va ta’sirini aniqlash vazifasini yanada dolzarblashtirmoqda.

Xorijiy psixologiyaning ilmiy maktablari izlanishlarida ongsizlik holatida ishlashning mexanizmlarini aniqlashga yo‘naltirilgan tadqiqotlar bugungi kunda hali o‘z yechimini topishdan yiroqda bo‘lsa-da, lekin mazkur muammoni ma’lum darajada yoritishga xizmat qiladi.

E.G‘.G‘oziyev fikricha, psixologiya fanining asosiy kategoriyalari ichida ong alohida o‘rin egallaydi va u borliqda insonning yuksaklik darajasini egallashga muhim zamin, kafolat negizini yaratadi.

Ongsizlik muammosi falsafiy hamda ilmiy-psixologik fikrlarda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun anglanmaganlik masalalari keyingi vaqtlarda zamonaviy tadqiqotlar predmeti bo‘lib bormoqda. Anglanmaganlik va uning ong bilan munosabatlarini o‘rganishga zamonaviy neyrofiziologiya, sun’iy intellekt tadqiqotlari, lingvistika, antropologiya va psixologiya ma’lumotlari hamda xulosalariga tayanuvchi fanlararo metodologiya jalb etilmoqda. Ongsizlik muammosining har tomonlama o‘rganilishi ong, kreativlik va fikrlash jarayonlarini tasvirlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Ma’lumki, intellektual kreativlik hozirgi kunda zamonaviy jamiyatning bebaho salohiyati sifatida qaralmoqda, tafakkurning rivojlanishi va shakllanishi esa nisbatan dolzarb bo‘lib alohida axamiyatga molik. Shu bilan bir qatorda psixologlar oldida tafakkurni nafaqat borliqni bevosita aks etttirish va umumlashtirishni xarakterlovchi insonning bilish faoliyati jarayoni sifatida, balki kompleks ko‘p rejaviy fenomen hamda o‘z ichiga anglanmaganlik kabi umumpsixologik komponentni qamrab oluvchi sifatida o‘rganish vazifasi turibdi. Tafakkurning anglanmaganlik kabi umumpsixologik komponenti orqali yondashuv faolligini orttirish zamonaviy jamiyat intellektual va kreativ salohiyatining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi.

Belgilangan yo‘nalishdagi ilmiy ishlarning ko‘payib borishi munosabati bilan to‘plangan ma’lumotlarni psixologik nuqtai nazardan o‘rganish bugungi kun psixologiya fanining dolzarb muammolaridan biri ekanligini e’tirof etish mumkin. Turli zamonaviy sohalarda ongsizlikning o‘rganilishi, ongsizlik bilan ishlashda turli yo‘nalishlar va yondashuvlar tomonidan taklif etilgan yangi modellarning paydo bo‘lishi tadqiqotchilarning e’tiborini yanada ko‘proq jalb etib bormoqda, bu esa tafakkurning anglanmaganlik kabi umumpsixologik komponentlari mexanizmlarini ochish va o‘rganish vazifasini yanada dolzarblashtirmoqda.





Download 12.26 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 12.26 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



XULOSALAR FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

Download 12.26 Mb.